kuzatilganida, oldinroq fazalarda ham) yuz beradi. Teliosporalar odatda xo’jayin
o’simlik to’qimasi ichidan katta guruhlarda chiqadi. Ular bir, ikki yoki ko’p
hujayrali bo’lib, urediniomiseliyning dikariotik hujayralari uchlarida hosil bo’ladi.
15.3-rasm
.
Sakkizta
turkumga mansub
bo’lgan zang
zamburug’lari
teliosporalarining
tiplari:
A
-
Uromyces
,
B
-
Pileolaria
,
C
-
Puccinia
,
D
-
Uropyxis
,
E
-
Xenodochus
,
F
-
Phragmidium
,
G
-
Nyssopsora
,
H
-
Ravenelia
(Arthur, 1934 rasmi,
Alexopoulos et al., 2007
dan olingan)
Oldin teliosporalarning har bir hujayrasi dikariotik bo’ladi, ammo keyinchalik,
kariogamiyadan keyin, har bir hujayra bitta diploid yadroga ega bo’ladi.
Kariogamiya teliospora shakllanishidan keyin yuz beradi. Zang zamburug’larining
Gymnosporangium
va ba’zi boshqa turkumlarining turlarida
meyoz jarayoni ham
yosh teliosporalarda boshlanishi, ammo teliosporalar o’sishi
davrida yakunlanishi
xabar qilingan.
Ko’p zang zamburug’lari teliosporalari vositasida qishlaydi, ammo ba’zi
turlarning teliosporalari hosil bo’lganidan keyin tezda o’sadi. Bir, ikki va ko’p
hujayrali teliosporalarning har bir hujayrasi o’sadi va ularning har biri, ustida (ya’ni,
ekzogen) bazidiosporalari mavjud bo’lgan promiseliy hosil qiladi. Boshqa ba’zi
turlarning bazidiyalari, teliosporalarining tarkibi alohida hujayralarga bo’linib
ketishi tufayli, ularning ichida hosil bo’ladi. Bu hujayralar
teliospora tashqarisida
bazidiosporalar hosil qiladi.
Zang zamburug’larining teliosporalari xilma-xil bo’lib, ularning morfologiyasi
taksonomik ahamiyatga ega (15.3-rasm). Amalda ularning klassifikasiyasi – oilalar
va turkumlarga bo’linishi – birinchi navbatda teliosporalarning morfologiyasiga
asoslangan. Teliosporalar o’troq yoki oyoqchali bo’lishi,
alohida-alohida yoki
guruhlarda shilimshiq modda ichida joylashishi yoxud bir-birlarining yon tomonlari
(hujayra devorchalari) bilan yopishib, yaxlit,
kichik guruhlar, qatlamlar yoki
ustunchalar hosil qilishi mumkin (15.4-rasm). Teliosporalarning tusi ham har xil –
deyarli rangsiz (shaffof) dan to’q-qizg’ish-qo’ng’ir
yoki deyarli qoramtirgacha
bo’lishi mumkin. Ularning o’lchamlari va shakli, hujayra qobiqlaridagi pòra (o’suv
teshikcha) larining soni va joylashishi ham turli bo’ladi. Ba’zi teliosporalarning
tashqi qobig’i silliq,
boshqalarining qobiqlari ustida tukchalari, tikonchalari yoki har xil naqshlari mavjud
bo’ladi.
15.4-rasm
.
Do'stlaringiz bilan baham: