Bank statistikasi


Banklarda statistikani tashkil qilish



Download 127,19 Kb.
bet3/30
Sana19.04.2022
Hajmi127,19 Kb.
#564236
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
bs uzl 1baf4

Banklarda statistikani tashkil qilish


Banklarda statistikani tashkil qilish quyidagi ikkita aspektda kqrib chiqiladi:

  • Statistik izlanishni tashkil qilish;

  • Statistik xizmatni tashkil qilish.

Statistik izlanish jarayonida ikkinchi savolda qo’rsatilganidek u o’z ichiga 3 ta etapni qamrab oladi. Ulardan birinchisi statistik kuzatish hisoblanadi.Statistikani tashkil qilishda eng zarur etaplardan biridir. Statistik izlanishni tashkil etishda bilanmagan savollarga O’zbekiston Respublikasining “Davlat statistikasi to’g’risida”gi Qonunini rekomendovat qilinadi. Shu qonunga asosan statistik izlanish davlat, tarmoq, regional va shaxsiy bo’lishi mumkin.
Davlat statistika kuzatishini amalga oshirish tartibi. O’zbekiston Respublikasi davlat statistikasi prognozi tomonidan xujjatlar rasmiylashtiriladi va tasdig’lanadi. Respublikada statistika ishini tashkil qilish asosiy printsplardan kelib chiqadi.
Davlat statistika kuzatuvi O’zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasi, davlat statistika organi va boshqa davlat statistikasi bilan shug’ullanuvchi organlarining roziligi bilan o’tkaziladi. Davlta statistika kuzatuvi davlat statistika organida ishlamaydigan jalb qilingan shaxslar bilan O’zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasining roziligi bilan aniq shartlar asosida o’tkaziladi.
Qo’rsatilgan ishlarni tashkil qilishni Qorpqolpog’iston Respublikasi Hukumatiga, Davlat hokimiyati va joylarda boshqarish mahalliy organlariga va boshqa yuridik shaxslarga shartnoma asosida yuklatiladi (topshiriladi) statistik kuzatishning aniq kqrinishi va shakli ikkinchi mavzuda o’rganiladi.
Banklarda statistika ishi uchun zarur narsalardan biri bo’lib statistik xizmatni tuzish va tashkil qilish hisoblanadi. Markaziy bankda barcha statistik axborotlar departament va Bosh boshqarmalar tomonidan kontsentratsiyalanadi (yig’iladi).
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki statistika ma’lumotlarni yig’ish va umumlashtiruvchi departamentlar bo’lib:

  • Statistika va io’tisodiy tahlil departamenti;

  • Valyutani boshqarish va tashqi faoliyat departamenti;

  • Buxgalteriya hisobi va davlat byudjetini kassaviy ijro qilish departamenti;

  • Pul-kredit siyosati departamenti;

  • Qimmatli qog’ozlar departamenti;

  • Tijorat banklari faoliyatini boshqarish va litsenziya berish departamenti.

Markaziy bank banklarda statistik hisobotlar tuzish va uni rivojlantirish jarayonini yanada yuksaltirib borishda “Markaziy bank to’g’risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to’g’risida”gi, “Davlat statistikasi to’g’risida”gi Qonun hujjatlarga asoslanadi.
Bozor io’tisodiyotiga o’tish sharoitida io’tisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish sharoitida banklarning buxgalteriya va statistika hisobotlarida ham o’zgartirishlar bo’lishini taqozo etadi.
1999 yil fevral oyida Markaziy bank tomonidan yangi statistik hisobotlar tuzish qoidasi ishlab chiqildi (ilovada keltirilgan).
Tijorat banklari tomonidan tayyorlangan hisobotlar Markaziy bankni qo’rsatmasiga asosan tegishli departamentga topshiriladi.
O’z navbatida shuni aytib o’tish lozimki, tijorat banklari o’zlariga bo’ysunuvchi banklariga hisobotni o’zlariga tegishli bo’lgan qismini tuzish va topshirishlariga qo’rsatma berishlari mumkin.
Hisobotlar standart blankalarda 2 nusxada tuziladi. Yuqoridagilardan tashqari statistik ma’lumotlar davlatlararo hisob-kitoblar boshqarmasida ham yig’iladi.
Statistik ishlarni tashkil qilish bo’yicha o’zaro hamkorlikda ishlarni amalga oshirishda O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankini va tijorat banki tizimi o’zlarining tegishli muammolariga ega. Bular: ikki pog’onali banklarni boshqaruv tizimi sharoitida hamda yangi schetlar rejasiga o’tilishi bilan hisobotlarni tayyorlash va taqdim qilishdagi kamchiliklarni keltirishimiz mumkin.
Yangi schetlar rejasini kiritilishi hisobot shakllarini o’zgartirishga sabab bo’ldi. Yangi buxgalteriya va statistik hisobot shakllariga o’tish ham yakunlangani yo`q. Shuning uchun hozirgi kunda banklarda amalga oshirilayotgan operatsiyalar aniq kuzatib turish va xalqaro standartlarga asoslangan buxgalteriya hisobi va hisobotlarini doimo zamon talabidan kelib chio`qan holda tuzib borish zarur bo’ladi.
Markaziy bankni statistik hisobotlar tuzishdagi asosiy qadami bo’lib 1996 yil 18 maydagi “O’zbekiston Respublikasida banklarda statistik hisobotlar tashkil qilish qoidasi” hisoblanadi. Birinchi nusxa Markaziy bank departamentiga, ikkinchi nusxasi esa bankda hisobot shaklida sao’lanadi.
Statistik hisobotlar bank rahbarlari, bosh buxgalter yoki ushbu hisobotni tuzuvchi javobgar shaxs tomonidan imzolanadi.
Hisobotlarda tegishli kamchiliklar bo’lsa, ular tushuntirish xatiga asosan viloyat banki bosh buxgalter ruhsati bilan
Markaziy bankning teretorial boshqarmalari va tijorat banklarining viloyat boshqarmalari hisobotlar ustidan sistematik nazorat olib boradilar va yo’l qo’yilgan kamchiliklar bo’yicha tegishli choralar kqriladi.
Xulosa qismida shuni ta’kidlash mumkinki barcha statistik hisobotlar o’zida pul mablag’larini harakati to’g’risida xabar beradi va deyarli sao’lash, ishlatish bo’yicha muomala harajatlarini kamaytirishga yordam beradi.
Ushbu qoidalar “O’zbekiston Respublikasi Markaziy bank to’g’risidagi”, “Banklar va bank faoliyati to’g’risida”gi, “Davlat statistikasi to’g’risida”gi qonunlarga muvofiq ishlab chiqilgan bo’lib, O’zbekiston Respublikasi banklarida statistik hisobotni tashkil etish masalalarini tartibga soladi.

  1. O’zbekiston Respublikasi banklarining statistik hisoboti jamoatchilikni, davlat boshqaruv organlarini, respublika Markaziy banki va tijorat banklarini mamlakatdagi moliya, pul-kredit va boshqa munosabatlarni rivojlanishi to’g’risidagi to’liq va ob’ektiv axborotlar bilan ta’minlashga qaratilgan.

  2. Statistik hisobot bank muassasalari tomonidan O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining davlat statistikasi organlari bilan kelishuviga muvofiq tasdio’langan qo’rsatkichlar va shakllar bo’yicha tuziladi. Bank statistik hisoboti shakllarining ro’yxati ilovada keltiriladi.

  3. Bank muassasalarining statistik hisobotlari Markaziy bank Boshqaruvi qarorlari bilan joriy etiladi va tasdio’lanadi.

  4. Bank statistika hisobotlarini topshirish davriyligi, usuli va tarkibi O’zbekiston Respublikasi bank muassasalari, tashkilotlari va korxonalarning statistik hisoboti shakllari ro’yxatida belgilanadi. Ushbu ro’yxat O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tasdio’lanadi.

  5. Tijorat banklari o’z faoliyatini amalga oshirish jarayonida ularga qarashli bank muassasalari uchun statistik hisobotlari mustaqil ravishda ishlab chiqish va joriy etish huquqiga ega. Bunda tijorat banki bosh muassasasi yangi kiritiladigan bank statistik hisoboti shaklini Markaziy bank davlat statistika organlari bilan kelishilishi lozim.

  6. Markaziy bankning yangi joriy etilayotgan statistik hisoboti shakllari va ularga kiritiladigan o’zgartishlar Io’tisodiy tadqiqotlar va statistika markazida belgilangan tartibda ro’yxatga olinishi lozim.

  7. Statistik hisobotlar ikki nusxada tuzilib, ularning biri ro’yhatga muvofiq manzillarga topshiriladi, ikkinchisi esa hisobotni tuzgan bank muassasasida qoladi.

  8. Statistik hisobotlarni bank muassasasi rahbari va bosh buxgalteri yoki ushbu majburiyat yuklatilgan boshqa mansabdor shaxs tekshiradi va unga imzo chekadi. Hisobotga imzo chekkan va uni qayd etgan shaxslar uning to’g’riligi, to’lio’ligi va o’z vao’tida taqdim etilishi uchun O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javobgardirlar.

  9. Boshlang’ich statistik ma’lumotlardan, odatda, Markaziy bank vakolatida bo’lgan, nazorat vazifalarini bajarish uchun, shuningdek, yig’ma statistik ishlar, statistik byulletenlar,

to’plamlar tuzish, turli tahliliy tadqiqotlar olib borishda foydalaniladi. Jismoniy shaxslar to’g’risida yig’ilgan ma’lumotlarda shaxs qo’rsatilmasligi kerak, ayrim xo’jalik yurituvchi sub’ektlar to’g’risidagi ma’lumotlardan esa, faqat tijorat va davlat siri sao’lanishi shartlari ta’minlangan holda foydalanish mumkin.

  1. Ayrim tuzilmaviy bo’linmalar, bank muassasalari O’RTAsida statistik hisobotlarni tuzish va tekshirish bo’yicha majburiyatlarning taqsimlanishi tasdio’langan chizma (sxema)ga, har bir tuzilmaviy bo’linma zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarga muvofiq va bank rahbari farmoyishi asosida amalga oshiriladi.

  2. Hisobotlar tegishli qo’rsatkichlarni balans hamda boshqa statistik hisobotlar ma’lumotlari bilan solishtirish yo’li bilan tekshiriladi.Tegishli mutaxassislar hisobot ma’lumotlarining to’g’ri aks ettirilishini tekshiradilar, tekshirilayotgan hisobotlar qo’rsatkichlarining oldingi sanadagi hisobotlar bilan mantiqiy aloqasini anio’laydilar.

  3. Hisobotda summalar shunday yaxlitlanadiki, bunda yakunlarning to’g’riligi sao’lanib qolishi hamda statistik hisobotlar va balans ma’lumotlari o’zaro to’liq mos kelishi zarur.

  4. Statistik hisobotning o’z vao’tida topshirilishini nazorat qilish uchun tijorat banklari bo’linmalarida har bir hisobotni jqnatish muddati qo’rsatilgan holda uni taqdim etish jadvali tuziladi. Jadval bank muassasasi rahbari tomonidan tasdio’lanadi.

  5. Hisobotlar yuborilganidan keyin ularda xatolar anio’langan hollarda Markaziy bank hududiy Bosh boshqarmasi qisqa muddat ichida Markaziy bankning tegishli bo’linmasiga telegraf orqali ma’lum qiladi (hisobot yuborilgan bo’linmaga, HMga).

Tijorat banklari hisobotlarda xatolar mavjudligini anio’lagan hollarda bu haqida Markaziy bankning tegishli bo’linmasiga xabar qiladi. Hisobot qo’rsatkichlari to’g’rilangan telegramma hisobotga imzo chekkan shaxslar tomonidan imzolanadi. Hisobotlar yuborilgandan keyin ularda anio’langan xatolar bank muassasasi rahbari tomonidan kqrib chiqiladi. Mazkur rahbar kelajakda ushbu xatolarni takrorlamasligi choralarini qo’radi.
Zarur hollarda hisobotlarga ayrim qo’rsatkichlarning oldingi hisobot davri ma’lumotlariga qaraganda sezilarli darajada o’zgarganligi sabablari to’g’risida qisqacha izoh beriladi.

  1. Pochta orqali jqnatiladigan statistik hisobotlar alohida paketlarda mavjud axborotlarning maxfiyligi darajasiga qarab, zarur shartlar va talablar ta’minlangan holda jqnatiladi.

  2. Agar hisobotni yuborish kuni dam olish kuniga to’g’ri kelsa, u holda hisobot dam olish kunidan keyingi birinchi ish kunida yuboriladi.

  3. Markaziy bank tuzilmaviy bo’linmalari va tijorat banklari statistik hisobotlarning to’g’ri tuzilishi va ularning o’z vao’tida taqdim etilishini muntazam ravishda nazorat qiladilar, zarur bo’lganda, statistik hisobotlarni tuzish bo’yicha ishlarning tashkil etilishini tekshiradilar, statistik hisobotlarni tuzish masalalari bank muassasalariga yo’l yqrio’lar beradilar, hisobotlarni tuzish

muddatlari va tartibi buzilishi hollarini bartaraf etish, ularni hao`qoniyligi ustidan nazoratni kuchaytirish bo’yicha choralar qo’radilar.

  1. Statistik hisobotning har bir aniq shaklini topshirish va qayta ishlash tartibi to’g’risidagi qo’rsatmalar ushbu statistik hisobotni bevosita ishlab chio`qan Markaziy bank yoki tijorat banklari tegishli bo’linmalari tomonidan beriladi.




Download 127,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish