Bank statistikasi



Download 127,19 Kb.
bet1/30
Sana19.04.2022
Hajmi127,19 Kb.
#564236
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
bs uzl 1baf4


O’ZBEKISTON RESPULIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI




"Bank ishi» kafedrasi"




Bank statistikasi bo’yicha ma’ruza matni
Kafedra majlisi

Tasdiklayman Dots. Abdullaeva Sh.


Tuzuvchi: k.o`q. Ernazarov N.



Toshkent – 2000 y.

MAVZU: BANK STATISTIKASINING PREDMETI, METODI VA VAZIFALARI. BANKLARDA STATISTIKANI TASHKIL QILISH





  1. Bozor io’tisodiyotiga o’tish sharoitida ob’ektiv statistik ma’lumotga ehtiyojni oshishi.

  2. Bank statistikasining predmeti, metodi va vazifalari.

  3. Banklarda statistikani tashkil qilish.
    1. Bozor io’tisodiyotiga o’tish sharoitida ob’ektiv statistik ma’lumotga ehtiyojni


oshishi
Bozor io’tisodiyotiga o’tish sharoitida ob’ektiv statistik ma’lumotga bo’lgan talab ancha oshadi. Davlat statistikasining maqomi va bosh vazifasi O’zbekistion Respublikasining “Davlat statistikasi to’g’risida”gi Qonunda belgilab berilgan.
Bu qonun asosida O’zbekistion Respublikasi hududida statistik ishlarni tashkil qilish uning asosiy funktsiyasi hamda respublikaning sotsial-io’tisodiy rivojlanishida yagona statistik ma’lumot to’g’risida yagona tizimni joriy etishni nazarda tutadi.
Ushbu qonundan kelib chiqadigan statistikaning asosiy vazifalari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:

  1. Statistika sohasida davlat siyosatini realizatsiya qilish;

  2. O’zbekistion Respublikasi sotsial va io’tisodiy hayotida yuz berayotgan holatlardan ma’lumotlarni yig’ish, qayta ishlash, umumlashtirish hamda bu statistik ma’lumotlarni har tomonlama tahlil qilish.

  3. Xalqaro standartlar va jahon andozalariga asoslangan ilmiy izlanishlar yakuni sifatida amalga oshirish mumkin bo’lgan statistik metodologiyani ishlab chiqish va hayotga tadbiq etish.

  4. Statistik ma’lumotlarni to’g’riligi, ob’ektivligi, operativligini ta’minlash.

  5. Amaldagi qonunlar doirasida yig’ma statistik ma’lumotlarni oshkoraligini, to’g’riligini ta’minlash.

  6. Respublika sotsial-io’tisodiy hayotini xarakterlovchi statistik qo’rsatkichlarning jamlanmasi va sistemali tizimini ta’minlash.

Yuqoridagi ta’kidlab o’tilgan vazifalarning birinchisiga nazar soladigan bo’lsak, unda davlat siyosatini statistika sohasida amaliyotga tadbiq qilishning bosh vazifasi qo’rsatilgan. Bu shundan dalolat beradiki,Davlat tomonidan amalga oshirilayotgan io’tisodiy siyosat, ya’ni io’tisodiy islohotlar o’zining haqiqiyligini raqamlarda qo’rsatadi.
Statistikadagi har bir raqam – bu haqiqiy jamlangan qo’rsatkich, ya’ni absolyut, nisbiy va o`rtacha qo’rsatkich hisoblanadi. Boshqacha aytadigan bo’lsak, faqat statistikadagina io’tisodiy islohotlarni qanday darajada siljiyotganligini, qaysi holatlar ijobiy yoki salbiy ekanligini kqrish mumkin.
Sizga ma’lumki io’tisodiy islohotlarning ikkinchi bosqichidagi io’tisodiy siyosatning asosiy yqnalishi bo’lib:

    • Xususiylashtirishni yanada chuqurlashtirish va raqobat muhitini yaratish;

    • Makroio’tisodiy barqarorlikka erishish;

    • Milliy valyuta qadrini mustahkamlash;

    • Chuqur strukturaviy (tarkibiy) o’zgarishlarga erishish;

    • Sotsial himoyalangan kuchli demokratik davlat barpo etish.

Misol tariqasida birinchi yqnalishni oladigan bo’lsak, unda xususiylashtirishni chuqurlashtirish va raqobat muhitini yaratish asosiy yqnalish qilib belgilangan. Bu yqnalish nima uchun birinchi qilib belgilangan? – degan savolga javob beradigan bo’lsak, bu savolni chuqur tahlil qilish uchun tarixga murojaat qilamiz.
O’zimizcha qylab qo’radigan bo’lsak, 1920-yillar … kqp ukladli io’tisod. Bularni ichidan ikkita bir-biriga qarshi turuvchi ukladni kqrishimiz mumkin. U ham bo’lsa sotsialistik va xususiy mayda kapitalistik. Uklad Sovet davlati o’zining bosh maqsadi (hozirgi tilda aytadigan bo’lsak - o’zining bosh io’tisodiy siyosati) – xususiy sektorni siqib chiqarish va tugatish qilib belgilangan.
Buning natijasida 1930 yilga kelib sotsialistik sektorning ulushi sanoatda – 99,1 %ni, ulgurji savdoda – 97,2 %ni, chakana savdoda – 86,5 %ni tashkil qilgan.
Nima uchun sovet davlati 1920 yillar xususiy kapitalni savdoda hamda mayda sanoatda sao’lab qolgan? - hatto V.I.Lenin ham, (bu sotsializm ideologi) shaxsiy mulkining yorqin dushmani hisoblanadi, u xususiy kapitalning kuchini tan olishga majbur edi, chunki xususiy kapital sotsialistik xo’jalikni rivojlantirishni tayanch kuchi edi. Xususiy kapitalni kuchi RKP (b)ning –X- s’ezdida, yangi io’tisodiy siyosatni (NEP) qabul qilinishiga turtki bo’ldi. Bu siyosatda xalq xo’jaligini tiklashni tez amalga oshirish maqsadida xususiy kapitalni (mulkni) savdo va sanoat sohasida qoldirildi.
Ana qsha ildizdan boshlanib O’zbekistionda xususiylash-tirishning ahamiyati va vazifasi io’tisodiy siyosatning yorqin ifodasi sifatida amalga oshirilmoqda.
Shunday qilib xususiylashtirishning asosiy vazifasi:
Birinchidan, mulkni shunday taqsimlash kerakki, uning egasi undan to’g’ri foydalanishi hamda tadbirkorlik bilan shug’ullanishi kerak.
Ikkinchidan, erkin raqobatni rag’batlintiradigan, kqp ukladli io’tisodni (eknomikani) yaratish.
Nima uchun so’z xususiylashtirish to’g’risida ketayotganligini sababi shuki, aynan xususiylashtirish io’tisodiy siyosat ekan, u asosan statistik ma’lumotda mujassamlangan bo’lishi kerak.
Bu io’tisodiy islohotlar yqnalishidagi boshqa protsesslarga ham tegishlidir. Bu statistika sohasidagi davlat siyosatining birinchi vazifasi hisoblanadi.
Bundan tashqari “Davlat statistikasi to’g’risida”gi Qonun Davlat statistika tashkilotlarini belgilab beradi. Qonunning 4-moddasida “O’zbekistion Respublikasida Davlat statistikasini prognozlashtirish va statistika Davlat komiteti (Goskomprognozstat) va uning Qoraqolpog’iston Respublikasi, viloyatlar, tuman va shaharlardagi tashkilotlari amalga oshiradi”.
Qonun bilan yana davlat statistik tashkilotining huquo’lari ham belgilab berilgan. Shunday qilib qonunning 13-moddasiga asosan davlat statistikasi quyidagi huquo’larga ega:

      • Belgilangan tartibda, (pulsiz) moliya, bank va boshqa tashkilotlar shuningdek, fizik shaxslarda davlat statistika hisobotlarini qabul qilish;

      • O’zbekistion Respublikasida joylashgan korxona va tashkilotlarda boshlang’ich hisob va statistika ma’lumotlarni anio’ligini tekshirish;

      • Olingan statistik ma’lumotlarni ob’ektivligi va to’lio’ligi bo’yicha mustaqil ekspertizani tashkil qilish va amalga oshirish;

      • Xalqaro tashkilotlar va davlatlar statistik tashkilotlari bilan hamkorlik qilish bo’yicha shartnomalar tuzish;

      • Yuridik va fizik shaxslarga nisbatan statistik ma’lumotlarni o’z vao’tida topshirmagan yoki kechikib topshirganligi uchun io’tisodiy choralar qo’llash (jarima solish);

      • Bank muassasalaridan, tadbirkorlik, tijoratchilik, davlat birlashmalariga ochilgan schetlar bo’yicha ma’lumot olish.

Davlat statistika tashkiloti O’zbekistion Respublikasida joylashgan va faoliyat qo’rsatiyotgan barcha yuridik hamda fizik shaxslarni ro’yxatdan o’tkazish, ularning moliyaviy- xo’jalik faoliyati bo’yicha statistik ma’lumotlar olish ishlarini olib boradi.
Yuqorida ta’kidlab o’tilgan davlat statistika tashkilotining huquo’lari bilan bir qatorda oldiga o`qygan vazifalari ham mavjud. Bu vazifalar qonunning 15-moddasida qo’rsatib berilgan. Bular:

      • O’zbekistion Respublikasining sotsial-io’tisodiy rivojlanishi bo’yicha davlat programmasini bajarilishi bo’yicha statistik kuzatishni tashkil qilish va olib borish (alohida o’lka va xalq xo’jaligi tarmoo’lari bo’yicha);

      • Io’tisodiy va sotsial soha bo’yicha O’zbekistion Respublikasining Oliy Majlis qarorlari, O’zbekistion Respublikasi Prezidentining farmonlari, vazirlar mahkamasining qarorlarini bajarilishi bo’yicha statistik kuzatish olib borish;

      • Io’tisodiyotdagi strukturaviy o’zgartirishlar kqp ukladli io’tisodni yaratish, sotsial sohani rivojlantirish, bozor munosabatlarini shakllantirish, davlatlararo, regionlararo, aloqalar, mehnat va tovarlar bozorini tashkil qilish, moliyaviy holatlarni, aholini turmush darajasini, fuqarolarni sotsial himoya qilish, ijtimoiy ishlab chiqarish

samaradorligini, baholar va tarif stavkalarini o’zgarishini, tabiatni muhofaza qilish va boshqa holatlarni tahlil qilish;

      • Statistik ma’lumotlarni to’g’ri va ob’ektivligini ta’minlash;

      • Davlat boshqaruv tashkilotlarini o’z vao’tida va qrnatilgan tartibda statistik ma’lumot bilan ta’minlash;

      • Statistik ma’lumotlarni oshkoraligini ta’minlash;

      • Xalq xo’jaligi, regionlar va O’zbekistion Respublikasi bo’yicha sotsial-io’tisodiy rivojlanish holatlarini ifodalash (yoritib) borish bo’yicha statistik qo’rsatkichlar metodologiyasini ishlab chiqish va rivojlantirish;

      • Xalqaro statistik standartlariga asoslangan davlat statistika tizimini amaliyotga tadbiq qilish;

      • Yuridik va fizik shaxslarni davlat va tijorat sirlarini sao’lash va statistik ma’lumotlar himoyasini ta’minlash;

      • Xalqaro va regionlararo statistik ma’lumotlarni solishtirishni amalga oshirish.

O’z navbatida bank muassasalari ham statistik ishlar bilan bevosita shug’ullanadilar. Bank statistikasi ham xalq xo’jaligida katta ahamiyatga ega. O’zbekistion Respublikasi “Markaziy bank to’g’risida”gi va “Banklar va bank faoliyati to’g’risida”gi Qonunlarning alohida moddalarida banklarda statistika ishlarni tashkil qilishga qaratilgan.
Sizlarni e’tiboringizni O’zbekistion Respublikasi “Markaziy bank to’g’risida”gi va “Banklar va bank faoliyati to’g’risida”gi Qonunlarni “Davlat statistikasi to’g’risida”gi Qonun bilan o’zaro bog’lio’ligiga qaratmoqchiman. “Markaziy bank to’g’risida”gi Qonunning 49-moddasida asosiy e’tibor Davlat bilan Markaziy bank o`rtasidagi ma’lumotlarni o’zaro ayirboshlashga qaratilgan.
Bundan tashqari qonunda bank tizimida informatsion tarmoqni tashkil qilish va statistik ma’lumotlar yig’ish 58-moddada qo’rsatilgan. Qiziqarli tomoni shundaki, bu liniya (chiziq) “Davlat statistikasi to’g’risida”gi Qonundan “Markaziy bank to’g’risida”gi Qonunga hamda yagonalik jihatidan “Banklar va bank faoliyati to’g’risida”gi Qonunga o’tgan.
Shunday qilib, O’zbekistion Respublikasi “Markaziy bank to’g’risida”gi Qonunda Markaziy bank nazorat funktsiyasidagi vakolati qo’rsatilib, unda tijorat banklarida hisob va hisobotlarni yuritish ustidan nazorat olib borishi 51-moddada qo’rsatilgan. Shu jihatdan bu qoida “Banklar va bank faoliyati to’g’risida”gi Qonunda ham keltirilgan. Bu qonunning 41-moddasida “Banklarda buxgalteriya hisobi va hisobotlarini yuritish qoidasi Markaziy bank tomonidan O’zbekistion Respublikasi qonunlari va xalqaro standartlar doirasida qrnatiladi. Keyin yuqoridagi hisob va hisobotlarni yuritishdagi yo’l o`qygan kamchiliklari uchun bank rahbarlari tegishli qonunlar oldida javob beradilar deb talqin qilinadi.
Bunday banklardagi qattiq buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish bo’yicha talabni qo’yilishi bejiz emas. Bularni bank statistikasi tomonidan ham ta’riflab berish mumkin.
So’z shu haqidakim, buxgalteriya hisoboti ma’lumotlari, statistik hisobot tuzish uchun manba hisoblanadi.
Buxgalteriya hisobi bilan statistikani o’zaro bog’lio’ligi bo’yicha ma’lumotlar ma’ruzaning keyingi bo’limlarida kqrib o’tilgan.

    1. Download 127,19 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish