Bаrqаror rivojlаnish jаrаyonidа ishchi guruhlаrini samarali tashkil etish. Tadbirkorlik kapitali va moliya manbaalari



Download 0,5 Mb.
bet8/21
Sana10.07.2022
Hajmi0,5 Mb.
#772783
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21
Bog'liq
1. 4-MAVZU BOYICHA TAYANCH KONSPEKT (1)

Ishsizlikning ijtimoiy oqibatlari ham mamlakat iqtisodiyotiga sezilarli ta’sir o‘tkazishi mumkin. Jumladan, ishsizlikning ba’zi turlarining uzoq muddatli tavsifi ishchilarning o‘z malakalarini yo‘qotishlari hamda daromad va ijtimoiy mavqei jihatidan aholining nisbatan past toifasiga o‘tib qolishiga olib keladi. Bu esa ularda o‘z turmush tarzidan qoniqmaslik, ijtimoiy faollikning yo‘qolishi, atrofdagilarga nisbatan loqaydlikning paydo bo‘lishi kabi holatlarni keltirib chiqaradi. Natijada uzoq davom etgan surunkali ishsizlik millatning ruhiy sog‘lomligiga putur etkazadi. Ishsizlik o‘sishining muqarrar oqibati bo‘lib mamlakatdagi jinoyatchilikning o‘sishi va ijtimoiy keskinlik darajasining kuchayishi hisoblanadi. Shunga ko‘ra, mamlakatdagi ishchi kuchi bandligini ta’minlash va ishsizlarni ijtimoiy himoyalash davlat iqtisodiy siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
4.3 Korxonalarda ishchi kuchini boshqarish va ularning samaradorligini oshirish.
Korxonada mavjud xodimlar tarkibini baholashda, eng avvalo ularning shakllanishiga ta'sir etuvchi tashqi omillarga, xususan mehnat bozoridagi vaziyatga e'tiborni qaratmoq lozim. Zero, mehnat bozoridagi holat ko’p jihatdan quyidagilarga bog’liq: 

    • aholi soni, yoshi, jinsi salmog’idagi o’zgarishlar; 

    • tarmoq va hududiy bandlikdagi o’zgarishlarga; 

    • qo’shimcha ishchi kuchini yollash darajasiga; 

    • ishlab chiqarish hajmi, tarkibi va o’sish sur'atiga; 

    • mehnat resusrlarini boshqarish usuliga va hk.

Ichki omillarni baholash uchun quyidagi ma'lumotlar tahlilini amalga oshirish zarur: 

    • doimiy band bo’lgan xodimlar soni, familiyasi, yashash joyi, ishga qabul qilingan vaqti va hk.; 

    • xodimlarning tarkibi (malakasi, mutaxassisligi, yosh tarkibi, milliy tarkibi, nogironlar, salmog’i, ishchi va xizmatchilar, ITX va hk.); 

    • xodimlar qo’nimsiziligi; 

    • ish kunining davomliligi (to’liq yoki qisman bandligi, necha va qaysi smenada ishlashi, ta'tilning davomliligi va hk.); 

      1. ish haqi, uning tarkibi, qo’shimcha ish haqi, ta'rif yoki ta'rifdan yuqori to’lova va hk.; 

    • davlat yoki huquqiy tashkilotlar tomonidan ko’rsatiladigan ijtimoiy-maishiy xizmat (ijtimoiy ehtiyojlarga ajratiladigan mablag’)lar. 

Qayd qilingan tashqi va ichki omlilarning ta'sirida mehnat bozoridagi vaziyat o’zgarib turadi va shunga mos ravishda mehnat resurslariga bo’lgan talab va taklif ko’lami aniqlanadi.
Mehnat resurslariga bo’lgan talabni rejalashtirish xodimlarni rejalashtirish jarayonining boshlang’ich bosqichi bo’lib, uni tuzishda quyidagi ma'lumotlar asos vazifasini bajaradi:

    • mavjud va rejalashtirilayotgan ish joylari; 

    • tashkiliy va texnik tadbirlar rejasi; 

    • shtatlar ro’yxati va bo’sh lavozimlarni to’ldirish rejasi.

Korxonaning xodimga bo’lgan ehtiyojini rejalashtirish mehnat bozorida ishchi kuchiga bo’lgan talab va taklif muvozanatiga bog’liq.
Agar mehnat bozorida ishchi kuchiga bo’lgan talab taklifdan ko’proq, ya'ni:
talab>taklif 
bo’lsa, u holda korxonaga ishchi kuchining qo’shimcha manbaalaridan qo’shimcha taklif rejalashtiriladi. Bunday manbaa bo’lib - mehnat nafaqasi oluvchilar, talabalar va o’quvchilar hisoblanadi. Bunday vaziyatda mehnat birjalarining faoliyatlari kuchaytiriladi va takomillashtiriladi, boshqa hududlardan qo’shimcha ishchi kuchining oqib kelishi rag’batlantiriladi, har bir ishsizning shaxsiy hisobi yuritiladi va hk.
Agar mehnat bozorida ishchi kuchiga bo’lgan talab taklifdan kam bo’lsa, u holda qo’shimcha ish joylarini tashkil etish, ish smenasini ko’paytirish, ish bilan bandlikning noan'anaviy yo’llaridan foydalanish, boshqa hududlarga ortiqcha ishsizlarni jalb qilish rejalashtiriladi.
Agar ishchi kuchiga bo’lgan talab taklif bilan teng, ya'ni
talab=taklif muvozanatda bo’lsa, u holda korxonada:

    • ishlab chiqarish vositalarini zamonaviylashtirish va qayta tiklash; 

    • ish vaqtini yo’qotishni kamaytirish; 

    • ishchilarning malakasini oshirish; 

    • mehnatni rag’batlantirish va ish haqini samarali tashkil etish kabi tadbirlar rejalashtiriladi. 

Erkin bozor sharoitida boshqaruv vazifalarining murakkablashuvi korxona rahbarlariga xodimlarni to’g’ri tanlash, ularni joy-joyiga qo’yish va tarbiyalash ishlariga juda katta mas'uliyat bilan yondoshishni talab qiladi. 

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish