Аsosiy ragʼbatlantirish: kompaniyaning qimmatli qogʼozlarini sotib olishlariga imkoniyat yaratish, daromadda ishtirok ettirish, bayram arafasida, tizimli va boshqa ragʼbatlantirishlardan iborat. Qimmatli qogʼozlarni xarid qilishiga koʼmaklashish ishchilarda kelgusida oʼz mehnatlari natijasida oladigan dividentlari mavjudligini his etib yana ham unumliroq mehnat qilishlariga undaydi. Daromadda ishtirok etish kompaniya faoliyat natijasiga bogʼliq holda ragʼbatlantirish miqdori goh oshishi yoki kamayishi mumkin. Аgar daromad miqdori oshsa ragʼbatlantirish ham mutanosib oshadi, daromadning oshishi avvalo mahsulot sotilish hajmi va bozor bahosining oshishi (mahsulot tannarxi oshmagan holda) hamda mahsulot tarkibida mehnat sarfining kamayishi hisobiga amalga oshadi. Ragʼbatlantirish miqdorini oshirib borish uchun mehnat unumdorligi va samaradorligini oshirish lozim boʼladi. Bayram arafalarida (yangi yil, mustaqillik kuni, pasxa (diniy bayram), kasb va boshqa bayramlarda) kompaniya personaliga oylik mehnat haqining 25-50 foiz miqdorida moddiy ragʼbatlantirish berish anʼanaga aylangan. Qoʼshimcha ragʼbatlanitish: personalni boshqargani, nafaqaga chiqishi, mehnat malakasini oshirgani va boshqa ragʼbatlangan- АQSh kompaniyalarida aniq mehnat natijasini ragʼbatlantirishda tizimli uslubdan foydalaniladi. Bu tizimda Skenlon, Raker va Iproshear-90 nomini olgan tizimlar amal qiladi. Ragʼbatlantirishning Skenlon tizimi - bir ishchi hisobiga mehnat unumdorligi oshganda kompaniya va ishchilar oʼrtasida ishlab chiqarish sarflarini tejash imkonini beradi. Ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatida mehnatga haq toʼlash sarfining salmogʼi rejalashtirilgan darajadan oshib ketmasa, unda ushbu iqtisod qilingan mablagʼ kompaniya va ishchilar oʼrtasida 1/3 qismga taqsimlanib ragʼbatlantirishni kafolatlaydi. Raker tizimi – mehnat haqining bir dollari hisobiga shartli sof mahsulot hajmini oshishi natijasida ishchi-xodimlar ragʼbatlantiriladi.
Bunda shartli sof mahsulotga sarflar miqdorini qisqartirish yoki shartli sof daromadni oshirish koʼzlanadi. Raker tizimi – “rejalashtirilgan mahsulot hajmini ishlab chiqarish uchun sarflanadigan ish vaqtini (kishi–soat) tejab qolinganligi uchun ragʼbatlantiriladi. Norma kishi-soatdan haqiqatda sarflangan kishi-soat miqdori kam boʼlsa ragʼbatlantirish amalga oshiriladi.
Xorijiy rivojlangan davlatlarda personal mehnatidan foydalanish va ijtimoiy-mehnat munosabatlarini samarali tartibga solishning boy tajribalariga ega. Biroq har bir davlatning oʼziga xos shakllangan anʼana va farqli jihatlari amal qiladi, shu boisdan biron davlatning tajribasini joriy qilishda mavjud anʼanalarni inobatga olmay boʼlmaydi shu sababli xorij tajribasini qo’llash jarayonida menejerlardan milliy an`analar va mentalitetni hisobga olish maqsadga muvofiq bo’ladi.