Bu yerda: – resurs-sarf yondushuvida unumdorlik; –sarflangan mehnat natijasida mahsulot ishlab chiqarish hajmi; L –sarflangan mehnat soati miqdori
Mazkur koʼrsatkichni hisoblashda bir-biridan farqlanuvchi uch turdagi unumdorlikni ajratib koʼrsatishimiz mumkin: xususiy unumdorlik, umumiy unumdorlik, koʼp omilli va ishlab chiqarish omillarining yalpi unumdorligi. Xususiy unumdorlik – ishlab chiqarish omili sifatida foydalaniladigan bir resursni soʼnggi natijaga nisbatan tavsiflaydigan koʼrsatkich. Bu koʼrsatkich ishlab chiqarishning bir omilli samaradorligini namoyon etadi.
Umumiy unumdorlik – ishlab chiqarish omillari sifatida bir necha resurslarni soʼnggi natijalariga nisbatan tavsiflovchi koʼrsatkichdir. Mazkur koʼrsatkich ishlab chiqarish omillarining samaradorligini ifodalaydi.
Yalpi unumdorlik – ishlab chiqarish omili sifatida foylanadigan barcha resurslarni barcha soʼnggi natijaga nisbatini tasniflaydigan koʼrsatkich boʼlib, yalpi faoliyat samaradorligini ifodalaydi.
Shuni eʼtirof etish mumkinki, yalpi, umumiy va xususiy unumdorlik qabul qilingan koʼrsatkichlar boʼlib, ishlab chiqarishning barcha darajalarida, yaʼni tarmoq, soha, hudud yoki alohida korxona miqyosida foydalanish mumkin.
Resurs-sarf yondashuvi orqali mehnat samaradorlikni baholashda mehnat unumdorligi koʼrsatkichlaridan foydalanishda unumdorlik va samaradorlik tushunchalarining ijtimoiy-iqtisodiy mazmuniga koʼra turli xil kategoriyalar ekanligini hisobga olinmogʼi lozim. Аgar unumdorlik tushunchasi faqat ishlab chiqarish faoliyati bilan bogʼliq boʼlsa, samaradorlik esa shu faoliyat natijasi bilan aniqlanadi. Resurs-sarf yondashuvi doirasida unumdorlik va samaradorlikning oʼzaro bogʼliqligining asosiy sababi shundaki, bu yondashuv XIX asrning boshlarida, yaʼni industrial iqtisodiyotning shakllanishi va rivojlanishi sharoitida vujudga kela boshlagan. Аlbatta, bu holda resurslar yondashuvi moddiy neʼmatlar ishlab chiqarish ommaviy standartlash asosida samaradorlikni baholash masalasini nazarda tutadi.
Bunda asosiy masala boʼlib “eng kam sarf-xarajatlar asosida yuqori xoʼjalik foydasiga erishish”3 hisoblanadi. Mazkur fikrdan kelib chiqqan holda shuni taʼkidlashimiz mumkinki, industrial iqtisodiyot sharoitida moddiy ishlab chiqarish asosiy ahamiyatga ega boʼlgan. Natijada, bu yondashuvga asosan har qanday ishlab chiqarishning asosiy maqsadi - maksimal foyda olish hisoblanadi. Yana shuni taʼkidlash mumkinki, XX asrning boshlarida ham sarf-xarajatlar evaziga yuqori foyda olish samarali faoliyatning asosiy maqsadi, nafaqat iqtisodiy nazariya fanining birlamchi maqsadi, balki amaliy iqtisodiyot fanining ham bosh maqsadi hisoblangan. Xususan, klassik boshqaruv maktabi namoyondalari F.Teyler, G.Ford, А.Fayol4 boshqaruv samaradorligini sarf-xarajatlar bilan maksimal natijaga erishish deb hisoblashgan. Shuning uchun unumdorlik korxona rahbarlari va menedjerlari foydalanadigan koʼrsatkichlar tizimida asosiy mezon hisoblangan.
Resurs-sarf yondashuvi doirasida unumdorlik va samaradorlik bir xil koʼrsatkich sifatida talqin etiladi, ammo iqtisodiy kategoriya sifatida ularning mohiyati turlicha talqinga ega. Shu bilan birgalikda, shuni taʼkidlash kerakki, unumdorlik va samaradorlik tushunchalarining oʼzaro bogʼliqligi muayyan muommalarni yuzaga keltiradi. Birinchidan, unumdorlik va samaradorlik tushunchalarini bir xil talqin qilinishi ushbu kategoriyalarni tadbiq etishga bagʼishlangan chet el iqtisodiy adabiyotlarini tarjimasini murakkablashtirdi. Ikkinchidan, ikki tushunchani aralashtirib talqin qilinishi gʼarb iqtisodiyot fanlarining ushbu taʼriflar boʼyicha yaxlit xulosa chiqarish boʼyicha murakkablashtirib qoʼydi5. Bizning fikrimizcha unumdorlik va samaradorlik mohiyati boʼyicha farq mavjud, jumladan, mehnat unumdorligi bu ishlab chiqarish kategoriyasi, mehnat samaradorligi esa yaratilgan mahsulotni taqsimlash, ayirboshlash va isteʼmol bosqichlarini oʼz ichiga oluvchi takror ishlab chiqarish kategoriyalaridir. Mehnat unumdorligi ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi jonli va isteʼmol qilingan mehnat vositalariga sarflar nisbatini, mehnat samaradorligi esa – mehnat sarflari yuqori mehnat natijadorligini ifoda etadi. Аgar ishlab chiqarish samaradorligi koʼrsatkichi mehnat unumdorligi koʼrsatkichiga taqqoslansa, ishlab chiqarishning umumiy sarflari yigʼindisida jonli mehnat sarflari qanday ulushni tashkil etishini koʼrsatuvchi koeffitsientga ega boʼlamiz.
Bu ulushning kamayishi bevosita ishlab chiqarishdan jonli mehnatni nisbatan va mutlaq ozod qilinishi toʼgʼrisida dalolat beradi6.
Mehnat unumdorligi, ishlab chiqarish samaradorligi, mahsuldorligi iqtisodiy makonning bir-birini toʼldirib turuvchi parametrlaridir. Chunki, ular ayni bir oʼsha obʼektning – ishlab chiqarilgan mahsulotini turli tomondan, yaʼni jonli mehnatni tejash, ishlab chiqarish chiqimlarini qisqartirish va jamiyat ehtiyojini mumkin qadar qondirish tomonidan koʼrib chiqadi. Iqtisodiy makonning aniqlangan parametrlari tabiiydir, chunki ular iqtisodiy hodisalar mohiyati va tabiatini aks ettiradi.
Bunda: – maqsadga yoʼnaltirilganlik yondashuvida samaradorlik; – erishilgan natija; – Kutilgan natija.
Maqsadga yoʼnaltirilganlik yondashuv doirasida samaradorlikni quʼyidagi koʼrinishlarini ajratib koʼrsatish mumkin: - tashqi samaradorlik (korxonaning tashqi imkoniyatlaridan foydalanish nuqtai nazaridan samaradorlik) - uni hisoblash oldindan rejalashtirilgan natijalarni biror-bir jarayonni bajarilishi orqali olingan natijalarga nisbati sifatida aniqlanadi;
- ichki samaradorlik (korxonaning ichki imkoniyatlaridan foydalanish nuqtai nazaridan samaradorlik) - uni hisoblash minimal zarur resurslarni foydalanishga moʼljallangan rejalarga nisbati sifatida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |