Umumlashtiruvchi qo’rsatkichlarni hisoblash tartibi va turlari.
Dinamikqatorlar, ularning turlari va ahamiyati. Statistikkuzatishga tavsifnoma
Bank statistikasida izlanishlar olib borish uchun ma’lumotlarni banklar va boshqa muassasalarda turli muddatlarda, turli hajmlarda tuziladigan buxgalteriyaga oid va statistik hisobot ma’lumotlaridan olinadi.
Har qanday statistik izlanishlar olib borish jarayoni shartli ravishda 3 bosqichga bo’linadi.
Bularga:
Statistik kuzatish;
Ma’lumotlarni yig’ish va guruhlash;
Umumlashtiruvchi qo’rsatkichlarni hisoblash.
Ijtimoiy hodisalar hamda jarayonlar haqidagi ma’lumotlarni rejali, ilmiy uyushtirilgan asosda to’plash jarayonini statistik kuzatish deb atalib, tekshirishning poydevori, birinchi va eng mas’uliyatli bosqichi hisoblanadi.
Statistik kuzatish – bu voqea va hodisalarni tashkiliy hisobi hisoblanib shu asosda ommaviy ravishda birlamchi statistik ma’lumotlar yig’ish hisoblanadi. Statistik kuzatishning tashkil qilish shakli bo’lib, statistik hisobot shakllari orqali sistematik ravishda ma’lumotlarni olish hamda maxsus statistik tekshiruv unga asosan ma’lumotlarni olish hisoblanadi.
Maxsus statistik tekshiruv qo’llashning asosiy sababi, joriy hisobotga kiritilgan ma’lumotlarni anio’lashdan iboratdir.
Statistik kuzatish qanchalik to’g’ri va chuqur ilmiy mulohazalar asosida tashkil etilsa, oqibatda tekshirish natijalari ham aniq va maqsadga muvofiq javob bera oladigan bo’ladi. Mas’uliyatsizlik bilan to’plangan noaniq va tartibsiz boshlang’ich ma’lumotlar o’rganilayotgan hodisa xususida noto’g’ri yakuni va xulosalarni chiqarishga sabab bo’ladi. Statistik kuzatish amalga oshirilayotgan bir qator shart-sharoitlarni hisobga olinishi talab qilinadi. Aks holda to’plangan ma’lumotlar ilmiy tekshirish talablarini to’la qondirmasligi va xattoki butunlay yaroqsiz ham bo’lishi mumkin.
Statistik kuzatish dalillarni bir-biri bilan o’zaro bog’lanishda va bir-butunlikda qayd qilish lozim. Binobarin statistik ma’lumotlar tasodifiy, to’plam bilan bog’lanmagan holda emas, balki to’la olingan bo’lishi kerak. Ma’lumotlar to’la-tqks bo’lishi uchun eng avvalo, kuzatilayotgan to’plamdagi birliklar makon chegarasida to’la hisobga olinishi kerak. Bu erda so’z faqat yoppasiga kuzatish ustida borayotgani yo`q. Ma’lumotlarni tanlab kuzatish yo’li bilan ham olish mumkin. Ammo bunday usulga kuzatishni amalga oshirayotganda tanlab olingan to’plamning to’la vakolatliligini ta’minlash va unga kiritilgan barcha ob’ektlarni to’la-tqkis, bittasini ham mustasno
qilmasdan tekshirish zarurdir. Masalan, sanoat tarmog’ini o’rganish lozim bo’lsa, u vao’tda barcha korxonalarni hisobga olish kerak. g’ki shu tarmoo`qa taalluo’li va uning holatini tavsiflovchi bir guruh tipik korxonalar hisobi olinadi. Statistik kuzatishning to’laligi ma’lumotlarning vao’t bo’yicha qamrab olishi bilan ham belgilanadi. Agarda birinchi yilda to’plam kuzatilsa, ikkinchi yilda esa qandaydir boshqa birliklar tushib qolsa va shu tarzda kuzatish davom etaversa, u holda olingan ma’lumotlar vao’t bo’yicha to’la-tqkis bo’lmasdan ularning tao`qoslamaliligiga putur etadi. Ayrim hollarda esa hodisalarning vao’t bo’yicha o’zgarishi tasodifiy omillar ta’siridan holi bo’lmaydi. Bunda tasodifiy ta’sir kuchini yumshatish va haqiqatni to’laroq anio’lash maqsadida kqp yillik ma’lumotlardan foydalanish zaruriyati tug’iladi.
Olinayotgan ma’lumotlar aniq, hao`qoniy va ishonchli bo’lishi shart, aks holda ular isbotlab beradigan kuchga ega bo’la olmaydi. Bu erda gap ma’lumotlarning faqat arifmetik jihatidangina aniq bo’lishi to’g’risida emas, balki u ma’lumotlarning ob’ektiv haqiqatni aks ettirishi to’g’risida boradi.
Kuzatishning dasturiy uslubiy masalalari quyidagilarni o’z ichiga oladi:
Har qanday kuzatishni o’tkazishda oldin uning maqsadi va vazifalari anio’lanib olinadi. Buni aniq va to’g’ri echish muhim ahamiyat kasb etadi, chunki kuzatish dasturi ob’ekti va hisob birligi uning maqsadi va vazifalariga bog’liq. Noaniq va mujmal belgilangan maqsad va vazifalar kuzatish jarayonida kerakli ma’lumotlarning tushib qolishiga sabab bo’lishi mumkin. Buning natijasida sarflangan mehnat va mablag’larning samaradorligi pasayadi. Masalan, mamlakatimizda barcha statistik kuzatishlar yagona maqsad, u ham bo’lsa statistik axborotni takomillashtirish va io’tisodiy tahlilni yanada chuqurlashtirish, statistikaning tahlil vazifasini oshirishdan iborat. Bu umumiy maqsaddan tashqari har bir kuzatish o’zining xususiy maqsadi va vazifalariga egadir. Kuzatish dasturi deganda o’rganilayotgan to’plamning har bir boshlang’ich unsuri haqida kuzatish davomida qayd qilinishi lozim bo’lgan belgilar to’plami tushuniladi. Masalan, aholi ro’yhati dasturi bu ro’yhat varaqasiga va boshqa formulyarga kiritiladigan savollar bo’lib, ro’yxat o’tkazish jarayonida har bir kishi yoki aholining ayrim guruhlaridan ularga javob olinadi. Dastur tuzish statistik kuzatishning eng og’ir va eng ma’suliyatli bosqichidir.
Kuzatish ob’ekti deyilganda o’rganilayotgan hodisa va jarayonlar to’plami tushuniladi. Masalan, aholi ro’yxatida respublika, viloyat, tumanlarda yashayotgan barcha kishilar, qishloq
xo’jaligi hisobida – barcha jamoa va davlat xo’jaliklari, sanoat asbob-uskunalari ro’yxatida – jamiki zavod va fabrikalar kuzatish ob’ekti hisoblanadi.
Kuzatish birligi deyilganda kuzatilayotgan to’plamning birligi tushuniladi. Bu birlik ma’lum darajada mustaqillikka ega bo’lib, kuzatish jarayonida undan ma’lumot olinadi. Masalan, sanoat faoliyati tekshirilayotganda har bir korxona kuzatish birligi hisoblanadi. Kuzatish birligidan hisob birligi farq qiladi. Hisob birligi deyilganda o’rganilayotgan to’plamning statistik kuzatish ob’ektining shunday boshlang’ich unsuri birligi tushuniladiki, uning belgilari tekshirish jarayonida qayd qilinishi kerak.
Hisob birligini to’g’ri anio’lash statistik tekshirishning muvofaqiyatli va samarali bo’lishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Kuzatish dasturida savollarga javob maxsus hujjat, ya’ni statistik formulyarda aks ettiriladi. U har xil nom bilan yuritiladi, jumladan hisobot shakli, yuk xati, ro’yxatga olish varaqasi va hakozo.
Statistik formulyar 2 xil bo’ladi:
Alohida shakldagi formulyar;
Ro’yxat shaklidagi formulyar.
Alohida shakldagi formulyarga korxonalarning yillik hisoboti formulyari misol bo’ladi. Ro’yxat shaklidagi formulyarga bitta emas balki bir necha hisob birliklari haqida ma’lumot keltiriladi.
Kuzatish dasturidagi savollarni talqin qilish va tushunishni ta’minlash maqsadida statistik formulyarlarni to’ldirish uchun yqriqnoma tuziladi. Yqriqnoma:
qo’rsatkichlarni hisoblash va shunga qxshash kuzatilayotgan hodisa bilan bevosita bog’liq bo’lgan masalalar yoritiladi.
Kuzatish joyi deyilganda kuzatish o’tkazilishi lozim bo’lgan joy tushuniladi. Uni belgilash ayniqsa joyi o’zgarib turishi mumkin bo’lgan hodisalarni kuzatayotganda juda katta ahamiyatga ega. Agar qrnatilgan dastgohlar ro’yxatga olinayotgan bo’lsa, u holda kuzatish jarayonini belgilab olish unchalik qiyin emas, chunki u dastgohlar doimo bir joyga biriktirib qo’yilgan bo’ladi.
Kuzatishning samarali va sifatli o’tkazilishi unda qatnashadigan kishilarning tayyorgarlik darajasiga bog’liq, shu sababli kuzatishni o’tkazishdan bir muncha oldin uni o’tkazuvchi mas’ul kishilar bilan maxsus mashg’ulotlar olib boriladi. Kuzatish formulyarini shakllarini, varao’larini, qo’rsatmalarini tayyorlash ularni joylarga tarqatish kabilar kuzatishni o’tkazishdagi muhim tashkiliy masalalardan biri hisoblanadi.
Mamlakatimizda statistik kuzatish 2 xil shaklda:
Statistik hisobotni taqdim etish;
Maxsus uyushtirilgan statistik tekshirishlarni amalga oshirish yo’li bilan tashkil etiladi.
Statistik hisobot deyilganda Makroio’tisodiyot va statistika vazirligi yoki uning mahalliy tashkilotlari hamda Moliya vazirligi tomonidan tasdio’langan tegishli qo’rsatkichlarga ega bo’lgan, mustaqil balansda turuvchi barcha korxona, muassasa va tashkilotlar tomonidan belgilangan muddatlarda qonuniy tartibda uyushtirilgan statistika va yuqori tashkilotlarga yuborilib turiladi.
Hisobot statistik kuzatishning aasosiy shakli bo’lib barcha korxona va tashkilotlar faoliyati haqidagi boshlang’ich hao`qoniy ma’lumotlarni keng dasturda muttasil olib borish imkoniyatini yaratadi. Buxgalteriya va tezkor texnika hisobi hujjatlarida qayd etilgan boshlang’ich hisob-kitob yozuvlari hisobot uchun ma’lumotlar manbai bo’lib hisoblanadi.
Bir yo’la kuzatish
O’z-o’zini qayd qilish
Og’zaki (ekspeditsion)
Fursatli kuzatish
Uzluksiz kuzatish
Statistik kuzatish quyidagi turlarga bo’linadi:
Statistik kuzatish turlari
Tanlama kuzatish
Asosiy massivni kuzatish
Uzluksiz (joriy) kuzatishda voqea (hodisalar) sodir bo’lishi bilanoq, ya’ni qsha damning o’zida qayd qilinadi. Masalan, ishlab chiqarish mahsulotlarni boshlang’ich hujjatlarda, berilgan kreditlarni bank hisobotlarida, ishchi va xodimlarning ishga chiqishini tabel hisobida qayd qilish va hakozo.
Uzluksiz (oraliq) yoki 1 martalik kuzatishda voqea sodir bo’lgandan ma’lum vao’t o’tkach uni qayd qilish tushuniladi. Bunday kuzatishlar teng vao’t oralig’ida takrorlanib turadi. Shunga qarab kuzatish davriy va fursatli kuzatishlarga bo’linadi.