Bаrqаror rivojlаnish jаrаyonidа ishchi guruhlаrini samarali tashkil etish. Tadbirkorlik kapitali va moliya manbaalari



Download 0,5 Mb.
bet19/21
Sana10.07.2022
Hajmi0,5 Mb.
#772783
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
1. 4-MAVZU BOYICHA TAYANCH KONSPEKT (1)

Kreditning funksiyasi - bu kreditning iqtisodiyotda faoliyatning muayan ravishda namoyon boʼlishidir. Kreditni tahlil qilishda, uning funktsiyasi mohiyati va roli oʼrtasidagi oraliq bo`g`in sifatida ko`rib chiqiladi. Kredit tomonidan bajariladigan funktsiyalar turli adabiyotlarda turlicha beriladi. Ko`pgina adabiyotlarda kreditning 4 ta funktsiyasi ko`rsatilgan va asoslangan boʼlib ular quyidagilar:
- kapitallarni kayta taksimlash va foyda normasini tekislash
(tenglashtirish);
- muomala xarajatlarini tejash;
- kapitalni markazlashuvi;
- kapitalni yigilishi va jamgarish funktsiyasi
Kreditning takror ishlab chiqarish funktsiyasida esa kredit 2 xil koʼrinishda namoyon boʼladi:
- qarz oluvchi tomonidan olingan kreditlar ularga kerakli kapital xajmini taʼminlaydi, tadbirkorlik faoliyatini olib borishiga imkon yaratiladi.
- turli korxonalarga kredit berilishi natijasida jamiyat miqyosida ishlab chiqarish uchun yaxshi va yomon xolatlar (sharoitlar) vujudga kelishi mumkin. (sifat, tannarx, baho).
Muomaladagi haqiqiy va naqd pul mablagʼlarini kredit toʼlov vositalari bilan almashtirish funktsiyasida haqiqiy (oltin) pullar pul belgilari (banknotalar) bilan almashtiriladi. Bu o`z navbatida davlatni qarz majburiyatini bildiradi hamda oltin qiymat belgalarini belgilaydi. Shu bilan birga naqd pul belgilari aylanishi jarayonida pul belgilari o`z navbatida kredit muomala vositalari: veksel, chek, plastik kartochkalari bilan almashtirilishi mumkin.
Kreditning ragʼbatlantirish funktsiyasida - kredit ishlab chiqarish va muomalaga mikro va makro darajada taʼsir ko`rsatadi. Buning natijasida mablagʼlardan tejamli foydalanishga asos yaratadi. Kredit qarz oluvchidan olgan kreditlarining samarali, daromad oladigan darajada foydalanishiga, o`z vaqtida ishlatib to`liq qaytarilishiga majbur qiladi.
Revolvier kredit-eng avvalo, qayd etish joiz, revolvier, deganda bizning koʼz oʼngimizga keladigan toʼpponchaga buning hech bir aloqasi yoʼq. Iqtisodiy lugʼatlarda izohlanishicha, revolvier kredit — milliy va jahon moliya bozorlarida eng keng tarqalgan hamda tiklanib turadigan kredit turi hisoblanadi. U bu borada bank bilan bitim tuzganlarga qoʼshimcha muzokaralarsiz, kelishilgan qarz limiti doirasida va toʼlov muddatlarida avtomatik tarzda beriladi. Yaʼni, mijoz tuzilgan shartnoma asosida bank limiti doirasidagi kredit miqdoridan foydalanadi va u qaytarilishi bilan shu summadagi yangi qarzni oladi. Xarajat — qaytarish — tiklanish tarzidagi pul aylanmasi kelishilgan muayyan muddat davomida istalgancha takrorlanishi mumkin.
So`ngi yillarda yurtimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlarning faoliyatlarini kengaytirishga ko’maklashish maqsadida juda ko’plab qonun hujjatlari, president qarorlari va dasturlar qabul qilinyapti. Masalan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 21 apreldagi PQ-5087-sonli qaroriga muvofiq, yurtimizda biznes yuritish shart-sharoitlarini yanada yaxshilash maqsadida tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar ko‘lami kengaytirildi, jumladan:
tadbirkorlik sub'ektlarining milliy valyutadagi bank kreditlari bo‘yicha kompensasiya beriladigan kreditlar foizi miqdori Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan 1,75 baravarigacha oshirildi; ya'ni joriy yilning 1 mayidan tijorat banklari tomonidan berilayotgan milliy valyutadagi 25 foizgacha bo‘lgan kreditlari uchun kompensasiya qo‘llanilishi mumkin.
Tadbirkorlik sub'ektlariga bank kreditlari bo‘yicha kompensasiya va kafilliklar kredit shartnomasining sonidan qat'iy nazar berilishi qayd etildi.
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari ijrosini ta'minlashda asosiy e'tibor, hududlarda yangi ish o‘rni yaratishga, xizmatlar ko‘rsatish va ishlab chiqarish hajmini oshiriga qaratilgan kichik loyihalar hamda aholini doimiy daromad manbalarini shakllantirish maqsadlarga qaratilmoqda.
Xususan, 2021 yilda mazkur dasturlar doirasida 135 mingta loyihaga jami 3,2 trln. so‘m imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 4 barobarga ko‘p. So‘nggi 3 yilda ajratilgan kreditlar esa 19 trln. so‘mga yetdi. Natijada 770 mingdan ortiq oilalar o‘z tadbirkorligini yo‘lga qo‘ydi. O‘rta hisobda esa jami xonadonlarning 10 foizi qamrab oldi.

  1. Lizing – uzoq muddatga texnika-texnologiyalarni ijaraga olish uchun beriladigan pul mablagʼlari boʼlib, uning oxirida ijaraga olingan obʼektni sotib olish imkonini beradi. Bir tomondan bu oddiy ijara shakliga juda ham oʼxshash. Аslida esa ular oʼrtasidagi farq yetarlicha aniq.

Lizing – bu xizmatdir. Misol uchun, traktorni lizingga olmoqchi boʼlgan fermer ushbu xizmat turini koʼrsatuvchi kompaniyaga tashrif buyuradi. Oʼz navbatida, kompaniya oʼz mablagʼlari hisobiga traktorni xarid qiladi va uni mijozga maʼlum miqdordagi toʼlov evaziga muddatli foydalanish uchun topshiradi. Belgilangan ijara muddati yakunlanganidan soʼng esa traktorga egalik qilish huquqi bevosita mijozning nomiga oʼtadi.
Lizingda bitim predmetini mijoz tanlaydi. U sotuvchini tanlaydi. Xaridni esa lizing kompaniyasi amalga oshiradi va sotib olingan tovarni mijozga vaqtinchalik foydalanishi uchun kelishilgan muddatga beradi. Belgilangan summa toʼlangandan keyin, ijaradagi mulk mijozning tasarrufiga oʼtadi.

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish