Tabiiy ishsizlik yoki toʼla ish bilan bandlik deb, ish qidirayotganlar bilan boʼsh ish joylari teng boʼlgandagi holga aytiladi. Ishsizlikning tabiiy holati maʼlum darajada ijobiy koʼrinishga ega. Аgar ish izlovchilarning soni mavjud boʼsh ish oʼrinlaridan oshib ketsa, demak mehnat bozori muvozanatlashmagan boʼladi, bunda jami talabning taqchilligi va davriy ishsizlikning kelib chiqqanligi kuzatiladi. Boshqa bir tomondan ortiqcha jami talabda ishchi kuchi «yetishmovchiligi» kelib chiqadi, yangi boʼsh ish joylari miqdori ish qidirayotgan ishchilar miqdoridan oshib ketadi. Bunday paytda ishsizlikning haqiqiy darajasi, uning tabiiy darajasidan past boʼladi.
Ishsizlik darajasini nolga tushirib boʼlmaydi. Uni faqat mehnat bozori belgilagan tabiiy darajagacha pasaytirish mumkin.
Ishsizlik tabiiy darajasining ikki jihatini yaqqol koʼrishimiz mumkin. Birin- chidan, «ishsizlikning tabiiy darajasi» iqtisodiyotni ishlab chiqarish salohiyatidan toʼla foydalanayotganligini koʼrsatadi.
Аmalda ishsizlik darajasi «ishsizlikning tabiiy darajasi» dan koʼproq boʼladi.
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Qoraqalpogʼiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ishbilarmonlik muhitining holati va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish darajasi indikatorlarini har chorakda baholash tizimini tasdiqlash toʼgʼrisida»gi 117-sonli qaroriga asosan quyidagilar aniqlanadi:
aholi bandligiga koʼmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazla- riga ish qidirib murojaat qilgan shaxslarni ishga joylashtirish darajasi;
ishsizlik darajasi;
salbiy daraja (10% dan yuqori);
oʼrtacha daraja (6% dan 10% gacha);
moʼtadil daraja (3% dan 6% gacha);
past daraja ( 3% dan kam).
Siklik ishsizlik – iqtisodiyssiklning inqiroz fazasi bilan bog‘liq bo‘lib, u ishlab chiqarishning pasayishi va yalpi talabning qisqarishi natijasida vujudga keladi. Bunda o‘z tovar va xizmatlariga nisbatan talabning qisqarishiga duch kelgan tadbirkorlar ishlab chiqarish hajmini kamaytirish maqsadida ishchilarni ishdan bo‘shata boshlaydilar.ssiklik ishsizlik haqiqiy darajadagi ishsizlikning tabiiy darajadan farqlanishini ko‘rsatadi. Ishsizlikning bu turi majburiy ishsizlik hisoblanadi vassiklning yuksalish fazasida mavjud bo‘lmaydi.
Institutsional ishsizlik ishchi kuchi bozori infratuzilmasi, ya’ni ishchi kuchini ish bilan ta’minlashga xizmat ko‘rsatuvchi muassasalarning etarli darajada rivojlanmaganligi yoki samarali faoliyat ko‘rsatmasligi natijasida paydo bo‘ladi. Uni ham tabiiy ishsizlik tarkibiga kiritish mumkin.