Тижорат банклари томонидан лизинг операцияларини амалга ошириш ва бухгалтерия ҳисобини юритиш тартиби (лизинг олувчи, сотувчи, лизинг тўлови, лизинг муддати)
58.Тижорат банклари томонидан лизинг операцияларини амалга ошириш ва бухгалтерия ҳисобини юритиш тартиби (лизинг олувчи, сотувчи, лизинг тўлови, лизинг муддати). Lizing (moliyaviy ijara) bir taraf (lizing beruvchi) ikkinchi tarafning (lizing oluvchining) topshirigʻiga binoan uchinchi tarafdan (sotuvchidan) lizing shartnomasida shartlashilgan mol-mulkni (lizing obyektini) mulk qilib sotib olishni va uni shu shartnomada belgilangan shartlarda haq evaziga egalik qilish va foydalanish uchun lizing oluvchiga oʻn ikki oydan ortiq muddatga berishni nazarda tutadigan ijara munosabatlarining alohida turidir. Lizing obyektlari – tadbirkorlik faoliyati uchun foydalaniladigan isteʼmol qilinmaydigan har qanday ashyolar, shu jumladan korxonalar, mulkiy komplekslar, binolar, inshootlar, uskunalar, transport vositalari hamda boshqa koʻchar va koʻchmas mulk. Lizing subyektlari – lizing beruvchi, lizing oluvchi hamda sotuvchi. Lizing beruvchi – lizing shartnomasi boʻyicha lizing oluvchiga kelgusida topshirish maqsadida lizing obyektini mulk qilib oluvchi bank. Lizing oluvchi – lizing shartnomasi boʻyicha lizing obyektini egalik qilish va foydalanish uchun olayotgan shaxs. Sotuvchi – lizing obyektini lizing beruvchiga sotadigan shaxs. Lizing toʻlovlari – lizing beruvchining lizing obyektini olish uchun qilgan xarajatlarining hammasi yoki koʻp qismi, shuningdek lizing obyektini yetkazib berish va belgilangan maqsadda foydalanish uchun uni yaroqli holga keltirish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa xarajatlarining lizingga oluvchi tomonidan qoplanishi hamda lizing beruvchi daromadi yigʻindisi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Lizing toʻgʻrisida”gi Qonunning 2-moddasiga muvofiq, lizing shartnomasi quyidagi shartlardan biriga javob berishi kerak:
a) lizing shartnomasining muddati tugagach, lizing obyekti lizing oluvchining mulki boʻlib oʻtsa; b) lizing shartnomasining muddati lizing obyekti xizmat muddatining 80 foizidan ortiq boʻlsa yoki lizing obyektining lizing shartnomasi tugaganidan keyingi qoldiq qiymati uning boshlangʻich qiymatining 20 foizidan kam boʻlsa; d) lizing shartnomasining muddati tugagach, lizing oluvchi lizing obyektini uning bozor qiymatidan past narxda sotib olish huquqiga ega boʻlsa, bunda ana shu huquqni amalga oshirish kunidagi lizing obyekti qiymati asos boʻladi; e) lizing shartnomasi amal qiladigan davr uchun lizing toʻlovlarining umumiy summasi lizing obyekti qiymatining 90 foizidan ortiq boʻlsa. Lizing shartnomasi lizing obyekti xizmat muddatining 80 foizidan kam boʻlmagan muddatga tuziladi. Bunda lizing obyektining xizmat muddati Soliq kodeksining 144-moddasi uchinchi qismida belgilangan asosiy vositalarning amortizatsiya normalaridan kelib chiqqan holda hisoblanadi.
Lizing beruvchi bankda lizing hisobi. Lizing beruvchi banklarda lizingga berilgan aktivlar hisobi 15600-“Lizing (moliyaviy ijara)” hisobvaraqlarida yuritiladi. Ushbu hisobvaraq tarkibida quyidagi ikkinchi tartibli hisobvaraqlar ochilgan. 15601-Boshqa banklarga berilgan lizing; 15605-Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan lizing; 15607-Davlat korxona, tashkilot va muassasalariga berilgan lizing; 15609-Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan lizing; 15611-Nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan lizing; 15613-Xususiy korxonalar, xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan lizing; 15615-Bank boʻlmagan moliyaviy muassasalarga berilgan lizing; 15617-Muddati oʻtgan lizing; 15619-Shartlari qayta koʻrib chiqilgan lizing; 15699-Lizing boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)