Bank ishi va investitsiyalar


 Tijorat banklari faoliyatini tashkil etishning huquqiy asoslari



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/163
Sana25.02.2022
Hajmi2,63 Mb.
#464660
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   163
Bog'liq
. . - ibrohim toymuhamedov

 
13.2 Tijorat banklari faoliyatini tashkil etishning huquqiy asoslari 
O’zbekiston Respublikasi tijorat banklarining faoliyati O‘zbekiston 
Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘grisida” gi Qonuni hamda 


154 
"O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida"gi Qonun, boshqa 
qonun hujjatlari bilan tartibga solib boriladi. 
Ushbu qonunlarda bank tushunchalariga va ularning operatsiyalariga ta’riflar 
keltirilgan. Unga ko‘ra bank – bank hisobvaraqlarini ochish va yuritish, to‘lovlarni 
amalga oshirish, omonatlarga (depozitlarga) pul mablag‘larini jalb etish, o‘z 
nomidan kreditlar berish bo‘yicha bank faoliyati sifatida aniqlangan operatsiyalar 
majmuini amalga oshiruvchi tijorat tashkiloti bo‘lgan yuridik shaxsdir. 
Banklar bevosita ishlab chiqarish, savdo va sug‘urta faoliyati bilan 
shug’ullanishga xaqli emaslar. 
 
Banklar uchun quyidagi vakillik hisobvaraqlari ochiladi: 
a) O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankidagi milliy va chet el 
valyutasidagi vakillik hisobvaraqlari; 
b) rezident banklardagi vakillik hisobvaraqlari. 
Rezident tijorat banklar milliy va chet el valyutasida vakillik 
hisobvaraqlarini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Hisob-kitob 
markazida ochadilar. 
Yangi tashkil etilayotgan bank ta’sischilari bank ro‘yxatga olingunga qadar 
ta’sis badallarini yig‘ish uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida yoki 
boshqa tijorat bankida vaqtinchalik 29801 - "Mijozlar bilan hisob-kitoblar" 
hisobvarag‘ini ochadi. 
Vaqtinchalik hisobvaraqni ochish uchun vakolatli shaxs ta’sischilar nomidan 
hisobvaraq ochish to‘g‘risida ariza taqdim qiladi. 
Banklarga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida ro‘yxatga olinib, 
bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun litsenziya berilgandan keyin vakillik 
hisobvarag‘i ochiladi. 
Vakillik hisobvarag‘i ochilayotganda, vakillik munosabatlari to‘g‘risida 
shartnoma tuziladi. 
Tijorat banki milliy valyutada vakillik hisobvarag‘i ochish uchun 
quyidagilarni taqdim qiladi: 
a) hisobvaraq ochish to‘g‘risida ariza; 
b) soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami berilganligi to‘g‘risida 
guvohnoma nusxasi; 
v) bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi 
Markaziy banki tomonidan berilgan litsenziyaning nusxasi; 
g) statistika organlari tomonidan berilgan Korxona va tashkilotning yagona 
davlat ro‘yxatiga kiritilganligi to‘g‘risida guvohnoma nusxasi; 
d) imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan varaqcha. 
Rezident banklarga chet el valyutasida vakillik hisobvaraqlari chet el 
valyutasidagi operatsiyalarni amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi 
Markaziy bankining litsenziyasi bo‘lgan holdagina boshqa rezident vakolatli 
banklarda ochiladi. 
Norezident banklar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida 
va O‘zbekiston Respublikasining vakolatli banklarida vakillik hisobvaraqlarini 
ochish uchun quyidagilar taqdim qilinadi: 


155 
a) norezident bankning to‘liq nomi va uni ro‘yxatdan o‘tkazgan davlatdagi 
yuridik manzili ko‘rsatilgan holda hisobvaraq ochish to‘g‘risida ariza; 
b) imzolar va muhr izi qo‘yilgan varaqcha hamda mazkur davlatning 
Markaziy (Milliy) banki tomonidan berilgan litsenziyaning legallashtirilgan 
nusxasi; 
v) norezident bank tomonidan va u ro‘yxatga olingan davlatda jinoiy 
faoliyatdan 
olingan 
daromadlarni 
legallashtirishga 
va 
terrorizmni 
moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro standartlar qo‘llanilishi 
to‘g‘risidagi axborot. Bank quyidagi hollarda o‘z faoliyatini to‘xtatadi:

aksiyadorlar yigilishining karoriga ko‘ra;

Markaziy bank litsenziyani chakirib olganida;

bankrot deb e’lon kilinganida.
Aksiyadorlarning umumiy yig’ilishi, bank kengashi va boshqaruvi bankning 
boshqaruv organlari xisoblanadi.
Banklarning 
barkarorligini 
ta’minlash 
xamda 
omonatchilar 
va 
kreditorlarning manfaatlarini ximoya kilish maqsadida banklar Markaziy bank 
tomonidan belgilanadigan iqtisodiy normativlarga rioya etishlari shart.
Banklar o‘z faoliyatlariga doir xisobot va boshka axborotni Markaziy 
bankka o‘z vaktida takdim etishlari shart. Banklar va ularning mijozlari o‘rtasidagi 
munosabatlar shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
Banklar shartnoma asosida mablag’larni depozitlar, kreditlar shaklida bir-
birlaridan jalb etishi va bir-biriga joylashtirishi, tashkil etiladigan xisob-kitob 
markazlari va vakillik xisobvaraqlari orqali xisob-kitoblarni amalga oshirishi 
xamda litsenziyada nazarda tutilgan boshqa o‘zaro operatsiyalarni bajarishi 
mumkin.
Banklar o‘z mijozlari va vakillarining operatsiyalari, xisobvaraqlari xamda 
jamg’armalariga doir ma’lumotlar sir saqlanishiga kafolat beradi. Banklarning 
bank operatsiyalari bozorini monopoliyalash va bank ishida raqobatni cheklashga 
qaratilgan bitimlarga erishish maqsadida o‘z ittifoqlari, uyushmalari va boshqa 
birlashmalaridan foydalanishi taqiqlanadi.
Banklarning faoliyati qonun hujjatlariga muvofiq auditorlik tekshirishlarini 
amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan auditorlar tomonidan xar yili 
tekshirib turilishi lozim.
Markaziy bank konun xujjatlariga muvofiq banklar faoliyatini nazorat qilib 
boradi.
Banklar O‘zbekiston Respublikasida o‘z filiallarini, chet el banklari esa o‘z 
vakolatxonalarini Markaziy bankning ruxsati bilan ochishlari mumkin.

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish