56
xalq xo’jaligini ommaviy talofot beruvchi quroldan himoya qilish bilan bir
qatorda dushmanning boshqa hujum vositalaridan saqlash hamda fojiali, katta suv
toshqini ro’y bergan va zarar ko’rgan zonalarda,
qutqarish hamda kechiktirib
bo’lmaydigan qayta tiklash ishlarini olib borishdan iboratdir.
Ommaviy qirg’in qurollari uchga bulinadi.
Yadro quroli
eng kuchli zarba beruvchi quroldir. Uning zarba beruvchi
omillari-zarb to’lqini, yorug’lik nurlanishi, o’tuvchi
radiasiya, joylarni radioaktiv
zararlanish va elektromagnit impulsi.
Zarb to’lqini
(suv osti, yer osti, seyismik silkinish to’lqini)
binolarni, yer
ustidagi va ostidagi qurilmalarni, suv inshootlarini, portlarini, suzuvchi vositalarni,
texnikalarni vayron qilish bilan bir qatorda odamlar va hayvonlarga katta zarba
beradi.
Yorug’lik nurlanishi
-katta yong’in chiqishiga sabab bo’ladi, terini kuydiradi,
odamlar va hayvonlarning ko’zlarini ko’r qiladi.
O’tuvchi radiasiya
- portlash zonasida odamlapr va hayvonlarga ta’sir qiladi,
ularda har xil
darajadagi nurlanish kasalligiga sabab bo’ladi.
Ximiyaviy qurollar
deb zaharlovchi moddalarga (ZM) aytiladi. O’simlikni
ximiyaviy zaharlash uchun ishlatiladigan moddalar, qurilmalar, ham shunga kiradi.
Ximiyaviy qurol tashqi muxitni odamlarni,
hayvonlarni, texnikani, oziq-ovqatni,
yem-hashakni, o’simliklarni yalpi zaharlash maqsadida, shuningdek, shaharlar halq
ho’jalik obyektlarini vayron qilish hamda fuqaro mudofaasi (FM)
kuchlarining
harakatini qiyinlashtirish. maqsadida ishlatiladi.
Ximiyaviy qurolning zararlovchi asosini zaharli modda tashkil qiladi.
Ximiyaviy qurolning asosiylaridan biri nerv sistemasini shol qiluvchi zaharli
moddadir. Bunday moddani odam va hayvon nafas yo’li orqali yoki ovqat, yem-
hashak va suv iste’mol qilganda organizmga kirishi
teriga tushishi mumkin-juda
og’ir holatga duchor qiladi, hatto o’limga ham olib keladi. Zaharli moddalardan
zarar qo’rgan maydon nihoyatda katta bo’lishi mumkin.
Dushman tomonidan
ximiyaviy qurol qo’llanilganda zararlangan va zaharli modda tarqalgan zonalar
hosil bo’ladi.
57
Bunday murakkab sharoitda GM si ishlari o’tkazish ancha murakkablashadi.
Ximiyaviy zararlangan zona va zaharlangan manba ikkilamchi omillardan ham
paydo bo’lishi mumkin. Bunday ahvol kuchli zaharli moddalar ishlab chiqaradigan
yoki ulardan ishlab chiqarishda foydalanadigan
sanoat korxonalarida yuz
beradigan avariyalar natijasida ham sodir bo’ladi.
Dushman ximiyaviy qurol ishlatgan joy
ximiyaviy zaharlangan zona
(rayon)
deyiladi, bunday zona havodan zaharlash quvvatiga ega bo’lgan ZM yog’ishidan
ham hosil bo’lishi mumkin. Ximiyaviy qurolning miqdori va xarakteriga qarab
zararlangan maydonlar bir yoki bir necha bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: