Bazidioomikota filumi. Uredinales tartibi



Download 1,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/19
Sana14.06.2023
Hajmi1,22 Mb.
#951328
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
18-мавзу

Do’lana 
mevasida 
Gymnosporangium 
sp. turining 
bo’rtib chiqqan esial 
peridiylari 
(J. Payne rasmi, 
Alexopoulos et al., 2007 dan 
olingan) 
15.2-rasm
.
Esiy tiplari (
sxema
): 

– Seoma (
Caeoma
), 

– Esidium 
(
Aecidium
), 

– Resteliya (
Roestelia
) va 

- Peridermium 
(
Peridermium
) (Alexopoulos 
et al., 2007) 


Esiylar va esiosporalar. 
Esiylar xo’jayin to’qimasi ichida hosil bo’ladi va ular 
dikariotik hujayralardan tuzilgan bo’ladi. Esiylarning murtaklari birlamchi 
miseliydan hali dikariotizasiya yuz berishidan oldin hosil bo’ladi. Ularning 
hujayralari oldin bir yadroli bo’lib, spermatizasiyadan keyin, trixogina funksiyasini 
bajaruvchi reseptiv gifaga kirgan yadro migrasiyasi natijasida, dikariotik holatga 
keladi. Esiylarda dikariotik esiosporalar zanjirchalarda hosil bo’ladi. Zanjirchadagi 
har ikki esiospora orasida bitta diz’yunktor, deb ataladigan kichik, yassi, steril 
hujayra mavjud bo’ladi. Esiosporalar yetilganida diz’yunktorlar yemirilib, 
yo’qolib 


ketadi, natijada esiosporalar erkin, tarqaluvchi holatga keladi. Esiosporalarning usti 
kichik so’galchalar bilan qoplangan yoki (boshqa turlarda) silliq bo’lishi mumkin. 
Alohida esiylar oqish-sariq tusli. Ko’p turlarning esiylarida ularning ustini 
gumbaz shaklida qoplab turuvchi parda – peridiy – mavjud bo’ladi. Esiosporalar 
yetilganida ular peridiyning ustki qismini yorib, tashqariga chiqadi. Alohida 
esiosporalar dumaloq, ellipsoid, ko’p qirrali shaklga ega, kattaligi zang 
zamburug’ining turi bilan bog’liq holda, har xil, rangsiz yoki sariq tusli. Yorilib 
ochilgan peridiyning chetlari osilib qoladi. Ba’zi turlarda peridiy zararlangan 
to’qima ustida silindr shaklida bo’rtib chiqishi mumkin (15.1-rasm). 
Yetilgan esiylarning peridiylari ba’zi turlarda kalta, boshqalarida uzun va 
burushiq, uchinchilarida katta, noto’g’ri shaklli, yana boshqalarida bo’rtib chiqqan 
bo’lishi mumkin. Ayrim turlarning esiylarida peridiy umuman bo’lmasligi mumkin. 
Tuzilishiga qarab esiylarning besh tipini ajratishadi va ularning to’rttasi 15.2- 
rasmda ko’rsatilgan. Esiylar barglarda hosil bo’lganida ularning ostki tomonida 
joylashadi. 
Har xil xo’jayinli turlarning esiosporalari o’zlari hosil bo’lgan oraliq xo’jayinni 
zararlay olmaydi. Ular tarqalib, asosiy xo’jayin o’simlik a’zolariga tushganida 
ularning to’qimalarini zararlaydi. Esiosporalar to’qimaga ustisa teshiklari orqali 
yoki bevosita epidermisni teshib kiradi. Ba’zi turlar esiosporalarining murtak 
gifalari uchida appressoriylar hosil bo’ladi va ular o’simlik to’qimalariga zich 
yopishadi, ulardan infeksion gifa o’sib, to’qimaga kiradi. Xo’jayin o’simlik 
to’qimasi ichida hujayralar oralarida, gaustoriylari mavjud bo’lgan dikariotik 
miseliy rivojlanadi. 

Download 1,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish