Банкларда молиявий ҳисоб


Банк биносида жойлашмаган амалиёт (операцион) кассаларга нақд пул берилишини расмийлаштириш ва ҳисобга олиш (йўлдаги нақд пуллар, минибанк, 10111,айланма касса)



Download 138,06 Kb.
bet35/56
Sana26.02.2022
Hajmi138,06 Kb.
#468026
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   56
Bog'liq
ЯН саволлари - Abdijabbar Nurmukhammedov

50.Банк биносида жойлашмаган амалиёт (операцион) кассаларга нақд пул берилишини расмийлаштириш ва ҳисобга олиш (йўлдаги нақд пуллар, минибанк, 10111,айланма касса).
Hozirgi kunda bank mijozlari bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxs-larga xizmat ko‘rsatishni yaxshilash uchun va ularga qulaylik yaratish maqsadida ko‘plab minibanklar tashkil etilmoqda. Mijozlarni ular so‘ra-gan miqdorda naqd pul bilan ta’minlash uchun har bir bank binosida va binosidan tashqarida joylashgan minibankiga talab qilingan madad pulini o‘z vaqtida va so‘ralgan miqdorda yetkazib berishi lozim.
Bank 10101 – «Aylanma kassadagi naqd pullar» hisobvarag‘idan bank binosidan tashqarida joylashtirilgan shoxobchalariga (10111 – «Bank binosida joylashmagan amaliyot kassalardagi naqd pullar») madad pulini jo‘natganda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasini amalga oshiradilar:
Debet :10109
Kredit: 10101
51.Кечки кассалар ва тушумларни инкассация қилиш тартиби (кирим касса ҳужжатлари, кассир, назоратчи-бухгалтер, инкассаторлик қоплари, амалиёт куни).
Bank ish kuni yakunlanganidan so‘ng, inkassatorlar guruhidan naqd pul va boshqa qimmatliklar solingan yoki bo‘sh inkassatsiya sumkalarini (qoplarini) qabul qilib olish hamda ish kuni uzaytirilgan kassalarda ish yakunlangach, ulardagi naqd pul va boshqa qimmatliklar qoldig‘ini qabul qilib olish, shuningdek, dam olish va bayram kunlari ishlaydigan kassalarga madad pullarini berish maqsadida bankda kechki kassa tashkil etiladi. Bankning kechki kassasiga inkassatsiya sumkalarini (qoplarini) qabul qilish, buxgalteriya xodimlaridan tayinlangan buxgalter-nazoratchining nazorati ostida kechki kassa kassiri tomonidan amalga oshiriladi. Bankning kechki kassasi orqali chiqim kassa operatsiyalarini bajarilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Kechki kassaning buxgalter-nazoratchisiga qayta sanash kassasida ishlash, shuningdek qayta sanash kassasining nazoratchisiga kechki kassa xodimlarining vazifalarini bajarish taqiqlanadi.Bankning kechki kassasi xodimlariga yo‘nalish bo‘yicha yig‘ilgan inkassatsiya sumkalarini (qoplarini) topshirish, inkassatorlar guruhi boshlig‘ining kuzatuvi ostida, yig‘uvchi inkassator tomonidan amalga oshiriladi.Inkassatorlar guruhi avtomashinasida bir nechta bankka topshirilishi lozim bo‘lgan naqd pul tushumlari solingan inkassatsiya sumkalari (qoplari) mavjud bo‘lsa, bir bankka tegishli bo‘lgan sumkalarni (qoplarni) topshirish jarayonida, haydovchi inkassator avtomashinada qolib, boshqa bankka topshirilishi lozim bo‘lgan sumkalarni (qoplarni) qo‘riqlab turishi kerak.Inkassatorlar guruhi yig‘ib kelingan inkassatsiya sumkalarini (qoplarini) bankning kechki kassasi xodimlariga topshirishdan avval, kechki kassaning buxgalter-nazoratchisiga:
-yo‘nalishdagi har bir mijoz bo‘yicha inkassatorlar guruhiga berilgan mazkur Yo‘riqnomaning 13-ilovasiga muvofiq shakldagi tashrif varaqasini;
-mijozlarning har bir pullik inkassatsiya sumka (qopi) bo‘yicha mazkur Yo‘riqnomaning 14b-ilovasiga muvofiq naqd pul tushumlari solingan inkassatsiya sumkasi (qopi) yuk xatini;
-mazkur Yo‘riqnomaning 15-ilovasiga muvofiq shakldagi inkassatorlar guruhiga berilgan bo‘sh sumkalar (qoplar) va tashrif varaqalarining soni to‘g‘risidagi ma’lumotnomani taqdim etishi lozim.
Kechki kassaning buxgalter-nazoratchisi inkassatorlar guruhidan qabul qilib olgan yuk xatlari va tashrif varaqalaridagi yozuvlarni bir-biriga mos kelishini tekshirib ko‘rishi shart. Shundan so‘ng, buxgalter-nazoratchi mazkur Yo‘riqnomaning 16-ilovasiga muvofiq bank kassasiga qabul qilingan tushum pullari solingan va bo‘sh inkassatsiya sumkalarini (qoplarini) qayd etish jurnalini ikki nusxada to‘ldirib, unga:
-mijozlarga biriktirilgan sumka (qop) raqamlari va unga solingan naqd pul summalarini;
-bo‘sh sumkalar (qoplar) raqamlarini;
-mijozlar qo‘shimcha ravishda topshirilgan (naqd pul tushumlari solingan) inkassatsiya sumkalari (qoplari) bo‘yicha ma’lumotlarni kiritadi.
Inkassatorlar guruhidan sumkalarni (qoplarni) qabul qilish vaqtida tashrif varaqasidagi yozuvga izohlarsiz tuzatishlar kiritilganligi, shuningdek tashrif varaqasidagi yozuvlar bilan yuk xatidagi yozuvlarni o‘zaro mos kelmasligi va boshqa kamchiliklar aniqlangan taqdirda tegishli sumka (qop) raqami yoki mijozlar tomonidan qo‘shimcha ravishda pullik sumkalar (qoplar) topshirilganda ularning raqamlarini buxgalter-nazoratchi mazkur Yo‘riqnomaning 16-ilovasida keltirilgan jurnal shaklining “Izohlar” ustunidagi tegishli katakchasida qayd etilishi lozim.Bank kechki kassasiga yig‘ib kelingan inkassatsiya sumkalari (qoplari) to‘liq topshirilayotganligini nazorat qilish uchun buxgalter-nazoratchi jurnalga kiritilgan naqd pul tushumlari umumiy summasini hamda tashrif varaqalarida qayd etilgan tushum summalari yig‘indisini o‘zaro taqqoslab ko‘rishi lozim.Kechki kassaning buxgalter-nazoratchisi inkassatorlar guruhi tomonidan kechki kassaga topshirilayotgan sumkalar (qoplar) sonini inkassatorlar guruhiga berilgan bo‘sh sumkalar (qoplar) va tashrif varaqalarining soni to‘g‘risidagi ma’lumotnomada ko‘rsatilgan raqamlarga mos kelishini tekshirib bo‘lganidan so‘ng, tashrif varaqalarini inkassatorlarguruhiga qaytarib beradi. Kechki kassa kassiri buxgalter-nazoratchidan yuk xatlarini olganidan so‘ng, naqd pul tushumlari solingan sumkalarini (qoplarni) inkassatorlar guruhidan birma-bir qabul qilishni boshlaydi. Bunda, kechki kassa kassiri naqd pul tushumlari solingan:
-inkassatsiya sumkasiga (qopiga) bosilgan plombir izining aniqligini va tasdiqlangan namunaga mos kelishini tekshirishi;
-inkassatsiya sumkasining (qopining) biron-bir joyi shikastlanmaganligini xususan, sumkaning qulfiga ta’sir ko‘rsatilmaganligini, yamoqlar, tashqi choklar, yirtilgan joylar, plomba izi tushirilgan tizimchaning uzilgan yoki tugilgan joylari bor-yo‘qligini qarab chiqishi;

-inkassatsiya sumkasining (qopining) raqamini, uning yuk xatida ko‘rsatilgan raqamga mos kelishini taqqoslab ko‘rishi;


-sumkalarning (qoplarning) umumiy sonini, yuk xatlarining umumiy soniga, shuningdek qabul qilinayotgan naqd pul tushumlarining umumiy summasini, yuk xatlarida ko‘rsatilgan summalar yig‘indisiga mos kelishini tekshirib qabul qilishi kerak.
Inkassatorlar guruhidan har bir yo‘nalish bo‘yicha inkassatsiya sumkalari (qoplari) qabul qilib olinganidan so‘ng, bank kassasiga qabul qilingan tushum pullari solingan va bo‘sh inkassatsiya sumkalarini (qoplarini) qayd etish jurnalining ikkala nusxasiga inkassatorlar guruhi boshlig‘i va yig‘uvchi inkassatori hamda kechki kassaning kassiri va buxgalter-nazoratchisi imzo qo‘yadi. Ushbu jurnalning birinchi nusxasiga inkassatsiya sumkalarini (qoplarini) topshirgan inkassatorlar guruhining muhri bosiladi va u kechki kassa xodimlarida qoladi, ikkinchi nusxasiga esa kechki kassaning muhri bosilib, inkassatorlar guruhining boshlig‘iga beriladi.Bank kechki kassasining muhri kechki kassa kassiriga biriktirilgan bo‘lib, uning seyfida saqlanishi lozim. Mazkur Yo‘riqnomaning 15-ilovasida keltirilgan inkassatorlar guruhiga berilgan bo‘sh sumkalar (qoplar) va tashrif varaqalarining soni to‘g‘risidagi ma’lumotnomada qayd etilgan yozuvlar asosida inkassatorlar guruhi tomonidan mijozlarning naqd pul tushumlari va boshqa qimmatliklari solingan yoki bo‘sh inkassatsiya sumkalari (qoplari) kechki kassaga to‘liq topshirilmayotganligi aniqlansa, bu haqida bank rahbariga va inkassatsiya bo‘limi boshlig‘iga xabar berilishi lozim. Inkassatsiya bo‘limi boshlig‘i yig‘ib kelingan inkassatsiya sumkalarini (qoplarini) bank kassasiga to‘liq topshirilishini ta’minlash choralarini ko‘rishi shart. Kechki kassa kassiri bank kassasiga qabul qilingan tushum pullari solingan va bo‘sh inkassatsiya sumkalarini (qoplarini) qayd etish jurnalidagi yozuvlarni inkassatorlar guruhidan qabul qilib olingan sumkalar (qoplar) bilan taqqoslagan holda, buxgalter-nazoratchining kuzatuvi ostida kechki kassaning pul omboridagi seyfga (temir shkafga) barcha sumkalarni (qoplarni) hamda ularning hujjatlarini joylashtiradi. So‘ngra, pul omboridagi seyfni (temir shkafni) kassir va buxgalter-nazoratchining kalitlari bilan qulflanadi. Shuningdek, kechki kassa pul omborining eshigi ham ikkita kalit bilan qulflanib, ikkita surg‘uchli muhr bilan muhrlanadi.Bunda kechki kassa pul ombori eshigining birinchi kaliti va bitta surg‘uchli muhr kassirga, ikkinchi kaliti va bitta surg‘uchli muhr buxgalter-nazoratchiga biriktirilgan bo‘lishi hamda har bir xodim kechki kassa pul ombori eshigini o‘z kaliti bilan qulflab, o‘ziga biriktirilgan surg‘uchli muhr bilan muhrlashi shart. Shundan so‘ng, kechki kassaning pul ombori belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining qo‘riqlash xizmati xodimlariga topshiriladi.

Download 138,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish