Банкларда молиявий ҳисоб


Аккредитивлар билан ҳисоб-китоблар ва уларнинг ҳисоби (аккредитивга ариза, кредит, 22602, бажарувчи банк, аккредитив шартлари, тасдиқловчи ҳужжатлар)



Download 138,06 Kb.
bet28/56
Sana26.02.2022
Hajmi138,06 Kb.
#468026
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   56
Bog'liq
ЯН саволлари - Abdijabbar Nurmukhammedov

43.Аккредитивлар билан ҳисоб-китоблар ва уларнинг ҳисоби (аккредитивга ариза, кредит, 22602, бажарувчи банк, аккредитив шартлари, тасдиқловчи ҳужжатлар).
Akkreditivga ariza mablag‘larni to‘lovchi tomonidan shartnomada ko‘rsatilgan summani oluvchining akkreditiv bo‘yicha hisob-kitoblar uchun ochilgan bank hisobvarag‘iga o‘tkazishida qo‘llaniladigan to‘lov hujjati.Akkreditiv bo‘yicha hisob-kitob qilinganida to‘lovchining topshirig‘i bilan va uning ko‘rsatmalariga muvofiq akkreditiv ochgan bank (bank-emitent), mablag‘larni oluvchi yoki u ko‘rsatgan shaxs hujjatlarni taqdim etgan va akkreditivda nazarda tutilgan boshqa shartlarni bajargan taqdirda to‘lovni amalga oshirish majburiyatini oladi.Akkreditiv bo‘yicha xalqaro hisob-kitoblarda chet el banklari ishtirok etganda, ushbu operatsiyalar Xalqaro savdo palatasining standartlari asosida amalga oshiriladi. Akkreditivning amal qilish muddati va u bo‘yicha hisob-kitob qilish tartibi mablag‘larni to‘lovchi va oluvchi o‘rtasidagi shartnomada belgilab qo‘yiladi.
Bunda shartnoma quyidagilarni o‘z ichiga olishi shart:
mablag‘larni to‘lovchining banki nomi;
akkreditivning turi va uni bajarish usuli;
akkreditiv ochilganligi haqida mablag‘larni oluvchini xabardor qilish usuli;
akkreditiv bo‘yicha mablag‘lar olish uchun mablag‘larni oluvchi tomonidan taqdim etiladigan hujjatlarning to‘liq ro‘yxati va aniq tavsifi;
tovarlar jo‘natilganidan (xizmatlar ko‘rsatilganidan, ishlar bajarilganidan) keyin hujjatlarni taqdim etish muddatlari, ularni rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablar.Mazkur bandda nazarda tutilgan talablarga rioya qilinmaganda akkreditiv bo‘yicha shartnoma tuzilmaydi va akkreditiv ochilmaydi. Akkreditiv qoplangan (deponentlangan) va qoplanmagan bo‘lishi mumkin.Qoplangan (deponentlangan) akkreditiv ochilgan taqdirda mablag‘larni to‘lovchining banki uni ochish vaqtida mijozning mablag‘larini yoki unga berilgan kreditni to‘lovchining banki majburiyatlari amal qilib turadigan butun muddatga mablag‘larni oluvchining banki ixtiyoriga o‘tkazadi.
Qoplanmagan akkreditiv ochilgan taqdirda mablag‘larni to‘lovchining banki mablag‘larni oluvchining bankiga akkreditivning butun summasini to‘lovchining bankiga mablag‘larni oluvchining bankida yuritilayotgan hisobvarag‘idan o‘chirish huquqini beradi.
Akkreditivlar banklar tomonidan 1-son kartotekada va “Mijozlarning akkreditivlar bo‘yicha depozitlari” 22602 balans hisobvarag‘ida hisobga olinadi. Mablag‘larni oluvchi uchun unga xizmat ko‘rsatuvchi bankda akkreditivlar bo‘yicha alohida depozit hisobvaraqlari ochiladi.
Qoplangan va qoplanmagan akkreditivlar o‘zgartirish kiritish tartibiga ko‘ra chaqirib olinadigan va chaqirib olinmaydigan turlarga bo‘linadi. Akkreditivda uning chaqirib olinmasligi nazarda tutilmagan bo‘lsa, bunday akkreditiv chaqirib olinadigan akkreditiv hisoblanadi.Chaqirib olinadigan akkreditiv mablag‘larni to‘lovchining banki tomonidan mablag‘larni oluvchi bilan oldindan kelishilmasdan o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Akkreditivning chaqirib olinishi to‘lovchining banki uchun hech qanday majburiyatni vujudga keltirmaydi.Chaqirib olinadigan akkreditiv shartlarini o‘zgartirish yoki bekor qilish bo‘yicha mablag‘larni to‘lovchining topshiriqlari mablag‘larni to‘lovchining banki orqali beriladi va mablag‘larni to‘lovchining banki tomonidan mablag‘larni oluvchining bankiga, oluvchining banki tomonidan esa mablag‘larni oluvchiga xabar beriladi.Mablag‘larni oluvchining banki akkreditivni o‘zgartirish yoki bekor qilish bo‘yicha xabarnoma olmagan taqdirda, chaqirib olinadigan akkreditiv bo‘yicha barcha operatsiyalarni amalga oshirishga majbur.Chaqirib olinmaydigan akkreditiv mablag‘larni oluvchining roziligisiz o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin emas.Mablag‘larni oluvchining banki chaqirib olinmaydigan akkreditivni mablag‘larni to‘lovchining banki bilan tuzilgan shartnoma asosida tasdiqlashi mumkin. Bunda chaqirib olinmaydigan akkreditiv tasdiqlangan akkreditiv hisoblanadi. Tasdiqlangan akkreditivlarda mablag‘larni oluvchining banki to‘lovni amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha majburiyatlar oladi. Tasdiqlangan akkreditiv mablag‘larni oluvchining banki roziligisiz o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin emas. Akkreditivlar bo‘yicha hisob-kitoblar, agar qonunchilik hujjatlarida boshqacha tartib belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa, naqd pulsiz tartibda amalga oshiriladi.

Download 138,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish