Bank ishi va investitsiyalar


 Markaziy banklarning yuzaga kelish sabablari va shart-sharoitlari



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/163
Sana25.02.2022
Hajmi2,63 Mb.
#464660
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   163
Bog'liq
. . - ibrohim toymuhamedov

12.4 Markaziy banklarning yuzaga kelish sabablari va shart-sharoitlari 
Kredit moliya-tizimining barqarorligining ta’minlash, uning alohida 
bo‘g‘inlarining birinchi navbatda tijorat banklari faoliyatini barqarorligini 
ta’minlash mamlakat markaziy bankning asosiy vazifasi hisoblanadi. Markaziy 
bankning yana bir asosiy vazifalaridan kredit organlarini (tizimini) faoliyatini 
tartibga solish va umumlashtirishdan iboratdir.
Uzoq yillar mobaynida tijorat banklari va emission banklarining bajaradigan 
funksiyalari qo‘shilib ketdi. Bular qatoriga banknotlarni emissiya qilishning 
markazlashuvi bir qo‘lda yoki bir necha banklarning qo‘lida ya’ni davlatning 
maxsus qonuniy dalolatnomalari bilan qo‘llab-quvvatlanadigan banklar qo‘lida 
ushlab turishi, keyinchalik esa ular orasidan yiriklarini ajratib so‘ng emissiya 
chiqarish xuquqini berilishini yoki aloxida markaziy emission banklar deb 
nomlanuvchi banklarning paydo bo‘lish jarayonlarini misol qilib keltirish mumkin.
Zamonaviy ikki pog‘onali bank tizimi ko‘p sonli tijorat banklari va yagona 
Markaziy bankga asoslangan bank tizimi shu yo‘l bilan vujudga keldi. Odatda 
Markaziy bank - bu davlat balki, masalan, Angliya banki, Fransiya banki, Bundes 
bank, Yaponiya banki, Shvetsariya milliy banki, Finlyandiya banki va hakozo 
yagona banklardan tashkil topadi. Biroq AQSh Markaziy bank 12 hududiy Federal 
banklardan, ya’ni federal zahira tizimi (FRS) boshqaruv kengash tomonidan 
boshqariladigan bo‘limlardan iboratdir.
Markaziy bank kapitaliga bo‘lgan mulk shakliga ko‘ra ular Davlat (kapital 
davlatga tegishli) aksioner va aralash kapitalli turlariga bo‘linadi.
Ba’zi Markaziy banklar Davlat banklari ko‘rinishlarida shakllanadilar. 
Ularga Nemis Federal Banki (Germaniya Bundes banki). 1957 yilda Riks bankning 
davomchisi (1975 yilda paydo bo‘lgan) sifatida shakllandi. Ba’zi Markaziy banklar 
- oldin xususiy bank masalan, Angliya banki (1694), Fransiya banklari (1800y.) 
sifatida keyinchalik esa milliylashtirilib davlat bankiga aylantirilgan. 
Aksioner turidagi Markaziy bank qatoriga AQSh FRT (Federal Zahira 
tizimi) kiritish mumkin. FRS 1913 yildagi Federal Zahira asosida paydo bo‘lgan 
aralash turdagi Markaziy banklar jumlasiga kapitalida davlat, aksioner va xususiy 
va kapital ishtirok etgan banklar kiradi. Bu guruxlar qatoriga kiruvchi Yaponiya 
banklar (1882y.) misol qilinib keltirilishi mumkin. Qonun bo‘yicha 1942 yilda 
55% ustav kapitali davlatga tegishlidir. Deyarli barcha mamlakatlarda Markaziy 
bank huquqiy me’yorlarini tartibga soluvchi, aniqlovchi (belgilovchi) qonunlar 
mavjuddir. Turli mamlakatlarda Markaziy banklarga turli funksiyalarni belgilab 
berilishi mumkin. Lekin Markaziy bank doimo Davlat va bank belgilarini o‘zida 
mujassamlashtirilgan o‘zida Davlatning tartibga soluvchi organi bo‘lib qoladi.
Mamlakatning Markaziy Banki - shu davlat bank tizimining asosiy qismi 
bo‘lib hisoblanadi. Markaziy bank - birinchi o‘rinda davlat va iqtisodiyot o‘rtasida 
vositachi bo‘lib xizmat qiladi. Ammo Markaziy bank o‘z oldiga foyda olishni 
maqsad qilib qo‘ymaydi. 
Markaziy banklarning paydo bo‘lishi quyidagi sabablar bilan belgilanadi: 
1.
Naqd pullarni emissiya qilishning bitta markazda to‘planishining zarurligi 


146 
2.
Tijorat banklarining inqiroz paytida naqd pul emissiyasi bo‘yicha 
majburiyatlarini taminlay olmasdi. Bunga misol qilib , 1907-yilda AQShdagi 
inqirozni aytish mumkin. 
3.
Davlatni moliyaviy tang, og‘ir ahvoldan qutqarish. Angliya Markaziy 
bankining monarz Karl II ni davlat moliya majburiyatlarini bajarish uchun tashkil 
etilgan. 
4.
Xususiy tijorat banklarining o‘zi ham pul emissiya qilishdan bezib 
qolishdi. (
Senvoraj-
naqd pul emissiyasidan olinadigan daromad) 
Lekin, umuman olganda Markaziy banklar tomonidan bajariladigan 
operatsiyalar quyidagi to‘rt guruhga (turga) bo‘linadi: 
1. Banknotlarning monopol emissiyasini amalga oshirish; 
2. Markaziy bank - banklar banki hisoblanadi; 
3. Markaziy bank - hukumat bankiri hisoblanadi; 
4. Markaziy bank pul - kreditni tartibga soladi va bank nazoratini amalga 
oshiradi. 
Markaziy banklarga davlat vakili sifatida qonuniy tarzda banknotlarni 
monopol ravishda emissiya qilish biriktirilgan, ya’ni umummilliy kredit pullarini 
bosib chiqarish yuklatilgan. Ta’kidlash kerakki, sanoati rivojlangan mamlakatlarda 
banknotalar pul massasining sezilarsiz qismini tashkil etadi, shuning uchun 
Markaziy bankning monopol emissiya funksiyasi birmuncha pasaytirilgan. Biroq, 
banknotalarni chiqarish funksiyasi mamlakatdagi pul zahiralarini tashkil qiluvchi, 
chakana pul muomalasini naqd banknotalar bilan ta’minlash va kredit tizimini 
likvidliligini ta’minlash vositasi hisoblanadi. Bu funksiyalar naqd pul muomalasi 
ulushi sezilarli bo‘lgan mamlakatlarda katta ahamiyatga egadir. 
Markaziy bank bevosita tadbirkorlar va aholi bilan hech qanday faoliyat olib 
bormaydi. Uning asosiy mijozlari bo‘lib tijorat banklari hisoblanadi. Tijorat 
banklari iqtisodiyot va Markaziy bank orasida (o‘rtasida) vositachi sifatida faoliyat 
ko‘rsatadilar. Markaziy banklar banki sifatida tijorat banklarining zahiralarini 
saqlaydi, jumladan, majburiy zahira talablari shaklidagi pul mablag‘larini saqlaydi, 
ularning kreditorlari sifatida ishtirok etadi, tijorat banklarining Markaziy bankda 
ochadigan hisob varaqlari orqali (O‘zbekiston Respublikasi- hisob-kassa markazi) 
mamlakat miqyosida naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshiradilar; banklar va 
boshqa kredit institutlari ustidan nazoratni olib boradilar.
Kapitalidagi mulk shaklidan qat’iy nazar Markaziy bank davlat bilan uzviy 
bog‘liqdir. Xukumat bankiri sifatida - Markaziy bank xukumat g‘azinachisi o‘rnida 
va kreditori sifatida, vakili (agenti), Moliyaviy maslahatchisi sifatida faoliyat olib 
boradi(ishtirok etadi). Bu o‘rinda Markaziy bank hukumat tashkilotlari va 
korxonalarning hisob raqamlarini yuritadi, soliqlar va boshqa tushumlarni yig‘adi, 
to‘lovlarni amalga oshiradi.
Markaziy bank, qoidaga binoan, davlat budjetining kassa ijrosini amalga 
oshiradi. Davlatga soliqlar va zayomlardan (obligatsiyalardan) tushgan daromadlar 
xukumat harajatlarini qoplovchi Markaziy bankda ochilgan yagona g‘aznachilik 
hisob raqamiga g‘aznachilikning foizsiz raqamiga o‘tkaziladi. (Moliya vazirligi). 
Hukumatning kreditori sifatida, Markaziy bank davlat zayomlarini 
yangilarini muomalaga chiqarish, joylashtirish, o‘zining portfelini to‘ldirish uchun 


147 
davlat qog‘ozlarini sotib olish, davlatga (hukumatga) to‘g‘ri g‘azna kreditlarini 
berish bilan shug‘ullanadi. 
Davlat budjetining defitsiti sharoitida ko‘pgina mamlakatlarda Markaziy 
bankning hukumatni kreditlash va davlat qarzini boshqarish funksiyalari 
kuchayadi. Markaziy bank davlat qarzini boshqarish uchun usullardan foydalanadi. 
Masalan, davlat majburiyatlarining kurslariga ta’sir ko‘rsatish maqsadida ularni 
sotadi va sotib oladi, sotish shartlarini o‘zgartiradi, turli yo‘llar bilan xususiy 
investorlar uchun ularni jozibadorligini oshiradi. 
Davlatning vakili (agenti) funksiyasida, Markaziy bank mamlakatning oltin-
valyuta zahiralaridan foydalanadi, milliy pul birligi kursini ushlab turish uchun 
valyuta bozorlarida valyuta intervitsiyasi kabi vositalardan foydalanadi. Markaziy 
bank xalqaro valyuta-kredit tashkilotlarda o‘z mamlakati nomidan qatnashadi. 

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish