Банкларда молиявий ҳисоб


Инкассо топшириқномалари билан ҳисоб-китоблар ва уларнинг ҳисоби (солиқ ва бошқа мажбурий тўловлар, давлат солиқ органлари, божхона органлари, 2-картотека)



Download 138,06 Kb.
bet27/56
Sana26.02.2022
Hajmi138,06 Kb.
#468026
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   56
Bog'liq
ЯН саволлари - Abdijabbar Nurmukhammedov

41.Инкассо топшириқномалари билан ҳисоб-китоблар ва уларнинг ҳисоби (солиқ ва бошқа мажбурий тўловлар, давлат солиқ органлари, божхона органлари, 2-картотека).
Inkasso topshiriqnomasi unda ko‘rsatilgan mablag‘larni to‘lovchining banki hisobvarag‘idan so‘zsiz ravishda hisobdan chiqarish bo‘yicha mablag‘larni oluvchining topshirig‘i nazarda tutilgan to‘lov hujjati.Inkasso topshiriqnomasi mablag‘larni to‘lovchining faqat asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘iga taqdim etilishi mumkin, bundan chet el valyutasidagi bank hisobvaraqlariga taqdim etiladigan inkasso topshiriqnomasi mustasno.
Quyidagilar inkasso topshiriqnomalarini taqdim etish huquqiga ega:
a) davlat soliq xizmati organlari — o‘z muddatida to‘lanmagan budjet tizimiga o‘tkaziladigan soliqlar va yig‘imlarni undirish to‘g‘risida;
b) bojxona organlari — o‘z muddatida to‘lanmagan bojxona to‘lovlarini undirish to‘g‘risida;
v) davlat ijrochilari va undiruvchilar ijro hujjatlari bo‘yicha pul mablag‘larini undirish to‘g‘risida;
g) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi — O‘zbekiston Respublikasining berilgan davlat kafolatlari bilan amalga oshirilgan to‘lovlar va ular bilan bog‘liq xarajatlar summasini qarz oluvchidan undirish hamda budjet ssudasi yoki kredit liniyasi, shu jumladan foizlarni qaytarish to‘g‘risida;
d) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (bundan buyon matnda Jamg‘arma deb yuritiladi) — Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan tijorat agentlariga (“O‘zpaxtasanoat” AJ, “O‘zdonmahsulot” AJ, “O‘zagrolizing” AJ, “O‘zmashlizing” MChJ) ajratilgan maqsadli mablag‘larni qaytarish bo‘yicha majburiyatlar tijorat agentlari tomonidan bajarilmagan taqdirda, ularning bank hisobvaraqlariga.
“Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasida nazarda tutilgan hujjatlar ijro hujjatlari hisoblanadi. Inkasso topshiriqnomasi ijro hujjatlari asosida taqdim etilganda, unga ijro hujjatining asl nusxasi, agar asl nusxasi yo‘qolgan bo‘lsa — dublikati ilova qilinadi, bundan elektron shaklda taqdim etilgan holatlar mustasno.Mablag‘larni ijro hujjatlarining nusxalari asosida hisobdan chiqarish taqiqlanadi.Ijro hujjatlari asosida taqdim etilgan inkasso topshiriqnomasining “To‘lov maqsadi” grafasida ijro hujjatining nomi, tartib raqami va sanasi ko‘rsatiladi.Inkasso topshiriqnomalarining to‘g‘ri taqdim etilishi bo‘yicha javobgarlik inkasso topshiriqnomasini taqdim etgan organlar zimmasiga yuklatiladi. Inkasso topshiriqnomalari bo‘yicha to‘lovlarni mablag‘larni to‘lovchilarning hisobvaraqlaridan so‘zsiz ravishda hisobdan chiqarishga oid e’tirozlar bank tomonidan ko‘rib chiqilmaydi. Inkasso topshiriqnomalari bo‘yicha mablag‘larni undirib olishni to‘xtatib qo‘yish yoki chaqirib olish inkasso topshiriqnomasini taqdim etgan organ tomonidan yoki undiruvchining arizasiga ko‘ra yoxud sud qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.Inkasso topshiriqnomasi sud qaroriga asosan yoki to‘lovchi tugatilganligini tasdiqlovchi ma’lumot mavjud hollarda bekor qilinishi mumkin. Inkasso topshiriqnomasi mablag‘larni to‘lovchi yoki oluvchining bankiga qog‘oz va elektron shaklda taqdim etilishi mumkin.
42.Хўжалик юритувчи субъектлар банк ҳисобварақларидан маблағларни ҳисобдан чиқариш тартиби (навбатдан ташқари, солиқлар, инкассо топшириқномаси, тўлов талабномаси, суд ижро варақаси).
Tugatilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektning tugatish hisobvaraqlariga;
-qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda xatlangan hisobvaraqlarga hamda sud, davlat ijrochilari yoki boshqa vakolatli organlar tomonidan foydalanishga oid cheklovlar o‘rnatilgan hisobvaraqlarga yoki ushbu hisobvaraqlar bo‘yicha xatlangan pul mablag‘lariga;
-budjet mablag‘larini oluvchilarning kreditorlik qarzlarini to‘lash uchun ularning hisobvaraqlariga mablag‘ ajratish rejalari doirasida moliya va soliq organlari tomonidan ishlab chiqilgan hamda Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlangan sxemalarda ko‘rsatilgan hisobvaraqlarga;
-xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ushbu Yo‘riqnomaning 1-ilovasida keltirilgan hisobvaraqlariga nisbatan qo‘llanilmaydi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘ida (keyingi o‘rinlarda asosiy hisobvaraq deb yuritiladi) yetarli miqdorda pul mablag‘lari bo‘lganda, mablag‘larni hisobdan chiqarish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda mijozning farmoyishiga va boshqa pul-hisob-kitob hujjatlarining kelib tushishi tartibida amalga oshiriladi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy hisobvarag‘ida mablag‘ unga qo‘yilgan talablarni qondirish uchun yetarli bo‘lmagan holda, pul-hisob-kitob hujjatlari 2-son kartotekaga kirim qilinadi. 2-son kartoteka xo‘jalik yurituvchi subyektning faqat asosiy hisobvarag‘i ochilgan bankda shakllantiriladi.Xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy hisobvarag‘iga davlat ijrochilari tomonidan soliq qarzi bo‘yicha inkasso topshiriqnomalari qo‘yilgan taqdirda, shu qarzdorlik miqdorida oldin davlat soliq xizmati organlari tomonidan qo‘yilgan inkasso topshiriqnomalari ijrosiz qoldiriladi. Davlat ijrochilari tomonidan banklarga davlat soliq xizmati organlarining ijrosiz qoldiriladigan inkasso topshiriqnomalari raqami, sanasi, summasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar taqdim qilinadi.Banklar shu kunning o‘zida davlat soliq xizmati organlariga ijrosiz qoldiriladigan inkasso topshiriqnomalari to‘g‘risida elektron xabar beradi. Davlat soliq xizmati organlari shu kunning o‘zida ushbu xabarnoma asosida ijrosiz qoldiriladigan inkasso topshiriqnomalarini banklardan chaqirib oladi.Banklar tomonidan davlat ijrochilarining inkasso topshiriqnomalarining to‘lanmagan summasi ijroga qabul qilinadi. Ijroga qabul qilingan inkasso topshiriqnomalarining davlat ijrochilariga qaytariladigan nusxasining orqa tomoniga qabul qilingan summa ko‘rsatilib, bank mas’ul ijrochi xodimi tomonidan imzo chekilib, shtamp bosiladi.Xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy hisobvarag‘idagi mablag‘lar unga qo‘yilgan talablarni qondirish uchun yetarli bo‘lmaganda, asosiy hisobvaraqqa xizmat ko‘rsatuvchi bank 2-son kartoteka paydo bo‘lganligi to‘g‘risida 3-so‘rovnomaning “taqiq” faylini “2” belgisi bilan shakllantirib, Bank depozitorlari milliy axborotlar bazasiga dasturiy ravishda yuboradi. Ushbu ma’lumotlar Bank depozitorlari milliy axborotlar bazasi orqali barcha boshqa hisobvaraqlar ochgan banklarga uzatiladi.Mazkur ma’lumotlar Bank depozitorlarining milliy axborotlar bazasi orqali Davlat soliq qo‘mitasiga axborot tariqasida uzatilib boriladi.Hisobvaraq ochgan banklar ushbu ma’lumotnomani amaliyot kuni davomida olganda, shu amaliyot kunidan kechikmagan holda, ma’lumotnomani amaliyot kunidan keyin olganda esa keyingi amaliyot kunida mazkur mijozning asosiy hisobvarag‘iga qo‘yilgan talablarni qondirish uchun xo‘jalik yurituvchi subyektning boshqa hisobvaraqlaridagi pul mablag‘larini uning asosiy hisobvarag‘iga memorial order asosida o‘tkazib berishlari shart.
Xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy hisobvarag‘ida 2-son kartoteka paydo bo‘lgandan so‘ng, uning boshqa barcha ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari ochilgan banklar tomonidan pul-hisob-kitob hujjatlarini qabul qilish va asosiy hisobvarag‘iga bo‘lgan to‘lovlardan tashqari boshqa to‘lovlarni amalga oshirish taqiqlanadi.Xo‘jalik yurituvchi subyektning boshqa hisobvarag‘idan to‘lovlar asosiy hisobvarag‘i ochilgan bankdan uning 2-son kartotekasi mavjud emasligi to‘g‘risidagi fayl ma’lumot dasturiy ravishda olingandan so‘ng amalga oshiriladi. Xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy hisobvarag‘i ochilgan bankda 2-son kartoteka mavjud bo‘lgan hollarda to‘lovlar quyidagi navbatda amalga oshiriladi:
a) navbatdan tashqari, hisobvaraq egasining arizasiga ko‘ra bevosita ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish) faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan kechiktirib bo‘lmaydigan ehtiyojlari uchun to‘lovlar o‘tgan oy davomida uning faqat asosiy hisobvarag‘iga kelib tushgan jami tushumlarning 5 foizi miqdorigacha, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan ro‘yxatga asosan o‘ta muhim obyektlarni qo‘riqlovchi bo‘linmalar xizmatidan foydalanuvchi hisobvaraq egalari uchun esa 6 foiz miqdorigacha amalga oshiriladi.
2-son kartoteka paydo bo‘lganda, hisobvaraq egasi tomonidan ariza kechiktirib bo‘lmaydigan ehtiyojlar miqdoriga bog‘liq hisob-kitob bilan birga shu oyning keyingi dekadasi birinchi sanasiga, joriy oyning uchinchi dekadasi va keyinchalik esa keyingi oyning uchinchi sanasigacha bankka taqdim qilinadi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining o‘ziga xosligidan kelib chiqqan holda, bevosita ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish) bilan bog‘liq bo‘lgan, o‘ta muhim obyektlarni qo‘riqlovchi bo‘linmalar xizmati bo‘yicha xarajatlarni ham hisobga olgan holda zaruriy xarajatlar ro‘yxatini aniqlaydi. Hisobvaraq egasi kechiktirib bo‘lmaydigan ehtiyojlar uchun mablag‘lar hisob-kitobini va arizani bankka taqdim etgan kunning ertasidan boshlab joriy oy davomida ushbu to‘lovlarni to‘liq yoki bo‘lib-bo‘lib amalga oshirishi mumkin. Kechiktirib bo‘lmaydigan ehtiyojlar uchun mablag‘lar limitining ishlatilmagan qismi joriy oyning oxirgi kunigacha ishlatilishi mumkin va keyingi oyga ishlatish uchun o‘tkazilmaydi.
Kechiktirib bo‘lmaydigan ehtiyojlar uchun to‘lovlar hisobvaraq egasining to‘lov topshiriqnomalari bo‘yicha amalga oshiriladi. Bunda to‘lov topshiriqnomalarining “to‘lov maqsadi” grafasida “kechiktirib bo‘lmaydigan ehtiyojlar summasi hisobiga”, deb yozilgan bo‘lishi shart.Banklar kechiktirib bo‘lmaydigan ehtiyojlar uchun sarflanadigan mablag‘lar limitining to‘g‘ri hisoblanganligi (aniqlashini) va unga rioya qilinishini nazorat qiladi.Kechiktirib bo‘lmaydigan ehtiyojlar uchun sarflanadigan mablag‘lar limiti noto‘g‘ri hisoblanganligi aniqlangan taqdirda, ular bo‘yicha taqdim etilgan ariza va to‘lov hujjatlari bank tomonidan ijro uchun qabul qilinmaydi;
b) birinchi navbatda, mutanosib ravishda budjetga, budjetdan tashqari fondlarga to‘lovlarni hamda ish haqi to‘lash uchun pul mablag‘lari berilishini nazarda tutuvchi to‘lov (ijrochi) hujjatlari bo‘yicha, alimentlarni undirishga doir talablarni qondirish uchun hisobvarag‘idan pul mablag‘larini o‘tkazish yoki pulni berishni nazarda tutuvchi ijrochi hujjatlar bo‘yicha, mualliflik shartnomalariga binoan mukofotlarni to‘lash bo‘yicha, shuningdek hayoti va salomatligiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash bo‘yicha, budjetga to‘lovlar bo‘yicha hamda mehnatga oid va unga tenglashtirilgan huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan to‘lovlar bo‘yicha xo‘jalik subyektlarining majburiyatlari teng darajada bajarilishini ta’minlovchi ijrochi hujjatlar bo‘yicha pul o‘chiriladi;
v) ikkinchi navbatda, navbatdan tashqari va birinchi navbatdagi to‘lovlar amalga oshirilgandan keyin asosiy hisobvaraqdan quyidagi majburiyatlarning kalendar navbati tartibida bajarilishi ta’minlanadi:mazkur bandning “b” kichik bandida nazarda tutilmagan boshqa ijro hujjatlari bo‘yicha inkasso topshiriqnomalari yuzasidan to‘lovlar;banklar tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga Hukumat kafolati ostida berilgan muddatli va muddatida qaytarilmagan kreditlarni (ularning foizlarini ham) qaytarish uchun qo‘yilgan mijozning talabnomalari bo‘yicha to‘lovlar;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan berilgan budjet ssudasi, kredit liniyasi va ular bo‘yicha hisoblangan foizlar;
O‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi resurslari hisobidan berilgan kreditlar bo‘yicha qarzlar va ular bo‘yicha to‘lovlar;
(5-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2019-yil 23-dekabrdagi 321-V-10, 115 va 2019-63-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2342-10, 17.01.2020-y.) asosan to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2020-y., 10/20/2342-10/0064-son)
g) uchinchi navbatda, ushbu xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy hisobvarag‘iga qo‘yilgan boshqa pul talablari yuzasidan to‘lovlarni amalga oshirish bo‘yicha to‘lov hujjatlarining kelib tushish sanasiga qarab kalendar navbatida hisobdan chiqariladi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektning milliy valyutadagi hisobvaraqlaridagi mablag‘lar qo‘yilgan talablarni qondirish uchun yetarli bo‘lmasa, xizmat ko‘rsatuvchi bank davlat soliq xizmati organlarining taqdimnomasi asosida mazkur xo‘jalik yurituvchi subyektning chet el valyutasidagi hisobvarag‘ida mavjud bo‘lgan mablag‘ning ushbu talablarni qondirish uchun yetarli bo‘lgan miqdoridagi qismini keyingi ish kunidan kechikmagan holda Respublika valyuta birjasiga sotish uchun buyurtmanoma kiritadi. Xizmat ko‘rsatuvchi bank tomonidan chet el valyutasini sotishdan olingan mablag‘lar xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy hisobvarag‘iga kirim qilinadi va ushbu Yo‘riqnomada belgilangan tartibda mazkur hisobvaraqqa taqdim etilgan talablarni qondirish uchun yo‘naltiriladi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning “20400 — Jamg‘arma depozitlar”, “20600 — Muddatli depozitlar” hisobvaraqlaridagi mablag‘lar, shuningdek “22602 — Mijozlarning akkreditivlari bo‘yicha depozitlari” va “22606 — Mijozlarning import bilan bog‘liq tratta va/yoki trast hujjatlari bilan kafolatlangan akkreditivlar bo‘yicha depozitlari” hisobvaraqlaridagi mablag‘lar qoldiqlari ushbu Yo‘riqnomaning 5-bandida ko‘rsatib o‘tilgan talablarni qondirish uchun depozit va akkreditiv shartnomalarida ko‘rsatilgan muddat tugagandan keyin banklar tomonidan tegishli hisobvaraqqa kirim qilinadi.Asosiy hisobvaraqda unga qo‘yilgan talablarni qondirish uchun mablag‘lar yetarli bo‘lmagan holda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning “20400 — Jamg‘arma depozitlar”, “20600 — Muddatli depozitlar”, “22602 — Mijozlarning akkreditivlari bo‘yicha depozitlari” va “22606 — Mijozlarning import bilan bog‘liq tratta va/yoki trast hujjatlari bilan kafolatlangan akkreditivlar bo‘yicha depozitlari” hisobvaraqlari bo‘yicha shartnomalar muddatini uzaytirish hamda yangi shartnomalar tuzish taqiqlanadi

Download 138,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish