Bank statistikasi


Bank statistikasining predmeti, metodi va vazifalari



Download 127,19 Kb.
bet2/30
Sana19.04.2022
Hajmi127,19 Kb.
#564236
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
bs uzl 1baf4

Bank statistikasining predmeti, metodi va vazifalari


Bank statistikasi statistika fanining bir tarmoqchasi hisoblanadi.
Bank statistikasi fanini o’rganish usulini kqrib chiqayotganimizda asosiy e’tiborni statistika fani umuman o’zida nimani mujassamlashtirishiga qaratishimiz lozim.
Statistika shunday fanki unda jamiyat io’tisodiyotdagi yuz beradigan voqea hodisalarning holati va rivojlanishi raqamlarda ifodalab beriladi.
Raqamdagi ma’lumatlar to’g’ridan-to’g’ri davlatga tegishli bo’limi, uning bozor teratoriyasiga hamda xalq xo’jaligining biror tarmog’iga tegishli bo’lishi mumkin. Statistik qo’rsatkichlar yana voqea va hodisalarni rivaojlanish (dinamika) jarayonini ma’lum bir vao’tga (yil) xarakterlaydi. Ijtimoiy voqea hodisalarni rivojlanishi raqamlarda belgilashda statistika hisobning umumlashtirish orqali amalga oshiradi.
Statistikadagi har bir raqam o’zida konkret statistik qo’rsatkichni mujassamlashtiradi, ya’ni ijtimoiy voqea hodisani sifat tomonini miqdor tomonidan ta’riflab beradi.
Bunday qo’rsatkichlarga misol qilib: aholi soni, uning yoshi bo’yicha tarkibi, jinsi bilim darajasi;
Sanoatda yoki qishloq xo’jaligida ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi, qishloq xo’jaligining mahsuldorligi, banklarni kredit resurslari hajmi, ishlab chiqarilgan milliy mahsulot hajmi va boshqalar.
Statistik qo’rsatkichlar absolyut miqdorlarda (aholi soni, mahsulot qiymati, kredit qo’yilmalari hajmi) nisbiy miqdorlarda (shahar va qishloq aholisi foizi, kredit qo’yilmalarining umumiy qo’yilmalardagi miqdori, hamda o`rtacha miqdorlar (o`rtacha ish haqi, jamg’armaning o`rtacha miqdori va boshqalar).
Shunday qilib statistikani predmeti bo’lib, jami ijtimoiy voqea hodisalarni miqdori tomoni bilan sifat tomonini qo’shib o’rganish, ya’ni mazmuniga sifat tavsifnomani berish hisoblanadi.
Barcha hodisalar (voqealar) sifat va miqdor tomonidan tavsifnoma berilgan bo’ladi. Masalan: Tijorat banklari bo’limi sifat tomonidan mazmunini qaraydigan bo’lsak, davlat muassasasi hisoblanib, pul muomalasini bajarib turuvchi, korxona va tashkilotlarni kreditlashni amalga oshiruvchi, xo’jaliklar o`rtasida o’zaro tovar va xizmatlar bo’yicha hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi hamda boshqa operatsiyalarni bajaruvchi muassasa hisoblanadi. Yuqoridagilar bilan bir qatorda bank bo’limi faoliyatini miqdoriy tomondan xarakterlash mumkin. Bunga ishchi xodimlar soni, ular tomonidan ishlanadigan pullik hujjatlar berilgan qisqa va uzoq muddatli kreditlar
summasi, hisob-kitob, kassa va boshqa operatsiyalar bo’yicha miqdoriy tavsifnoma berishni misol qilishimiz mumkin.
Statistika yalpi ijtimoiy voqea (hodisa)lar bilan shug’ullannar ekan, statistik ma’lumotlar (raqamlar) yalpi kuzatishlar natijasi, ya’ni voqealarni yalpi umumiy yig’indisi hisoblanadi. Masalan: har bir inson etarli yoshga ega bo’ladi, har bir ishchi ma’lum miqdorda ish haqi oladi. Bu ma’lumotlar konkret hisoblanib, statistik qo’rsatkich hisoblanmaydi. Ana shunday voqealarga asoslanib statistika ularni umumlashtiradi hamda aholining sonini, ularni yoshi bo’yicha guruhlarga ajratish, ishlovchilar soni, ish haqi fondi va boshqalarni, ya’ni umumlashtirilgan statistik qo’rsatkichlarni oladi.
Statistik raqamlar hamma vao’t biror bir statistik qo’rsatkichning sifat va miqdor tomonini belgisiga qarab xarakterlaydi, shuning uchun ham yalpi ma’lumotlar statistik fanda zaruriy tushuncha hisoblanadi.
Statistik to’plam - o’zining belgilari jihatdan bir-biridan farq qiluvchi sifat jihatdan bir xil asosga ega bo’lgan birlik.
Bunday to’plamga – sanoat korxonalari jami, buning asosiy sifat asosi bo’lib xalq xo’jaligini bir tarmog’iga qarashliligi hisoblanadi. Bizga ma’lumki o’z navbatida korxonalarda ishlovchilar soniga qarab, ishlab chiqarilgan mahsulot turi va qiymatiga qarab bir-biridan farq qiladi.
Lekin shuni alohida ta’kidlash kerakki, hodisaning barcha belgilari ham statistik umumlashtirilgan qo’rsatkichlarga kiravermaydi.
Buning uchun belgilashni yuqori va quyi chegaralarini belgilovchi belgisiga (o’zgaruvchan) qarab guruhga ajratish kerak bo’ladi. Statistika ana shu o’zgaruvchan belgilarni o’rganadi.
Masalan: bank bo’limlari ayniqsa, shu belgisiga qarab, ya’ni jamg’armachilarni sifat belgisiga qarab (umumiy guruhga birlashuviga qarab) ham miqdoriy belgisiga qarab (jamg’arma miqdori va boshqalar).
Shunday qilib statistika, belgining o’zgaruvchan holatiga qo’ra yalpi kuzatishni amalga oshiradi. Bunda umumlashtirish hodisalarni yalpi kuzatish asosida amalga oshirilishi kerak.
Qachonki kqpgina voqea, hodisalarni jamlanmasi amalaga oshirilgandagina ob’ektiv tavsifnoma olishimiz mumkin.
Statistik qo’rsatkichlarni o’ziga xos xususiyati shundaki, ular hamma vao’t, joyi va hajmi jihatdan anio’lanadi. Agarda gap xo’jalikning bankdagi schetidagi mablag’ining qoldig’i to’g’risida bo’ladigan bo’lsa, unda qo’rsatkich bir necha korxonalarga munosabati bo’yicha anio’lanadi.
Bunday statistik krsatkichlarni qattiq belgilanishi statistik izlanishlar predmetini o’zida mujassamlashtiradi.
Har bir hodisani rivojlanishi uning miqdoriy tomonini o’zgarishi bilan yuz beradi.
Hodisaning miqdoriy tomoni uning sifat tomoniga qaraganda o’zgaruvchan bo’ladi.
Shunday ekan bank statistikasida izlanishlar olib borishning predmeti bo’lib nima hisoblanadi?
Bank statistikasining o’rganish ob’ekti bo’lib, kredit muassasalarida bo’ladigan yalpi voqea va hodisalar hisoblanadi. Kredit muassasalariga yuklatilgan funktsiya ular bajaradigan jami operatsiyalari bilan bog’liqdir.
Qaysiki bu operatsiyalar bo’yicha doimiy kuzatish va nazorat olib borish zarur hisoblanadi. Har kuni bank muassasalaridan hisob-kitob, pulli hujjatlar o’tadi.
Pul muomalasini boshqarish xalq xo’jaligida kreditlash va hisob-kitoblarni olib borish va boshqa bank operatsiyalar bo’yicha operativ va to’liq ma’lumotlarni pul mablag’larini harakati bo’yicha olish zarurdir.
Kredit muassasalari statistikasi kredit hisob-kitob, xalq xo’jaligiga kassa xizmati qo’rsatish va boshqa operatsiyalarga sifat va miqdoriy tomondan tavsifnoma berish bilan shug’ullanadi.
Bank statistikasi – banklar faoliyatida yuzaga keladigan barcha voqea va hodisalarga miqdoriy va sifat tavsifnomasini beruvchi fan hisoblanadi. Bank statistikasi predmeti bo’lib, kredit hisob-kitob munosabatlari sohasida, yuzaga keladigan yalpi voqea hodisalar hisoblanib, ularni miqdor va sifat tomoni ajralmas hamda kuzatib boriladi.
Bunday hodisaga xo’jalik va aholining vao’tincha bqsh pul mablag’larini bankka schetga jalb qilish, xalq xo’jaligini qisqa va uzoq muddatli kreditlash kapital qo’yilmalarni moliyalashtirish va naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish, qimmatli qog’ozlar bilan operatsiyalar bajarish, chet el valyutasi bilan operatsiyalar bajarish hisoblanadi.
Kredit muassasalari statistikasi kredit – pul munosabatlaridagi muammolarni ma’lum bir vao’tda, ma’lum joyda hamda ijtimoiy – io’tisodiy rivojlanish davridagi holatini izlanish orqali harakterlaydi.
Bank statistikasi sotsial-io’tisodiy statistikaning bir tarmog’i hisoblanadi. Izlanishlarni bank sohasida olib borar ekan, bu bilan sanoat, qishloq xo’jaligi, kapital qurilish, transport statistikalaridan tubdan farq qiladi.
Bank statistikasini izlanishlar olib borishdagi umumiy metodi bo’lib dialiktik metod hisoblanadi. Uning birdan-bir talabi bo’lib, ob’ektivlik hisoblanadi.
Barcha statistik izlanishlardagi singari bank statistikasi ham izlanishlar olib borish stadiyasini quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

  1. Statistik kuzatish;

  2. Ma’lumotlarni yig’ish va guruhlash;

  3. Olingan ma’lumotlarni umumlashtirish va tahlil qilish.

Statistik izlanishlarning birinchi bo’limida statistik kuzatishlarda birlamchi ma’lumotlarni yig’ish amalga oshiriladi. Banklardan asosan kredit, pul muomalasi bo’yicha va boshqalar.
Bu kuzatish uchun asosiy usul bo’lib, yalpi kuzatish, voqeaning qonuniyligini o’rganish hisoblanadi.
Statistik izlanishlarning ikkinchi bosqichida ma’lumotlarni yig’ish va ularni belgilarga qarab guruhlarga ajratish amalga oshiriladi. Har bir guruh belgilariga qarab ma’lumotlarni ijtimoiy- io’tisodiy jihatdan rivojlanish darajasi o’rganiladi.
Statistik izlanishlarning uchinchi bosqichida yig’ilgan ma’lumotlar umumlashtirilib tahlil amalga oshiriladi. Umumlashtiruvchi xulosalar chiqarish uchun umumlashtiruvchi qo’rsatkichlardan foydalaniladi.
Bularga yig’ma (absolyut) nisbiy o`rtacha miqdor qo’rsatkichlari va indekslar kiradi.
Yuqorida ta’kidlab o’tilgan izlanishlarni bank statistikasi ma’lum joyda, vao’tda va ma’lum kredit muassasasida o’tkazadi.
Bank statistikasi fani boshqa fanlar bilan uzviy bog’langan hisoblanadi.
Bunday fanlar jumlasiga statistika umumiy nazariyasini kiritishimiz mumkin. Bu to’g’rida yuqorida ham ta’kidlab o’tgan edik.
Shuning bilan bir qatorda bank statistikasi – banklarda buxgalteriya hisobi fani bilan ham o’zaro aloqaga ega. Gap shu haqidakim buxgalteriya hisobi bilan statistika hisobining ikki tomoni hisoblanadi.
Xo’jalik hayotidagi voqea hodisalarni o’zida mujassamlashtirishga qarab har bir hisob o’zining spetsifik hususiyatiga ega. Buxgalteriya hisobi o’rganishiga qarab voqeaning birlik darajasi bo’lsa, statistika umumiy darajasi bo’yicha o’rganadi.
Bank tizimining asosiy vazifasi bo’lib:

  1. Bank operatsiyalari bo’yicha to’liq va aniq tavsifnoma berish;

  2. Bank ishidagi va xo’jalik hayotidagi kamchilik va rezervlarni o’z vao’tida anio’lash va ularni vao’t talabi nuo’tai nazaridan kelib chio`qan holda operativ boshqarish.

    1. Download 127,19 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish