Nazorat uchun savollar
1.
Kreditning bahosi tushunchasini tushuntirib bering.
2.
Nominal va real foiz stavkasini izohlang.
3.
Oddiy va murakkab foizlar, ularni hisoblash tartibini tushuntirib bering.
4.
Ssuda kapitallari bozori va uning segmentlarini aytib bering.
5.
Qisqa muddatli pul bozorida kreditlar bahosining shakllanishini yoritib
bering.
6.
Kapital bozorida o‘rta va uzoq muddatli kreditlar bahosining
shakllanishini ochib bering.
7.
Kreditning bahosiga ta’sir qiluvchi omillarni mohiyatini yoritib bering?
8.
Markaziy bankning hisob (diskont) stavkasini izohlang.
9.
Markaziy bankning lombard stavkasini iqtisodiy mohiyatini ochib bering.
139
XII BOB. BANKLARNING KELIB CHIQISHI VA BANK TIZIMI
Reja:
12.1. Banklarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan tarixiy shart-
sharoitlar.
12.2. Banklarning turlari va ular faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari.
12.3. Bank tizimi va uning shakllarini kengayishi.
12.4. Markaziy banklarning yuzaga kelish sabablari va shart-
sharoitlari.
Tayanch iboralar:
bank, tijorat banklar, markaziy bank, ikki pog‘onali
bank, pul muomlasi, naqd pul emissiyasi, nazorat, bank tizimi, tovar-pul
munosabatlari.
12.1. Banklarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan tarixiy shart-
sharoitlar.
Banklar paydo bo‘lishining asosi bo‘lib tovar-pul munosabatlarining
rivojlanishi hisoblanadi. Tovar-pul munosabatlarining bo‘lishi va ularning
rivojlanib borishi barcha ijtimoiy-iqtisodiy to‘zumlarda banklarning ham bo‘lishini
taqozo qiladi.
Banklar o‘rta asrlarda puldorlar tomonidan pulni qabul qilish va boshqa
davlat, shahar puliga almashtirib berish asosida kelib chiqqan. Keyinchalik
puldorlar o‘z bo‘sh turgan mablag‘laridan foyda olish maqsadida ularni vaqtincha
foydalanishga mablag‘ zarur bo‘lgan korxonalarga ssudalar berishgan. Bu pul
almashtiruvchi puldorlarning bankirlarga aylanishiga olib kelgan.
Bank so‘zi italyancha “banca” so‘zidan olingan bo‘lib “stol”, banknota
“pullik stol” degan ma’noni anglatadi. O‘rta asrlarda italiyalik puldorlar
hamyonlaridagi, idishlardagi monetalarni stol ustida qo‘yib hisob-kitob qilganlar.
XII asrlarda Genuyada pul almashtiruvchilarni “bancherii” deb atashgan.
Agar puldorlardan birortasi ishonchni oqlamasa va ishiga ma’suliyatsizlik qilsa, u
o‘tirgan stol sindirib tashlangan
va uni “Vapso rotto”, yani bankrot deb atashgan.
Ya’ni, bizga ma’lum bo‘lgan “bankrot” so‘zi ham “banca” so‘zidan olingan.
Banklar paydo bo‘lishining boshlang‘ich nuqtasi bo‘lib XVI asrda
Florensiya va Venetsiyada tashkil qilingan kichik jirobanklar hisoblanadi.
Bu banklar asosan o‘z mijozlari-savdogarlarga xizmat qilgan, ular o‘rtasida
naqd pulsiz hisob-kitoblarni olib borgan. Bu banklar o‘z mijozlarini monetalar
tarkibi buzulishidan zarar ko‘rishdan himoya qilishgan. Ular hisoblarni ma’lum
summadagi qimmatbaho metallni ifodalovchi maxsus pul birligida olib borishgan.
O‘zlarining bo‘sh pul mablag‘larini jirobanklar davlatga qarzga, shaharlarga, chet
el savdogarlariga ssuda bergan. Angliya bank tizimi (XVI asr) yuzaga kelgan va
rivojlangan birinchi davlat hisoblanadi. Angliya bankirlari oltin (oltinni saqlab
berish) bilan shug‘ullanuvchilar (masalan, Londonda bank ishini ilk bor
rivojlantirgan Chayld nomli puldorni aytish mumkin) va savdogarlardan kelib
chiqqan.
Qadimgi Gretsiyada pul almashtiruvchi odamlarni “
trapezida
” (grekcha-
stol), Qadimgi rimda “
mensarilar”
(
lotincha-stol) deb atashgan.
140
Dastlabki
banklar
valyuta
ayirboshlash
operatsiyalaridan
tashqari,
odamlarning pul boyliklarini saqlash va omonatchilarga hisob-kitob xizmatlari
ko‘rsatish bilan ham shug‘ullanganlar. Keyinchalik bankirlar shu narsani
tushindiki, bankda harakasiz yotgan pullarni ma’lum foiz evaziga berib daromad
olish mumkin. Shu tariqa banklarning kredit operatsialari paydo bo‘lgan.
Banklarning kelib chiqishi va rivojlanish ishlab chiqarish bilan bog‘liq
harajatlar va talablarning oshishi, savdo kapitali aylanishining tezlashuvi bilan
bog‘liq bo‘lgan. Natural xo‘jalik munosabatlarining tugashi savdo-sotiq
munosabatlarining rivojlanishi pullik hisob-kitoblar olib borishga, kreditning
rivojlanishiga yo‘l ochdi. Ishlab chiqarishni rivojlantirish yollanma mehnatni jalb
qilishga olib kelgan. Yollanma mehnat uchun xaqning pul shaklida to‘lanishi,
doimiy pul aylanishini yuzaga keltirdi. Pul aylanishini esa bank tomonidan
boshqarish zarur edi. Shunday qilib, banklar faoliyat ko‘rsata boshladi va ular
mablag‘larni yig‘ish va taqsimlash orqali ssuda kapitali harakatini boshqara
boshladi. Ssuda kapitalistidan farqli o‘laroq bankir tadbirkor sifatida ish olib
borgan.
Agar sanoat sohasidagi puldor o‘z kapitalini sanoatga, savdogar o‘z
mablag‘ini savdoga qo‘ysa, bankir o‘z kapitalini bank ishiga qo‘yadi. Ssuda
kapitalisti asosan o‘zining bo‘sh kapitalini qarzga bersa, bankirlar asosan chetdan
jalb qilingan mablag‘larga tayanadi. Ssudaga mablag‘ beruvchi puldorning
daromadi ssuda foizi bo‘lsa, bankirning daromadi bank foydasi hisoblanadi.
Banklar korxona, tashkilot, davlat muassasalari, aholi bo‘sh pullarini jalb qilish
orqali katta hajmdagi kapitalni o‘z qo‘llarida jamlaydilar va daromad keltiruvchi
kapital harakatini boshqarib boradilar. Banklarning yiriklashuvi va ular
faoliyatining takomillashuvi ularning maxsus korxonalar – kredit muassasalariga
aylanishiga olib keladi.
Shunday qilib, bank faoliyati xalq xo‘jaligi mavjud bo‘lgan bo‘sh
mablag‘larni jalb qilish va ssuda kapitalini taqsimlashni o‘z ichiga oladi. Bank o‘z
faoliyati davomida ma’lum daromadga ega bo‘ladi. Bu daromad bank jalb qilgan
resurslarga yo‘naltirilgan foiz va joylashtirgan resurslar bo‘yicha oladigan foiz
o‘rtasidagi farqdan iborat bo‘ladi.
Banklar faoliyati rivojlanishiga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatadi:
Davlat va aholi tomonidan banklarga bo‘lgan ishonchning ortishi ularning
ixtiyoridagi vaqtincha bo‘sh pul mablag‘larni bankka jalb qilish imkonini beradi.
Keyinchalik ishlab chiqaruvchi koxonalar ham o‘z pul mablag‘larini depozit
sifatida banklarga joylashtira boshladi
XVI asrda Amerikadan Yevropaga juda katta miqdorda oltin va
kumushning kirib kelishi Italiya va Gollandiya banklarining monopoliyasiga
barham berdi. Natijada Yevropada banklararo raqobat shakllandi.
Banklar faoliyati rivojlanib borishi bilan ular endigna qimmatli qog‘ozlar
bzorida paydo bo‘lgan. Shu tariqa banklarning yangi operatsiyalari paydo bo‘ldi.
Banklar o‘zining spitsifik ya’ni “o‘ziga xos” xususiyatiga ko‘ra milliy
to‘lov tizimining tayanchiga aylantirildi. Endi iqtisodiyotdagi barcha to‘lovlar
banklar orqali o‘tadigan bo‘ldi. Bu banklarning iqtisodiyotdagi mavqeini keskin
oshirdi.
141
Birinchi Markaziy bank 1650-yilda Shvetsitaning
Riks banki;
1694-yilda Angliya Markaziy banki;
1800-yilda Fransiya Markaziy bani;
1893-yilda Italiya Markaziy banki ;
1913-yilda AQSh federal zahira tizimi tashkil etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |