Bank ishi va investitsiyalar


 Kreditning bahosiga ta’sir qiluvchi omillar



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/163
Sana25.02.2022
Hajmi2,63 Mb.
#464660
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   163
Bog'liq
. . - ibrohim toymuhamedov

 
11.3 Kreditning bahosiga ta’sir qiluvchi omillar. 
Bankning foiz siyosati kredit siyosatining asosiy bo‘limi hisoblanadi. Bu 
siyosat turli kreditlar va qarzdorlar bo‘yicha belgilanuvchi foiz stavkalarini 
aniqlashda foydalaniladigan quyidagi 3 omillarni o‘z ichiga oladi: 
- O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish 
stavkasi;
- kredit resurslari (o‘z va jalb qilingan mablag‘lari) manbalari;
- kreditlash, qarzdorlar turlari va yo‘nalishlari 
Kreditlarni bahosiga quyidagi omillar ta’sir etadi. 
I. Bank tomonidan berilgan kreditlarning iqtisodiyotning tarmoqlari 
o‘rtasida joylashtirilganlik holati.
Ushbu yo‘nalishning ahamiyati shundaki, tijorat banklari kredit portfelini 
diversifikatsiya qilishning asosiy mezonlaridan biri kreditlarni mijozlarning tarmoq 
xususiyatiga ko‘ra joylashtirilganligi hisoblanadi. Shu jihatdan olganda, ushbu 
yo‘nalish kredit siyosatining samaradorligini belgilashda hisobga olinadigan asosiy 
omillardan biri hisoblanadi. 
II. Tijorat banki tomonidan berilayotgan qisqa va uzoq muddatli 
kreditlarning o‘zaro nisbati.
Tijorat banklari faoliyatining mazmuniga ko‘ra, avvvalo, qisqa muddatli 
kreditlash institutlari hisoblanadi. Ular xo‘jalik sub’ektlarining aylnma 
mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishda muhim rol o‘ynaydi.
Ko‘pchilik rivojlanayotgan davlatlarda inflyatsiya darajasining nisbatan 
yuqori va nobarqaror ekanligi tijorat banklarining kredit portfelida qisqa muddatli 
kreditlarning salmog‘ining yanada oshishiga sabab bo‘ladi. 
Inflyatsiya darajasi nisbatan yuqori bo‘lmagan va barqaror bo‘lgan sharoitda 
o‘zoq muddatli kreditlar hajmini oshirish tijorat banki daromad bazasini 
mustaxkamlashning sinalgan usullaridan biri hisoblanadi. 
III. Tijorat banklari tomonidan berilgan jami kreditlar hajmida muddati 
o‘tgan kreditlar salmog‘ining o‘zgarishi.
Tijorat banklari tomonidan berilgan jami kreditlar hajmida muddati o‘tgan 
kreditlar salmog‘ining o‘zgarishi kredit siyosatining samaradorligini tavsiflovchi 
asosiy ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. 
Rivojlangan xorijiy davlatlarda bank amaliyotida, xususan, G‘arbiy Yevropa 
davlatlarining bank amaliyotida muddati o‘tgan kreditlar jami kredit qo‘yilmalari 
hajmidagi salmog‘ini 3 foizdan oshmasligi normal holat hisoblanadi. Bu 
ko‘rsatkichning yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan chegaraviy miqdori 5 foizni tashkil 
qiladi. 


135 
IV. Kreditlardan olingan foizli daromadlarning jami foizli daromadlar 
hajmidagi salmog‘ining barqarorligini ta’minlash.
Tijorat bankining moliyaviy barqarorligini ta’minlashning birlamchi 
omillaridan biri kreditlardan olingan foizli daromadlarning jami foizli daromadlar 
hajmidagi yuqori va barqaror darajasini ta’minlash hisoblanadi. Buning boisi 
shundaki, kreditlash tijorat banklari faoliyatining asosiy yo‘nalishi hisoblanadi. 
Shuning uchun banklar yalpi daromadining asosiy qismini kreditlash faoliyatidan 
olishlari lozim. 
V. Kreditlash shakllaridan foidalanish darajasi.
Kreditlash shakllaridan to‘laqonli tarzida foydalanish kredit siyosatining 
samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi.
Kreditlash shakllari bankning kreditlash imkoniyatini oshirishga bevosita 
ta’sir qiladi. 
Hozirgi vaqtda, respublikamiz bank amaliyotida kreditlashning asosan ikki 
shaklidan foydalanilmoqda. Bular mijozni alohida ssuda hisobraqamidan kredit 
liniyasi ochmasdan turib kreditlash shakli va faktoring shaklidir. 
Respublikamiz tijorat banklari tomonidan kreditlashning overdraft, 
kontokorrent, kredit liniyasi ochish yo‘li bilan kreditlash, forfeyting shakllaridan 
foydalanilmayotganligi ularning kredit siyosatining samaradorligiga salbiy ta’sir 
qiladi. 

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish