Adabiyot darslarida “Tushunchalar tahlili” metodidan foydalanish
Hamid Olimjon hayoti va ijodiga doir sanalarni berish mumkin:
Sanalar
|
Sodir bo`lgan voqealar
|
1909-yil 12-dekabr
|
|
1929-yil
|
|
1930-yil
|
|
1931-yil
|
|
1932-yil
|
|
1937-yil
|
|
1938-yil
|
|
1942-yil
|
|
1939-1944-yillar
|
|
1939-yil
|
|
1944-yil 3-iyul
|
|
Tekshirish uchun:
Sanalar
|
Sodir bo`lgan voqealar
|
1909-yil 12-dekabr
|
Hamid Olimjon tavallud topgan sana
|
1929-yil
|
“Ko‘klam” ilk she'riy to‘plami chop etildi
|
1930-yil
|
“Tong shabadasi” hikoyalar to‘plami
|
1931-yil
|
“Olov sochlar” she'riy to‘plami
|
1932-yil
|
“Poyga”, “O‘lim yovga” she'riy to‘plamlari
|
1937-yil
|
“Oygul bilan Baxtiyor” dostoni
|
1938-yil
|
“Alpomish” dostoni nashrga tayyorlanib, chop etildi
|
1942-yil
|
“Muqanna” dramasi
|
1939-1944-yillar
|
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi rahbari
|
1939-yil
|
“Semurg‘ yoki Parizod va Bunyod” dostoni
|
1944-yil 3-iyul
|
Fojiali vafot etdi
|
“Idrok xaritasi” metodi
“Idrok xaritasi” (Konseptual xarita) adabiyotda turli nomlar bilan uchraydi: “Idrok xaritasi”, “Konseptual xarita”, “Kartografiya konsepsiyasi”, “Intellekt-xarita” .
Idrok xaritasi - fikrlarni taqdim qilish va bog`lash usuli bo`lib, u o`quvchilarda tasavvur qilish va fikrlarni tizimlashtirish, o`rganilayotgan mavzudagi bosh g`oyalar yoki asosiy tushunchalarni, birlamchi tushunchalarni izohlashga yordam beruvchi ikkilamchi va uchlamchi g`oyalar yoki tushunchalarni ajratish ko`nikma va malakalarini shakllantirishga qaratilgan.
Taklif etilayotgan usul yangi bilim va axborotlarni konspektlashtirishning standart chizmasini ishlashga xizmat qiladi va darsning uzundan uzoq konspektini yozish yukidan xalos etadi.
Xaritani tuzish o`quvchiga:
asosiy, ikkilamchi, uchlamchi (va h.k.) shoxchalar (chiziqlar) larni ishlatish hisobidan iyerarxik tartibda mavzudagi asosiy g`oyalarni strukturalashga;
ravshan va rangli obrazlar orqali g`oyani kuchaytirishga;
ular orasidagi bog`liqlikni namoyish etishga;
rang, shrift razmeri, bo`rttirish va h.k.lar bilan konsepsiyalarni ajratishga;
Dars jarayonida idrok xaritasidan samarali foydalanish natijasi shundaki, o`qituvchi qisqa vaqt ichida ko`proq ma'lumot beradi, o`quvchi esa ko`p materialni eslab qoladi.
O`qituvchi idrok xaritasidan yangi materialni taqdim etish, mavzuni mustahkamlash, bo`lim yoki bob tugaganda foydalanishi mumkin.
Ta'kidlash joizki, “Idrok xaritasi” metodidan o`qituvchilarimiz dars jarayonida foydalansalar, o`quvchilarning o`zlashtirish samaradorligi yuqori bo`lgan holda mavzuni tushuntirishda ko`rgazmalilik va ta'sirchanligi ortadi.
“TO`LIQSIZ MAKTUB” METODI
Mazkur usulda o`qituvchi o`quvchilarga o`rganilgan material, mavzu yoki she’riy parcha yuzasidan to`liq bo`lmagan, asosiy atama yoki tushunchalari tushirib qoldirilgan topshiriqni taqdim etadi. O`quvchilar tushirilgan bo`shliqni to’ldirishlari lozim. Bu usulni o`tilgan mavzuni mustahkamlash yoki yangi mavzuni mustahkamlash jarayonida o`quvchilar bilan yakka tartibda, juflikda yoki guruhlarda qo’llash tavsiya etiladi.
Bunda ________ kitob o‘qiydi,
Bunda qurtlar ______ to‘qiydi,
Bunda ari keltiradi _____,
Bunda qushlar topadi ______,
Bunda ______ning taglarida qish,
_______ uchun so‘ylaydi olqish.
Bir _________ husnga boydir…
Botirlari _______ qazadi,
___________ g‘azal yozadi,
Kuychilari o‘qiydi _____,
Juvonlari aytadi _____,
Pazandasi yopadi _______,
___________ kutadi mehmon —
Bu shundayin _____ diyordir.
Buning _____hikmati bordir: “O‘zbekiston” she’ridan.
Do'stlaringiz bilan baham: |