Bank ishi va investitsiyalar



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/163
Sana25.02.2022
Hajmi2,63 Mb.
#464660
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   163
Bog'liq
. . - ibrohim toymuhamedov

Nazorat uchun savollar: 
1. «Bank» tushunchasi va uning iqtisodiy mohiyatini tushuntiring. 
2. Banklar - xo‘jalik yurituvchi korxona sifatida. 
3. Bozor iqtisodiyotida kreditning ijtimoiy funksiyalari xususiyatlarini 
aytib bering. 
4. Bank aksioner tashkiloti sifatida. 
5. O‘zbekiston tijorat banklarida menejmentni rivojlantirish nima uchun 
zarur. 
6. O‘zbekiston Respublikasi bank tizimi xolati va rivojlanish istiqbollari 
nimadan iborat? 
7. Banklarning operatsiyalari va ularning tuzilishi qanday xususiyatga ega. 
8. Aholi pul daromadlari va xarajatlarini muozanatlashtirish muammolari 
nimalard o‘z aksini topgan? 


165 
XIV BOB. MARKAZIY BANK VA UNING FUNKSIYALARI 
Reja: 
14.1. Markaziy bank faoliyatining maqsadi va tashkil tuzilishi
14.2. Markaziy bank faoliyatining vazifalari va funksiyalari 
14.3. Markaziy bankning “banklarning banki”funksiyasi 
14.4. Markaziy bankning “davlatning banki” funksiyasi 
 
Tayanch iboralar: 
pul barqarorligi, emission, banklar banki, davlat banki, 
valyuta, zahira. 
 
14.1. Markaziy bank faoliyatining maqsadi va tashkiliy tuzilishi 
Odatda Markaziy bank - bu davlat banki, balki boshqa mulk shaklidagi 
bankdir. Masalan, Angliya banki, Fransiya banki, Bundes bank, Yaponiya banki, 
Shvetsariya milliy banki, Finlyandiya banki va boshqa yagona banklardan tashkil 
topadi. Biroq, AQSh Markaziy bank 12 xududiy Federal banklardan, ya’ni federal 
zahira tizimi (FRS) boshqaruv kengash tomonidan boshqariladigan bo‘limlardan 
iboratdir.
Markaziy bank kapitaliga bo‘lgan mulk shakliga ko‘ra ular Davlat (kapital 
davlatga tegishli) aksioner va aralash kapitalli turlariga bo‘linadi.
Ba’zi Markaziy banklar Davlat banklari ko‘rinishlarida shakllanadilar. 
Ularga Nemis Federal Banki (Germaniya Bundes banki). 1957 yilda Riks bankning 
davomchisi (1975 yilda paydo bo‘lgan ) sifatida shakllandi. Ba’zi Markaziy 
banklar- oldin xususiy bank masalan, Angliya banki (1694), Fransiya banklari 
(1800) sifatida keyinchalik esa milliylashtirilib davlat bankiga aylantirilgan. 
Aksioner turidagi Markaziy bank qatoriga AQSh FRT (Federal Zahira 
tizimi) kiritish mumkin. FRS 1913 yildagi Federal Zahira asosida paydo bo‘lgan 
aralash turdagi Markaziy banklar jumlasiga kapitalida davlat, aksioner va xususiy 
va kapital ishtirok etgan banklar kiradi.
Bu guruhlar qatoriga kiruvchi Yaponiya banklar (1882 y.) misol kilinib 
keltirilishi mumkin. Qonun bo‘yicha 1942 yilda 55% ustav kapitali davlatga 
tegishlidir. Deyarli barcha mamlakatlarda Markaziy bank huquqiy me’yorlarini 
tartibga soluvchi, aniklovchi (belgilovchi) qonunlar mavjuddir.
Turli mamlakatlarda Markaziy banklarga turli funksiyalarni belgilab 
berilishi mumkin. Lekin Markaziy bank doimo Davlat va bank belgilarini o‘zida 
mujassamlashtirilgan o‘zida Davlatning tartibga soluvchi organi bo‘lib qoladi.
Mamlakatning Markaziy Banki - shu davlat bank tizimining asosiy qismi 
bo‘lib hisoblanadi. Markaziy bank - birinchi o‘rinda davlat va iqtisodiyot o‘rtasida 
vositachi bo‘lib xizmat qiladi. Ammo Markaziy bank o‘z oldiga foyda olishni 
maqsad qilib qo‘ymaydi. 
Markaziy bank faoliyatining asosiy maqsadlari: 

narxlarning; 

bank tizimining; 

to‘lov tizimlari ishlashining barqarorligini ta’minlashdan iboratdir.
20
20
O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki to`g`risidagi qonun. Toshkent, 2019 yil, 11 noyabr.


166 
Bugungi kunda har qanday davlatning moliya-kredit tizimida eng asosiy va 
muhim o‘rinni rasmiy pul-kredit siyosatini yurgizuvchi - Markaziy bank egallaydi. 
O‘znavbatida pul-kredit siyosati budjet siyosati bilan birgalikda iqtisodiyotni butun 
mamlakat miqyosida tartibga solishning asosi bo‘lib hisoblanadi. 
Banklar paydo bo‘lishining boshlangich davrlarida ular markaziy emissiya 
yoki tijorat banklari tariqasida yuzaga kelgan emas, ya’ni ular o‘rtasida hozirgidek 
bo‘linish bo‘lmagan.
Bank ishi ivojlanishining birinchi bosqichlarida rivojlantan mamlakatlarda 
ijorat banklari kapitallarni yig‘ish maqsadida muomalaga banknotalar chiqarganlar.
Banklarning yiriklashuvi, bank ishining rivojlanishi natijasida banknotalarni 
muomalaga chiqarish yirik tijorat banklar qo‘liga o‘ta borgan va keyinchalik biror 
yirik bank ixtiyoriga berilgan. Bu bank milliy yoki emission bank keyinchalik 
Markaziy bank deb atalgan.
Markaziy bank ya’ni kredit tizimini boshqarib turuvchi, barcha banklar 
faoliyatini nazorat qilib turuvchi kredit instituta sifatida namoyon bo‘ladi. 
Jahon amaliyotida Markaziy banklar vujudga kelishining ikki asosiy yo‘li 
mavjud
.
Birinchi yo‘l - bu uzoq davr davomida tijorat banklarining rivojlanishi 
natijasida, ularni milliylashtirish yo‘li
bilan Markaziy banklarning tahlil qilinishi. 
Bunga misol qilib Angliya bankini 1844 yil, Fransiya bankini 1848 yil, Ispaniya 
banki 1874 yil, Germaniya Reyxsbanki - 1875 yil, Italiyada 1893 yilda, Ispaniyada 
1874 yilda mavjud banklarning emission markaz sifatida faoliyat ko‘rsatishga 
moslashganligini keltirish mumkin. 
Ikkinchi yo‘l - tashkil qilingandayoq Markaziy bank - emission markaz 
sifatida qabul qilingan banklar. Bunday banklarga AQShning Federal banklari, 
1913 yillarda ko‘pgina Lotin Amerika mamlakatlarda tashkil qilingan banklar, 
Avstriya banki va boshqalarni misol keltirish mumkin. 
AQShda Markaziy bank funksiyasini 12 federal zahira bankdan iborat 
Federal Zahira tizimi bajaradi. Federal zahira banklar aksioner banklar bo‘lib, bu 
banklarning aksionerlari sifatida milliy tijorat banklari faoliyat ko‘rsatadi. Tijorat 
banklar aksioner sifatida dividend olishadi. Dividend miqdori 6% dan oshmasligi 
kerak 
Markaziy banklar ijrochi tashkilotlar ta’sirisiz, o‘z faoliyatini olib borishlari 
kerak 
Jahonda o‘z faoliyatini olib borishda eng mustaqil bo‘lgan banklardan biri 
bu Nemis Federal banki - Bundes bank hisoblanadi. Ba’zi bir davlatlarda Markaziy 
bank parlamentga hisobot beradi. 
Ko‘pgina hollarda Markaziy banklar o‘z faoliyatida mustaqil bo‘lsada, shu 
bilan birga davlat banki hisoblanadi: 

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish