3-guruhga:
She’riy asarlari va ularning asosiy g‘oyasi
|
|
4-guruhga:
5-guruhga:
Hamid Olimjon nomini abadiylashtirish uchun qilingan ishlar
|
|
O`qituvchi sinf o`quvchilarini 5 guruhga bo`lib, ularga tarqatma materiallarni tarqatadi va vaqt belgilaydi. (5-6 daqiqa). Vaqt tugashi bilan barcha guruhlar o`z ishini yakunlaydi va har bir guruhdan spiker belgilanadi hamda 1-guruhdan boshlab taqdimot qiladi. Taqdimot uchun ham 2-3 daqiqa vaqt belgilash zarur. Guruh ishlari doskaga tagma-tag ilinadi:
Barcha guruhlar taqdimot qilib bo`lgandan so`ng, o`qituvchi guruhlar ishini umumlashtirib, xulosalaydi. Aytilmagan fikrlar, yangi ma'lumotlar bo`lsa, o`qituvchi kichik ma'ruza sifatida aytib o`tadi. Faol guruhlar rag`batlantiriladi.
“IKKI QISMLI KUNDALIK” metodi
Bu metod yozma nutqni rivojlantiradi. Bu uslub o`qib chiqilgan mavzu bo`yicha tushunchalarni shaxsiy tajriba bilan bog`lashga imkon beradi.
Maqsad: o`rganilayotgan mavzuga qiziqish uyg`otish, yozma nutqni rivojlantirish.
O`tkazish bosqichlari:
1-bosqich. O`quvchilarga oldindan tayyorlab qo`yilgan matn o`qish uchun taklif etiladi.
2-bosqich. Hamma matn bilan tanishganiga ishonch hosil qilib, daftarni vertikal chiziq bilan ikkiga bo`lish so`raladi.
3-bosqich. O`quvchilarga, daftarni chap tomoniga muallif sitatalar (g`oyalari, fikrlari)ni yoqqanlarini (yoki yoqmaganlarini) yozishlari aytiladi.
4-bosqich. O`ng tomonga o`quvchi mazkur sitataga berilgan o`zini izohini yozadi, ya'ni o`qilgan matn haqidagi tushunchasini umumlashtirib beradi.
5-bosqich. Topshiriqni shu qismi tugagandan keyin o`quvchilarga (o`z xohishiga ko`ra) bittadan sitatalarni va ularga yozilgan izohni o`qish taklif etiladi. Sitata va ularning izohi o`qilayotganda savol berish yoki mazkur sitataga o`z izohini berishga ruxsat etiladi.
6-bosqich. O`quvchilar sherik (uchliklar yoki kichik guruhlar) bo`lib ham ishlashlari mumkin.
Namuna:
Hamid Olimjonning “O`zbekiston” she'rini o`tishda “Ikki qismli kundalik” metodi asosida she'rning mohiyatini oddiy yo`llar bilan o`quvchiga yetkazishi mumkin.
Har bir guruhga she’r bandlari yozilgan tarqatmalar beriladi va belgilangan vaqt ichida guruh o`quvchilari o`zlariga berilgan bandni to’liq sharhlashlari va qog’ozning o`ng tomoniga yozishlari lozim. Vaqt tugagandan so`ng guruhlar taqdimot qiladilar, she’r bandlari izohlanadi.
1-guruhga:
O‘xshashi yo‘q bu go‘zal bo‘ston,
Dostonlarda bitgan guliston —
O‘zbekiston deya atalur,
Uni sevib el tilga olur.
Chiroylidir go‘yo yosh kelin,
Ikki daryo yuvar kokilin
Qorli tog‘lar turar boshida,
Gul vodiylar yashnar qoshida.
|
|
2-guruhga:
Chor atrofga yoyganda gilam.
Aslo yo‘qdir bundayin ko‘klam.
Tog‘lardagi qip-qizil lola
Bo‘lib go‘yo yoqut piyola,
Buloqlardan uzatadi suv
El ko‘zidan qochadi uyqu.
Dalalarda boshlanadi ish
Boshlanadi ijod va turmush.
|
|
3-guruhga:
Kundan-kunga o‘sadi paxta,
Barg chiqadi harbir daraxtda,
Olmazorlar gulin to‘kadi,
Meva bog‘lab shoxin bukadi.
Shaharlarda ishga chiqib el
Odam bilan to‘lar Tekstil.
Hammasining bir istagi bor,
Hammasi ham xursand, baxtiyor.
|
|
4-guruhga:
Bu o‘lkada har narsa bordir,
Ko‘rmaganlar doim xumordir.
Amu bilan Sirdan suv ichgan,
Zarafshonni loylatib kechgan,
Chavandozlar bordir bu elda.
Bahor chog‘i pishqirgan selda
Arg‘umoqlar qo‘shig‘i bordir.
Bu shundayin ajib diyordir.
|
|
O`quvchilarning faoliyati o`qituvchining diqqat markazida bo`lishi kerak. Chunki o`quvchining fikrlash olami va vatanini bilish, o`zligini kashf etish borasida o`zlaricha fikr yuritadilar, tahlil qiladilar, munosabat bildiradilar. Bu jarayonda o`quvchining ish quroli darslik sanaladi. She'r mazmunini yaxshi tushungan o`quvchilar she'rni oson yodlashga erishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |