53
V. QUYONCHILIKDA ISHLAB CHIQARISHNI
TASHKIL ETISH VA IQTISODI
Bozor iktisodiyoti sharotida xalq xo’jaligini, jumladan qishloq xo’jaligini
rejalashtirish va oldindan maqsadga muvofiqlashtirish
bozor munosabatlari
sharioitida boshqarishning asosiy tayanchi bo’lib qoladi. Rivojlangan barcha
mamlakatlarda rejalashtirish va prognozlashtirish eng muhim iktisodiy boshqarish
mexanizmlardan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham ko’p
tarmoqli qishloq
xo’jaligida ishlab chiqarish resurslaridan rejalashtirish eng asosiy omildir.
Quyonchilikda ishlab chiqarish kalendari -
ona quyonlarni urug’lantirish,
bolalatish, bolalarini onasidan ajratish va yosh quyonlarni harajatga chiqarish yillik
rejasiga aytiladi. Quyonlarni tug’dirish muddatlari quyidagi mulohazalar asosida
belgilanish lozim.
A) Yoz faslida bir marta tug’dirilib, go’shtga topshiriluvchi yosh urg’ochi
quyonlar
yetishtirish maqsadida, ona quyonlarni ishlab chiqarish yili uchun
birinchi urug’lantirish shimoliy xududlarda dekabrning boshlarida, janubda dekabr
oyining oxirlarida bajarish lozim.
B) Har bir ona quyon hisobiga bir yilda 4 martadan
kam bola olmaslikka
erishish kerak. Bu esa xo’jalikda mavjud ishchi kuchidan va asbob – anjomlardan
to’liq foydalanish imkoniyatini beradi.
V) Ona quyonlardan oxirgi bola olishni shimoliy xududlarda 20 avgustdan,
janubiy xududlarda esa 10 sentyabrdan kechiktirmaslik kerak. Chunki quyon
bolalari bu muddatdan kech tug’ilganda sust o’sadi,
oziqaga nisbatan kam
qo’shimcha vazn beradi va kelgusi ishlab chiqarish fasli yoki yili uchun ona
quyonlarni tayyorlashga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Quyonlarni urug’lantirish va bolalatish kalendari o’rtachada 4
martagacha,
yarim tig’izda 5 martagacha, tig’izda 6 martagacha bo’lishi mumkin.
G) Yarim tig’iz va tig’iz bolalatishda oldingi tug’ishlarda kamroq bola
o’stirgan va tirik vaznini ko’p kamaytirmagan ona quyonlardan foydalaniladi.
54
Tig’iz bolalatishda ona quyon tuqqanidan keyin 2-nchi kuni, yarimtig’iz
bolalatishda esa tuqqandan 15-20 kundan keyin urug’lantirish lozim.
Quyonlarni tig’iz bolalatish kalendarida onasidan quyon bolalari 28
kunlik
yoshida, yarimtig’iz bolalatishda esa 35-40 kunlik yoshida ajratiladi.
Ona quyonlarni bolalatishda ba’zan birinchi marta tig’iz, ikkinchi marta
yarimtig’iz ko’rinishda bolalatilsa, yilni oxirida 6 marta bola olish mumkin.
O’rtacha (4 marta) kalendar hisobida bolalatishda ona quyonlarni tuqqanidan
60 kundan keyin ya’ni quyon bolalari onasidan ajralgandan so’ng urug’lantiriladi.
D) Bir marta bola olishga mo’ljallangan urg’ochi
quyonlardan bola olishni
yilni qulay fasliga mo’ljallash lozim, chunki ulardan olingan quyon bolalari arzon
oziqalar bilan o’stirilib, 120-135 kunligida so’yiladi va ulardan yuqori sifatli teri
olinadi.
Go’sht – teri yo’nalishidagi zotlardan olingan quyon bolalarini 4-5 oyligida,
ya’ni tulash tamom bo’lgandan so’ng go’shtga topshirish tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: