Mavzu: Brakonni laboratoriya sharoitida ko‘paytirish texnologiyasi
Biolaboratoriyada brakon ko‘paytirish va uni ishlatish.
REJA
Brakonning biologiyasi.
Brakonni ko‘paytirish.
Mum kuyasining biologiyasi va undan brakon ko‘paytirishda foydalanish.
Brakonning biologiyasi.
Brakon (Bracon hebetor Say) pardasimon qanotli (Numeportera turkumi Braconidae oilasi) larga mansub parazit yaydoqchi. Voyaga etgan brakon parazitining rangi sarg‘ish qonsimondan, deyarli qoramtirgacha
o‘zgarib turadi. Urg‘ochisining o‘lchami 2-3 mm, qanotlari yozilganda esa 4-5 mm. Boshi va uch juft oyoqlari bahorda jigarrang, kuzda esa to‘q jigarrangdir. Urg‘ochisining mo‘ylabi 16-17 bo‘g‘imli, marjonsimon, to‘q jigarrang tusga kirib, usti sarg‘ish tukchalar bilan qoplangan. +orni olti bo‘g‘imli, oyoqlari sarg‘ish-kulrang, ustki tomoni to‘q-kulrang va tukchalar bilan qoplangan, qorni oxirida sarg‘ish jigarrang 0,9-1 mm uzunlikdagi tuxum qo‘ygichi joylashgan. Erkaklarining mo‘ylabi 23-26 bo‘g‘imli, ular urg‘ochilariga nisbatan biroz kichikroq. Brakonning tuxumi sutsimon-oqish, kamdan-kam och-sarg‘ish, uzunligi 0,45-0,50 mm, eni 0,20 mm, silindrsimon, ustki qismi biroz inkichkalashgan, odatda biroz egilgan.
Uchinchi yoshdagi lichinkasining rangi xira-oqish, yaltiroq-yashildan yaltiroq-sarg‘ishgacha o‘zgarib turib, bu ko‘pincha xo‘jayin qurt rangiga bevosita bog‘liqdir. Uning uzunligi 3-4 mm, boshi xira-sarg‘ish rangli, og‘iz
apparati kuchli rivojlangan, jag‘lari o‘roqsimon. Lichinkaning tanasi 13 bo‘g‘imdan iborat, oyoqsiz, uning elka tomoni noaniq oq dog‘chalar bilan qoplangan. Uning bu xususiyati 1 va 2-nchi yoshdagi lichinkalardan ajratib turadi.
G‘umbagi erkin 2,5-3 mm uzunlikda, eni 1,6 mm bo‘lib, 4 mm o‘lchamdagi oq pillacha ichida joylashgan. G‘umbak oxirgi rivojlanish davrida malla- jigarrang tus oladi.
Tabiatda brakonning otalangan urg‘ochi zotlari o‘simlik qoldiqlari ostida, daraxtlarning buralib, ammo to‘kilmay qolgan barglarida, daraxtlar po‘stloqlari ostida qishlaydi.
Erta bahorda (mart-aprel) o‘rtacha bir kecha kunduzgi havo harorati 17-
200 S ga etganda brakon qishlashdan chiqib 1,5-2 oygacha yashaydi va soyabongullilar, dukkaklilar hamda boshqa madaniy va yovvoyi o‘simliklar gul nektari bilan oziqlanadi. CHunki urg‘ochisi tuxumlarining etilishi uchun ular albatta gul nektari yoki xo‘jayin gemolimfasi bilan oziqlanishi shart.
Brakon o‘z o‘ljasini izlaganda, xo‘jayini hisoblangan qurtlarning hidiga yoki ular ajratgan ekskrimenti hidiga qarab ham aniqlaydi. SHuning uchun ham o‘simlik mevasi (ko‘sak, pomidor va x.k.) ichidagi qurtlarni brakon osonlikcha topa oladi.
Urg‘ochi brakon zotlari o‘lja tanasiga tuxum qo‘yishdan oldin uni elkasiga tuxum qo‘ygichini sanchib falajlaydi. Natijada qurt harakatsizlanib, oziqlanishdan to‘xtaydi. SHuni qayd qilish lozimki, brakon o‘ljasini zararlaganda faqat zahar bezidagi qo‘shimcha zahardan foydalanadi. Umuman olganda bitta urg‘ochi brakon zaharidan 1 mln. 600 ming xo‘jayin qurtlari falajlanishi mumkin (Orlov, Gelashvili, 1985).
Brakonni rivojlanishi uchun qulay harorat 27-320S, havo namligi esa 75-80% bo‘lishi kerak. Bu sharoitda brakonni to‘liq rivojlanishi uchun 8-12
kun kerak bo‘ladi. Voyaga etgan brakon yozda ozuqasiz 2-3 kun yashay oladi xolos, turli ozuqalar bilan oziqlanganida (gemolimfa, uglevod) esa 12 kundan 30 kungacha yashashi mumkin.
Brakonning jinsiy mahsuldorligi 28-300S haroratda bir kunda o‘rtacha 10-30 dona bo‘lsa, 32-350S haroratda 60 dona. Harorat 160S dan pasayganda u tuxum qo‘yishdan to‘xtaydi. Urg‘ochi brakon qurtlarni zararlasada, ularning hammasiga ham tuxum qo‘yavermaydi.
Brakon tuxum qo‘yishda xo‘jayin tanasi sirtining silliqligiga, siyrak tukligiga, uning tana o‘lchamiga e'tibor beradi, ya'ni yuqorida keltirilgan ko‘rsatkichlar qanchalik qulay bo‘lsa, parazit qo‘yadigan tuxum soni ham shunchalik yuqori bo‘ladi. SHuning uchun ham, yaydoqchi ko‘pincha o‘rta va katta yoshdagi qurtlarni zararlaydi. Ko‘p yillik tajribalarda kuzatilishicha har bir g‘o‘za tunlami qurtining tanasiga 50 dan ko‘proq (o‘rtacha 20-25 ta), makkajo‘xori kapalagi qurti tanasiga 40 tagacha (o‘rtacha 15 ta), katta mum kuyasi qurti tanasiga 35-60 tagacha (o‘rtacha 20 ta), un kuyasi qurti tanasiga 10-12 (o‘rtacha 5 ta) tuxum qo‘yishi aniqlangan (Mirzalieva, 1981). Xavo xarorati va nisbiy namligiga qarab tuxumlardan lichinka chiqishi uchun 1-5 kungacha, lichinkalarning to‘liq rivojlanishi 2 - 6 kungacha va nihoyat g‘umbaklardan etuk zotlar uchib chiqishi uchun esa 6-13 kungacha vaqt kerak bo‘ladi (Bogolyubova, 1974).
Voyaga etgan brakon ham tashqi muhit sharoitlariga qarab 7 dan 35 kungacha yashashi mumkin. Brakonni to‘liq rivojlanishi uchun foydali haroratlar yig‘indisi 186 0 ni tashkil etadi.
Umuman olganda g‘o‘za tunlami bir dona qurtida 60 tagacha, makkajo‘xori kuyasi 40-60, janubiy ombor va un parvonalari qurtlarida 10 tagacha, mum kuyasi qurtida 30 tagacha, arvoh kapalagi bir dona qurtida esa 250 taga qadar brakon lichinkalari rivojlana olishi mumkin. Brakon juda serpusht bo‘lib, uni ko‘paytirish sharoitlariga qarab va xo‘jayin turiga mos
ravishda har bir urg‘ochi 100 tadan 800 tagacha tuxum qo‘yishi kuzatilgan (Mansurov, 1967).
Brakonning otalangan tuxumidan urg‘ochi va erkak, urug‘lanmagan tuxumlaridan esa faqat erkak zotlar rivojlanadi. Lichinkalar xo‘jayin qurt tanasida 3-5 kun oziqlanadi, keyin esa uzunchoq oq pillacha o‘rab, uning ichida g‘umbakka aylanadi. Oradan 5-8 kun o‘tgach g‘umbaklardan voyaga etgan brakonlar uchib chiqadi. Odatda
jinslar nisbati 1:1 ga teng bo‘ladi. Tabiatda urg‘ochi brakon o‘z xo‘jayinini qurti yoshiga qapab 150-300 taga qadar uning qurtlarini zararlaydi. Ekinzorlardagi zararkunanda populyasiyasi zichligi katta bo‘lsa, urg‘ochi brakon ularning ko‘pchiligini zararlasada, zararlangan qurtlarning faqat 60-70 foizigagina tuxum qo‘yadi. Normal zararlangan qurtlar 13-35 kungacha va undan ham ko‘proq buzilmasdan saqlanadi. Bu muddat brakon avlodining to‘liq rivojlanishi uchun etarlidir. Tuxum qo‘yishdan oldin urg‘ochi brakon xo‘jayin tanasiga bir necha bor tuxum qo‘ygichini sanchadi va bunday sanchiqlar o‘rnidan chiqqan gemolimfa bilan urg‘ochi va erkak brakon voyaga etganlari qo‘shimcha oziqlanadi. Tabiiy sharoitda, mavsum davomida brakon 10 va undan ortiqroq martagacha avlod berishi, laboratoriya sharoitida esa uni yil davomida ko‘paytirish mumkin.
Respublikamizda dastlab brakon yaydoqchisini laboratoriya sharoitida ommaviy ko‘paytirish usullari O‘zR FA zoologiya va Toshkent qishloq xo‘jalik institutlarida ishlab chiqilgan. Bunda parazitning xo‘jayini sifatida un parvonasi va katta mum kuyasi qurtlaridan foydalanilgan.
Respublika ishlab chiqarish biolaboratoriyalarida brakon faqat katta mum kuyasi qurtlaridagina ko‘paytiriladi. SHuning uchun ham katta mum kuyasi to‘g‘risida ma'lumot berish maqsadga muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |