47.Касса операцияларини амалга оширишда ҳужжатлар айланишини ташкил қилиш (чиқим касса ҳужжатлари, ордер, квитанция, кассир, кирим кассири ҳисоботи). Mijozlarga kassa xizmatini ko‘rsatish bank xodimlari tomonidan qabul qilib olingan kassa hujjatlari asosida amalga oshiriladi. Bank kassasi orqali mijoz bajaradigan barcha kassa operatsiyalariga asos bo‘lib xizmat qiluvchi kassa hujjatlari mijoz tomonidan to‘ldiriladi. Kompyuterda rasmiylashtirilib, chop etilgan hamda mijoz tomonidan imzolangan hujjatlar ham bank kassirlari tomonidan qabul qilishini mumkin, qat’iy hisobda turuvchi blanklar bundan mustasno.Kassa operatsiyalarini bajarish uchun asos bo‘lgan barcha kassa hujjatlarining belgilangan tartibda rasmiylashtirilishi (tegishli hisobvaraqlarni to‘liq va to‘g‘ri aks ettirilishi, hujjatdagi mijoz imzosining bankka taqdim etilgan imzo namunasiga mos kelishi, mijozning shaxsini tasdiqlovchi hujjatdagi ma’lumotlarni kassa hujjatida to‘g‘ri qayd etilishi) hamda ularning hisobini yuritilishi (mijozga chiqim kassa operatsiyalarini uning hisobvarag‘idagi mablag‘lari doirasida bajarilishi) uchun bank buxgalteriyasining tegishli xodimlari mas’ul hisoblanadi.Bank binosida yoki binosidan tashqarida tashkil etgan kassalarda bajarilgan kassa operatsiyalarining buxgalteriya hisobi O‘zbekiston Respublikasi banklarida kassa amallarining buxgalteriya hisobini yuritish qoidalariga (ro‘yxat raqami 1602, 2006-yil 24-iyul) muvofiq yuritiladi.Bankning buxgalteriya bo‘limidagi mas’ul xodim har kuni har bir kassa hujjatini qayd etish va ularga tartib raqamlarini ketma-ket qo‘yib borish hamda kassa hujjatlarini kassirlarga topshirishda mazkur Yo‘riqnomaning 1-ilovasida keltirilgan kirim kassasi jurnalidan va chiqim kassasi jurnalidan foydalanadi.Haqiqatda bajarilmagan kassa operatsiyalari bo‘yicha kassa hujjatlarini rasmiylashtirib qo‘yishga, xususan mijoz tomonidan bank kirim kassasiga naqd pullarni topshirmasdan va chiqim kassasidan naqd pullarni olmasdan, kirim va chiqim kassa hujjatlarini bir vaqtda rasmiylashtirish taqiqlanadi. Bank Boshqaruvi hamda bank filiali rahbarlari kassa xodimlarining ishini samarali va sifatli tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarning daxlsizligini ta’minlangan holda saqlash uchun zarur bo‘lgan seyflar (metall shkaflar) va ularni tashish uchun temir aravachalar, mebel va jihozlar, muhr, to‘rtburchak muhr, texnik vositalar (pul sanash, saralash, o‘rab-bog‘lash uchun zarur uskunalar va boshqa zaruriy ashyolar) bilan ta’minlashlari shart. Kassa xodimlariga o‘zlarining shaxsiy naqd pullari va boshqa qimmatliklarini, bank kassasidagi naqd pul va boshqa qimmatliklar bilan birga saqlanishi taqiqlanadi. Bank kassa tarmog‘ida ishlayotgan har bir xodim shu jumladan, kassa mudiri ham o‘zining lavozim majburiyatida belgilab berilgan vazifa va topshiriqlarni ushbu Yo‘riqnoma talablari asosida bajarishga mas’uldir. Kassa xodimiga ishonib topshirilgan naqd pul va qimmatliklarni asossiz tarzda boshqa shaxslarga topshirish yoki lavozim vazifasi bo‘yicha o‘ziga yuklatilgan kassa operatsiyalarini boshqa xodimlar tomonidan bajarilishi taqiqlanadi.Ish tajribasi, bilimi va ko‘nikmalari yetarli bo‘lmagan xodimlarni naqd pul va boshqa qimmatliklar bilan kassa operatsiyalarini mustaqil ravishda bajarishlari taqiqlanadi. Bankning kassa tarmog‘i joylashgan hududni kuzatish va uni o‘rganish uchun begona shaxslarga imkoniyat berilmasligi va kassa tarmog‘ida joylashgan barcha kassa xonalarining (kassa kabinalarining) eshiklari ichki tarafdan qulflanuvchi moslamalar bilan ta’minlangan hamda bank ish kuni davomida ushbu eshiklar qulflangan bo‘lishi lozim.Kirim va chiqim kassasi kassirlari kassa hujjatlarini imzolash vakolatiga ega bo‘lgan buxgalteriya va boshqa mas’ul xodimlarning imzo namunalari bilan, kassa hujjatlari bilan ishlovchi buxgalteriya xodimlari esa kassirlarning imzo namunalari bilan ta’minlangan bo‘lishlari lozim.Ushbu xodimlarni o‘z vaqtida imzo namunalarining ro‘yxati bilan ta’minlash va zarurat tug‘ilganda mazkur ro‘yxatni yangilash hamda eskisini qaytarib olish, (qaytarib olingan imzo namunalari alohida yig‘majildga tikilgan holda pul omborida bir yil muddatga saqlanishi, yil tugaganidan so‘ng, bank arxiviga topshirilishi) shuningdek qayd etilgan masala ijrosi bo‘yicha nazoratni o‘rnatish bankning bosh buxgalteri tomonidan amalga oshirilishi kerak.Imzo namunalari ro‘yxati bank rahbari tomonidan tasdiqlanishi hamda ushbu ro‘yxatni har yilning 1-yanvar holatiga yangilab turilishi talab etiladi.Bank filiallarida naqd pul va boshqa qimmatliklar bilan kassa operatsiyalarini to‘g‘ri bajarilishi, naqd pullar va qimmatliklarni butligini ta’minlanishi, kassa ishlarini mazkur Yo‘riqnoma talablari asosida tashkil etilishi Bosh bank tomonidan doimiy nazoratga olinishi lozim.Bankda tekshirish o‘tkazish uchun Bosh bank rahbari yoki uning o‘rinbosari tomonidan imzolangan xizmat farmoyishi asos bo‘lib hisoblanadi. Pul ombori va kassa tarmog‘idagi naqd pul va boshqa qimmatliklarni taftish qilish uchun muddati ko‘rsatilgan bir martalik guvohnoma beriladi.