Bank ishi va investitsiyalar


 Banklarning turlari va ular faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/163
Sana25.02.2022
Hajmi2,63 Mb.
#464660
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   163
Bog'liq
. . - ibrohim toymuhamedov

 
12.2. Banklarning turlari va ular faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari 
Kredit tizimi deb kredit munosabatlar majmuasi va kredit munosabatlarni 
tashkil qiluvchi va amalga oshiruvchi kredit institutlar yig‘indisiga aytiladi. Kredit 
tizimi orqali huquqiy va jismoniy shaxslarning vaqtincha bo‘sh mablag‘lari 
yig‘iladi va korxona, tashkilotlarga, davlatga vaqtincha foydalanishga beriladi. 
Kredit tizimi bir necha bo‘g‘inlardan iborat bo‘lishi mumkin. Mablag‘larni jalb 
qilishi va taqsimlanishiga qarab kredit tizimi bo‘g‘inlari o‘z xususiyatlariga ega 
bo‘ladi. Jahon amaliyotida kredit tizimi o‘zining tashkil qilinish turiga qarab 
quyidagi guruxlarga bo‘linadi. 
• Markaziy bank 
• Tijorat banklar 
• maxsus-kredit institutlar 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ikki pog‘onali kredit bank tizimi ko‘p 
mamlakatlar iqtisodining asosi hisoblanadi. Bu Markaziy bank, bank institutlari va 
nobank kredit muassasalaridir. 
Bank institutlariga quyidagi banklar kiradi: 
- tijorat banklar; 
- investitsiya banklari; 
- jamg‘armalar jalb qiluvchi banklar (O‘zbekistonda Xalq banki); 
- ipoteka banki; 
- savdo banklari; 
- tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘yicha banklar;
- tarmoqlar bo‘yicha ixtisoslashgan banklar va boshqalar. 
Nobank kredit tashkilotlarga: 
- investitsiya kompaniyalari; 
- sug‘urta kompaniyalari; 
- nafaqa va boshqa fondlar kiradi. 
O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga asosan bank - tijorat muassasasi 
bo‘lib, jismoniy va huquqiy shaxslarning bo‘sh turgan pul mablag‘larini jalb qilish 
va ularni o‘z nomidan, to‘lovlilik, muddatlilik, qaytib berish sharti asosida 
joylashtirish operatsiyalarini va boshqa bank operatsiyalarini bajaradi. 
Banklar - tovar-pul xo‘jaligining ajralmas atributidir. Tarixan bo‘lar yonma-
yon rivojlanib keldilar. Shuning uchun qiymatning pul shakli muomalasining 
boshlanishi bank ishining boshlanishi deb hisoblash, hamda bank faoliyatining 
rivojlanishidagi yetukligi doimo iqtisodiyotdagi tovar-pul aloqalarining rivojlanish 
darajasiga mos kelgan. 
Banklar-moliyaviy bozorining tashkiliy tuzilishining bir qismi bo‘lgan kredit 
tashkiloti bo‘lib, jismoniy va yuridik shaxslarning vaqtinchalik bo‘sh turgan pul 
mablag‘larini jamg‘arish, yig‘ish, jamlangan (akkumulyatsiya qilingan) 


142 
mablag‘larni o‘z nomidan qaytarib berishlilik, muddatlilik asosida berish hamda 
mijozlarning topshirig‘iga ko‘ra, to‘lovlarni amalga oshirish vazifalarini amalga 
oshiradilar. 
Banklar ma’lum belgilariga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi: 
• mulk shakliga qarab: aksioner, noaksioner, kooperativ, kommunal, davlat, 
aralash, xalqaro banklarga bo‘linadi; 
• kredit beruvchi banklarga; 
• milliy mavqei bo‘yicha: milliy va xorijiy banklarga; 
• faoliyat ko‘rsatishi va bajaradigan funksiyalariga qarab: depozit, universal, 
ixtisoslashgan banklarga bo‘linadi. 
Aksioner banklar aksioner kompaniyalar sifatida yuzaga kelgan banklar 
bo‘lib aksiyalar chiqarish hisobidan ular kapitalining asosiy qismi yuzaga 
keltiriladi. Ko‘pgina rivojlangan mamlakatlarda bank tizimining asosiy qismini 
aksioner banklar tashkil qiladi. 
Aksioner bo‘lmagan banklar paychilar mablag‘lari hisobidan tashkil qilingan 
banklar bo‘lib, ular bir yoki bir necha shaxs ixtiyorida bo‘lishi mumkin. 
Mayda ishlab chiqaruvchilar, xunarmandlarning faoliyatini qo‘llab-
quvvatlash maqsadida kooperativ banklar tashkil qilinadi. Bu banklarning 
mablag‘lari ishtirokchilarning mablag‘lari hisobidan vujudga keltiriladi va 
mijozlarga ularning faoliyatini rivojlantirish uchun yengil sharoitda kredit beriladi. 
Kommunal banklar ixtisoslashgan kredit tashkilotlar bo‘lib, kommunal xo‘jalik va 
uy-joy qurilishini kreditlash

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish