Банкларда молиявий ҳисоб


Тижорат банкларида касса ишларини ташкил этиш тартиби (касса мудири, кирим ва чиқим касса ҳужжатлари, амалиёт кассаси, сайёр кассалар)



Download 138,06 Kb.
bet31/56
Sana26.02.2022
Hajmi138,06 Kb.
#468026
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   56
Bog'liq
ЯН саволлари - Abdijabbar Nurmukhammedov

46.Тижорат банкларида касса ишларини ташкил этиш тартиби (касса мудири, кирим ва чиқим касса ҳужжатлари, амалиёт кассаси, сайёр кассалар).
Bankda naqd pullar va boshqa qimmatliklar bilan kassa operatsiyalarini bajarish, bank kassasidagi naqd pul va boshqa qimmatliklarni but saqlash hamda ularni tashish, bank kassa tarmog‘ini hamda bank binosi va binodan tashqarida kassalarni qurish, jihozlash va qo‘riqlash ishlarini mazkur Yo‘riqnoma hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etilishi lozim.Bosh bank tomonidan bir yilda kamida bir marotaba o‘z tasarrufidagi bank filiallarida kassa ishini tashkil etilishi va kassa operatsiyalarini bajarishda mazkur Yo‘riqnoma talablariga rioya etilishi tekshirilishi lozim.Bosh bank xodimlari tekshirish natijasida bank filialida aniqlangan xato va kamchiliklarni ushbu Yo‘riqnoma talablariga asosan bartaraf etish yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatishlari shart.Bank o‘z mijozlariga kassa xizmatini ko‘rsatish uchun alohida ajratilgan kassa tarmog‘iga hamda kassa xodimlariga ega bo‘lishi lozim.Naqd pul va boshqa qimmatliklarning but saqlanishi uchun javobgar bo‘lgan hamda kassa operatsiyalarini bajaruvchi barcha xodimlar bilan (shu jumladan, kechki kassaning buxgalter-nazoratchisi bilan ham) moddiy javobgarlik to‘g‘risida shartnoma tuziladi.Bank kassirlari o‘rab-bog‘lagan naqd pul va boshqa qimmatliklarning bog‘lamlari (dastalari) bank kassirlari yoki mijozlar tomonidan (kassa xodimlari kuzatuvi ostida) qayta sanalganida kamomad (to‘lovga yaroqsiz, qalbaki pullar va qimmatliklar) aniqlansa, aniqlangan kamomad summasi uchun ushbu bog‘lamni (dastani) shakllantirgan kassir qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda moddiy javobgar hisoblanadi.Bankning kassa tarmog‘i, tashkil etiladigan kassalar Banklar va ularning filiallari binolarida kassa tarmoqlarini tuzilishiga qo‘yiladigan texnik talablarga (ro‘yxat raqami 2816, 2016-yil 26-iyul) to‘liq rioya etilgan holda qurilishi hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda jihozlangan bo‘lishi shart.Bank tomonidan mijozlarga kassa xizmatlarini ko‘rsatish uchun bank (filial) binosida va binodan tashqarida tashkil etilgan barcha turdagi kassalarni qurilishi, zaruriy asbob-uskunalar bilan jihozlanishi, kassa uzelining tayyorligi va dasturiy-texnik vositalar bilan jihozlanganligi bo‘yicha Bosh bank mutaxassislari tomonidan berilgan ijobiy xulosa asos bo‘lib hisoblanadi. Bank rahbari, bosh buxgalteri va kassa mudiri kassa ishini to‘g‘ri tashkil etish, naqd pullar va boshqa qimmatliklar but saqlanishini ta’minlash hamda mijozlarga ushbu Yo‘riqnoma talablari asosida kassa xizmatlari ko‘rsatilishi uchun mas’uldirlar.Bank tomonidan mijozlarga kassa xizmatini ko‘rsatish bank va mijoz o‘rtasida tuzilgan shartnomaga asosan mazkur Yo‘riqnomada belgilangan tartibda amalga oshiriladi.Bank kassa mudiri tomonidan mijozlarga kassa xizmatini ko‘rsatish maqsadida milliy va xorijiy valyutalarda kirim yoki chiqim kassa operatsiyalarini bajarilishi taqiqlanadi. Bankda kassa operatsiyalarini bajarish va mijozlarga kassa xizmatini ko‘rsatish uchun aylanma kassa va chakana amaliyotlar kassalari tashkil etiladi. Aylanma kassa bank binosida tashkil etilib, bank mijozi bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga kassa xizmatlarini ko‘rsatadi hamda unga tegishli bo‘lgan barcha banknot va tangalar hisobi 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar” hisobvarag‘ida yuritiladi. Bank aylanma kassasi orqali xo‘jalik yurituvchi subyektlarga kassa xizmatlarini ko‘rsatishda, buxgalteriya bo‘limi xodimlarini chetlab o‘tgan holda kassir tomonidan kassa hujjatlarining ijro uchun qabul qilinishi taqiqlanadi.Bank tomonidan jismoniy shaxslarga ko‘rsatilayotgan chakana kassa xizmatlari turi hamda kassa operatsiyalarining hajmidan kelib chiqqan holda, Bosh bank ruxsati bilan aholidan omonatlarni qabul qilish, qaytarish va ularga hisoblangan foizlarni to‘lash, kommunal, soliq va boshqa bir martalik to‘lovlarni qabul qilish, shuningdek valyuta ayirboshlash xizmatlarini ko‘rsatish uchun (milliy va xorijiy valyutalarda alohida yoki birlashtirilgan holda) chakana amaliyotlar kassalari tashkil etilishi mumkin.Chakana amaliyotlar kassalarini bank binosida va binodan tashqarida tashkil etilishi mumkin.Mijozlarga kassa xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida bank (filial) binosidan tashqarida mini bank kassasi, bank xizmatlari ofisi kassasi va maxsus kassalar ham tashkil etilishi mumkin.
Bank binosida va bank binosidan tashqarida tashkil etilgan chakana amaliyotlar kassalarida kassa operatsiyalari bilan birgalikda valyuta ayirboshlash operatsiyalari ham amalga oshirilgan taqdirda, ulardagi naqd pul va qimmatliklar hisobi bankning hisob siyosatiga muvofiq yuritiladi.

Download 138,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish