Bank ishi va investitsiyalar



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/163
Sana25.02.2022
Hajmi2,63 Mb.
#464660
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   163
Bog'liq
. . - ibrohim toymuhamedov

 
va
 
moliyalashtirish bilan shug‘ullanadi. 
Davlat banklari davlat ixtiyorida bo‘lgan kredit muassasa bo‘lib, o‘zining 
birinchi kurtaklari qadimiy Rimda, Yegipetda, keyinchilik XVI-XVII asrlarda 
Yevropada vujudga kelgan.
Ixtisoslashtirilgan banklarning turdagi sifatida investitsiya, jamg‘arma, 
rivojlanish va taraqqiyot banklarini keltirish mumkin. Kredit tizimining yana bir 
qismi nobank kredit muassasalari bo‘lib, davlat va korxonalarni moliyalashtirish, 
uzoq muddatli kreditlash bilan shug‘ullanadi. 
 
12.3. Bank tizimi va uning shakllarini kengayishi. 
Kredit - bank tizimining shakllanishi va rivojlanishi - iqtisodiy islohotlarni 
amalga oshirilishining ajralmas belgilaridan (xususiyatlaridan) biridir. Bu shu bilan 
ta’kidlanadiki, bank tizimi har qanday turdagi iqtisodiyotning markaziy tizimini 
tashkil qiluvchi unsurlaridan hisoblanadi. Bank tizimi vaqtinchalik bo‘sh turgan 
pul mablag‘larini akkumulyatsiya qilish funksiyasini amalga oshiradi. Bank 
tizimining muvoffaqiyatli ishidan iqtisodiyotni samarali faoliyat ko‘rsatishi, 
umuman olganda mamlakatdagi iqtisodiy o‘sish bog‘liq bo‘ladi. Bank deb pul 
mablag‘larini yig‘uvchi, saqlab beruvchi, kredit-hisob va boshqa har-xil 
vositachilik operatsiyalarini bajaruvchi muassasalarga aytiladi. 
Agar mamlakatda yetarli darajadi bank faoliyatini ko‘rsatayotgan banklar, 
kredit tashkilotlar hamda iqtisodiy tashkilotlar mavjud bo‘lsa u holda bank tizimi 
mavjudligi to‘g‘risida gap yuritsa bo‘ladi. Ushbu sharoitda banklar va kredit 
tashkilotlari turli shakllarida hamda doimo o‘z mijozlari-iqtisodiyot sub’ektlari, 
Markaziy bank, boshqa organlar, davlat xokimiyatlari va davlat boshqaruv 


143 
organlari, o‘zaro yoki yordamchi tashkilotlar bilan muloqotda (munosabatda) 
bo‘lib turadilar. 
Bank tizimi - tashkiliy tuzilma sifatida yirik tizim bo‘lib – mamlakatning 
iqtisodiy tizimiga kiradi. Bu shuni bildiradiki, banklarning faoliyati va 
rivojlanishini moddiy va nomoddiy ne’matlarni ishlab chiqarish, muomala va 
iste’mol qilish bilan bog‘liq holda ko‘rib chiqish zarurdir. O‘zining amaliy 
faoliyatida banklar xo‘jalik xayotini tartibga solish mexanizmi bilan uzviy ravishda 
bog‘liq.
Tijorat banklarini belgilariga qarab quyidagi turlarga bo‘lish mumkin. 
Mulkchilik shakliga qarab banklar: davlat bankiga, aksiyador banklarga, 
kooperativ, xususiy, mintaqaviy, aralash mulkchilikka asoslangan bankka 
bo‘linadi. Aksiyador banklar aksiyador jamiyat kabi ochik turdagi yoki yopiq 
turdagi aksiyador banklar bo‘lishi mumkin. Aksiyadorlar safiga kirish aksiyalarni 
sotib olish yo’li bilan amalga oshiriladi. Huquqiy va jismoniy shaxslar banklarning 
aksiyalarini sotib olishi va aksiyadorlar bo‘lishi mumkin. 
Ba’zi tijorat banklari paylar (badallar) hisobidan tashkil qilinishi mumkin. 
Bu turdagi banklarning qatnashchilari ham xuquqiy va jismoniy shaxslar bo‘lishi 
mumkin. 
Xususiy banklar - jismoniy shaxsning pul mablag‘lari hisobidan tashkil 
qilingan banklar hisoblanadi. 
Joylashish belgisiga qarab tijorat banklar: xalqaro, respublika, mintaqaviy, 
viloyat banklariga bo‘linishi mumkin. 
Bajaradigan operatsiyalariga qarab tijorat banklar - universal va maxsus 
banklarga bo‘linadi. 
Universal banklar xilma-xil operatsiyalar bajarish, har xil xizmatlar amalga 
oshirish xususiyatiga ega bo‘ladi. Maxsus banklar ma’lum yo‘nalishlarga xizmat 
ko‘rsatib, o‘z faoliyatini shu yo‘nalishlarda yutuklarga, samaradorlikka erishishga 
bag‘ishlaydi. Bunday banklarga tarmoqlarga xizmat ko‘rsatuvchi banklar, eksport-
import operatsiyalarini olib boruvchi banklar, investitsiya banklari, ipoteka-zamin 
banklari kirishi mumkin.
Segmentlangan bank tuzilmasi tijorat va nobank kredit tashkilotlariga 
faoliyat muhitini (operatsiyalarini) qat’iy qonuniy tomonidan chegaralab 
qo‘yilishini bildiradi. Bunday holat hozirda AQSh, Yaponiya, Kanada kabi 
davlatlarda mavjud bo‘lib ularda korparativ mijozlarning qimmatli qog‘ozlarni 
chiqarish va joylashtirish operatsiyalari bilan shug‘ullanishlari taqiqlanadi. Biroq, 
bugungi kunda AQSh 1933 yilda qabul qilingan Glass-Stegal qonuni bekor 
qilinishi kutilmoqda. 
Ammo, rivojlangan mamlakatlarga bir yoki ikki pog‘onali bank tizimi 
xosdir. 
Bir pog’onali bank tizimi varianti mamlakatda yagona markaziy bank xali 
mavjud bo‘lmasa yoki bitta markaziy bankdan iborat bo‘lsagina real (haqiqatda) 
mavjud bo‘lishi mumkin. 
Ammo sivilizatsiya darajasidagi bozor iqtisodiyoti sharoitiga ikki pog‘onali 
bank tizimi xos. Bunda birinchi pog‘ona banklari - bu Markaziy bank, ikkinchi 
quyi pog‘ona esa-tijorat banklari va kredit tashkilotlaridir. 


144 
Markaziy bank-bank tizimi mavjud bo‘lgan barcha davlatlar pul-kredit 
tizimining asosini tashkil qiladi. Markaziy bankning moliya bozoridagi o‘rni 
mamlakatda bozor munosabatlarining rivojlanish darajasiga va xususiyatiga 
bog‘liq.
Bu esa o‘z navbatida ikki pog‘onali bank tizimini shakllanishiga asosiy omil 
bo‘lib hisoblanadi. Chunki buning tepasida Markaziy bank bo‘ladi. 
Ikki pog‘onali bank tizimining zarurli bozor munosabatlarining qarama-
qarshiliklaridan kelib chiqadi. Bir tomondan, bu xususiy moliya mablag‘laridan 
erkin foydalanish huquqini talab qiladi. Bu quyi pog‘ona banklar-tijorat banklari 
orqali amalga oshiriladi. Ikkinchi tomondan, bu munosabatlarni ma’lum miqdorda 
tartibga solish nazorat qilish maqsadli yo‘naltirish zarur. Bunday maxsus institut 
sifatida Markaziy bank yuzaga chiqadi. 
Bank faoliyatini maxsus litsenziya asosida amalga oshiriladigan faoliyatdir. 
Biz aytganimizdagi O‘zbekiston Respublikasi Tijorat banklari Markaziy bank 
tomonidan beriladigan litsenziya asosida faoliyat olib boradilar. 2017 yildan 
boshlab esa ularga qo‘shimcha litsenziyalar zarur emas.
Bozor iqtisodiyoti va jahon xo‘jaligi rivojlanishi bilan bank tizimi ham 
rivojlana bordi. Hozirgi sharoitda banklar tobora ko‘proq faqat sof bank 
operatsiyalarini bajaradigan emas. 
Tijorat banklari quyidagi operatsiyalarni bajaradi: 
- passiv operatsiyalar; 
- aktiv ssuda operatsiyalari; 
- bank xizmatlari va vostitachilik operatsiyalari; 
- bankning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiradigan operatsiyalar va 
boshqalar. 
Shu bilan birga banklar moliyaviy xizmatlar ko‘rsatadigan moliyaviy 
muassasalarga aylanmokda, bu bank balansida aks ettirilmaydi, lekin juda katta 
daromad keltiradi. Masalan: banklar valyuta operatsiyalarini bajarganda sarroflar-
brokerlar sifatida maydonga chiqadilar va katta miqdorda vositachilik xaqi 
oladilar. Lekin bu operatsiyalar bank balansida aks ettirilmaydi. Hozirgi paytda 
yirik tijorat banklari qariyib 350 turdagi moliyaviy xizmat ko‘rsatmokda.
Ular orasida eng ko‘p tarqalgani veksellarni hisobga olish usulidir. Bank 
veksel saqlovchidan naqd hisob-kitob qilish yo‘li bilan veksel sotib oladi. Unda 
qayd etilgan summadan hisobga olish foizini - ko‘rsatilgan xizmat uchun xaq 
ushlab qoladi. Veksel bo‘yicha to‘lov muddati kelganida bank uni vekselni sotgan 
veksel saqlovchiga emas, balki vekselni bergan shaxsga taqdim etadi. 
Qimmatli qog‘oz garovga olinib, beriladigan ssudalar, shuningdek mana 
shunday qog‘ozlarni harid qilish bo‘yicha operatsiyalar fond operatsiyalari deb 
yuritiladi. 
Tovar evasiga beriladigan ssudalar omborlar yo‘ldagi va savdo 
aylanmasidagi bo‘lgan tovarlarni garovga olib takdim etildi. Ssudalar o‘z muddati 
to‘lanmagan hamma hollarda garovga qo‘yilgan qimmatli qog‘ozlar va tovar 
moddiy boyliklari bank ixtiyoriga mulk bo‘lib o‘tadi. To‘lov qobiliyatiga shubha 
yo‘q yirik mijozlarga bank hech qanday ta’minotsiz ssudalar yoki bank kreditlari 
deb ataladigan qarzlar beradi. 


145 

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish