Bank ishi va investitsiyalar


 Xedjerlash va uning valyuta munosabatlarini tashkil qilishdagi



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/163
Sana25.02.2022
Hajmi2,63 Mb.
#464660
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   163
Bog'liq
. . - ibrohim toymuhamedov

20.5 Xedjerlash va uning valyuta munosabatlarini tashkil qilishdagi 
roli. 
70-yillarning boshidan barcha davlatlarning erkin suzadigan kurslar rejimiga 
o’tishi, tashqi iqtisodiy munosabatlar soxasida sezilarli salbiy oqibatlarga olib 
keldi. Boshqacha qilib aytganda, jahon bozorida valyuta kurslarlarining erkin 
suzishi sharoitida iqtisodiy muvozanatsizlik kuchaydi.
Valyuta tavakkalchiligi deganda, keng ma’noda, valyuta kurslarining 
tebranishi oqibatida tashqi iqtisodiy operatsiyalar natijalarini va tashqi iqtisodiy 
munosabatlar ishtirokchilari bo’lmish xo’jaliklar faoliyatlari natijasining o’zgarish 
extimoli tushuniladi. Valyuta tavakkalchiligi ta’siri ostiga tashqi iqtisodiy 
munosabatlarning barcha sub’ektlari tushadi: davlat, banklar, savdo va sanoat 
kompaniyalari, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar. 


266 
Valyuta kurslarining muvozanatsizligi xalqaro mexnat taqsimotiga salbiy 
ta’sir etadi, tovarlar va xizmatlar ekvivalent almashuvini qiyinlashtiradi, xalqaro 
savdo balansiga va hajmiga salbiy ta’sir etadi. 
Valyuta kurslarining muvozanatsizligi importyor va eksportyorlarni 
o’zlarining xorijdan sotib olish va xorijga sotish operatsiyalarini qisqartirishga 
majbur qiladi. Chunki, importyor va eksportyorlar valyutalarning yaqin vaqt 
ichidagi dinamikasini oldindan bila olmaydilar. Shuning uchun, masalan, 
importyor ma’lum bir tovarni o’zini valyuta xavf-xatariga qo’yib, chet davlatdan 
sotib olganidan ko’ra, o’z mamlakatida shunday ishlab chiqarilayotgan tovarni 
sotib olmog’i afzalroqdir.
To’lovi kelgusida amalga oshishi ko’zda tutilgan, shartnoma tuzilish paytida 
ma’lum bir summada qayd etilgan xar qanday kredit operatsiyasi, shartnoma 
valyutasi ishtirokchi uchun xorijiy bo’lgan tarafning valyuta xavf-xatariga 
chalinadi Kreditor, o’zining xorijlik kontragentlariga kreditni bergan xolda, 
qiymatni ekvivalent miqdorda ololmaslik xavf-xatariga uchraydi. qarz oluvchi 
xam, agarda to’lov paytida qarz valyutasining kursi shartnoma tuzilgan sanaga 
nisbatan ko’tarilsa, zarar ko’rishi mumkin. 
Eksportyor va importyorlar, valyuta tavakkalchiligi bilan, tashqi savdo 
operatsiyalarini amalga oshirganda to’qnashadilar. Eksportyor, agarda u tovarlarni 
to’lovi kechiktirilgan xolda sotgan bo’lsa, va baxo valyutasi sifatida importyor 
valyutasi yoki uchinchi davlat valyutasi olingan bo’lsa, valyuta riskiga duchor 
bo’ladi. Agarda, baxo valyutasining kursi eksportyor milliy valyutasiga nisbatan 
pasaysa, unda eksportyor zarar ko’rishi mumkin.
Shunday qilib eksportyor uchun valyuta xavf-xatari bo’lib, shartnomaning 
tuzilishidan to ijro etilgunga qadar davr ichida, baxo valyutasi kursining milliy 
valyutaga nisbatan pasayishi xisoblanadi. Demak valyuta tavakkalchiligi barcha 
tashqi iqtisodiy aloqalar bilan bog’liq shartnomalarga ta’sir etadi. 
Importyor uchun valyuta tavakkalchiliklari quyidagi xolatlarda vujudga 
keladi: agarda, tovarlar, baxosi chet el valyutasida qat’iy belgilanib sotib 
olinayotgan bo’lsa. Bunda, agar chet el valyutasining kursi importyor valyutasiga 
nisbatan ko’tarilsa, unda importyor tomonidan sotib olingan tovarlar uchun xaq 
to’lashda, milliy valyutada ko’proq xarajat qilinishiga to’g’ri keladi.
Shunday qilib, ko’rinib turibdiki, xech bir savdo shartnomai bir kun ichida 
amalga oshib, u bo’yicha to’lov xam bir kun ichida amalga oshmaydi. Shunga 
ko’ra, albatta, valyuta tavakkalchiligi shartnoma muddatiga to’g’ri proportsional 
ravishda ortib boradi. 
Valyuta arbitraji – bu, foyda olish maqsadida valyutalarning oldi-sottisi 
bilan bog’liq operatsiyalardir. Arbitraj 2 shaklda bo’ladi: a) valyuta arbitraji va b) 
foiz arbitraji. 
Valyuta arbitraji (frantsuzcha “arbitrage”) – bu, valyutaning, uning bir 
vaqtning o’zida sotilishini xisobga olgan xolda, valyuta kurslari farqlari sifatida 
foyda olish maqsadida, sotib olinishi. 
Oddiy valyuta arbitraji - bu, bir xorijiy valyuta va o’zbek so’mi bilan yoki 
ikki xorijiy valyutalar bilan amalga oshiriladigan arbitrajdir. 


267 
Murakkab valyuta arbitraji – bu, ko’p turdagi valyutalar bilan amalga 
oshiriladigan arbitrajdir. 
Muvaqqat valyuta arbitraji – bu, ma’lum bir vaqt davomida valyuta 
kurslarining farqi sifatida foyda olishga karatilgan operatsiyadir. U o’z ichiga 
quyidagi operatsiyalarni oladi: 
-valyutaning birinchi spot kursi asosida sotib olinishi; 
-depozitning ochilishi; 
-valyutaning depozitda saqlanishi; 
-valyutaning depozitdan olinishi; 
-valyutaning ikkinchi spot kurs asosida sotilishi. 
Dilerlar bir oz boshqacha turdagi valyuta arbitrajini amalga oshirishlari xam 
mumkin. Ular birjada valyutani sotib olib, xorijiy bankka o’tkazadilar, xorijda bu 
valyutani naqd shakliga o’tkazib, qaytib o’z mamlakatiga olib kiradilar. O’z 
mamlakatida bu valyutani ular ulgurji yoki chakana sotib oluvchilarga, ustiga 
qo’shimcha xaq qo’ygan xolda, erkin bozor (ko’cha) baxosida sotishlari mumkin. 
Arbitraj ko’p xollarda, spred shartnomalarining yakuni sifatida maydonga 
chiqadi. Spred shartnomasi, xamma vaqt, bir vaqtning o’zida, bir valyutaning sotib 
olinishi va boshqa bir valyutaning sotilishini ko’zda tutadi. Bunday valyutalar 
kurslari albatta, birgalikda, ammo turli sur’atlarda, ko’tariladi yoki pasayadi. 
Bunda, diler bir operatsiyada pul yo’qotishini va boshqa bir operatsiyada foyda 
olishini xisobga oladi. 
Fazoviy valyuta arbitraji – bu, turli valyuta bozorlarida (turli birjalarda), 
mazkur valyuta kursi farqlari xisobiga foyda olish maqsadida o’tkaziladigan 
operatsiyadir. Boshqacha qilib aytganda, bir vaqtning o’zida, bir birjada valyuta 
sotib olinadi va boshqa birjada shu valyuta, nisbatan yuqori kursda sotiladi. 
Fazoviy valyuta arbitraji o’z ichiga quyidagi operatsiyalarni oladi: 
1. Birinchi spot kursi asosida valyutani sotib olish. 
2. Sotib olingan valyutaning boshqa joyga o’tkazilishi. 
3. Valyutaning ikkinchi spot kursi asosida sotilishi. 
4. Valyutaning sotilishidan olingan pulni boshqa joyga o’tkazish. 
Foiz arbitraji - bu, turli valyutalar bo’yicha foizlar farqi sifatida foyda olish 
maqsadida, xo’jalik sub’ektlarining (arbitrajyorlarning) o’z qisqa muddatli 
aktivlari va passivlari valyuta tarkibini tartibga solishga qaratilgan valyuta 
(konversion) va depozit operatsiyalarini o’zida mujassam etgan shartnomadir. Foiz 
arbitraji, bu, pul bozorida bir vaqtning o’zida pullarning ma’lum bir foizga olinishi 
va nisbatan yuqori foizga kreditga berilishi shaklida keng qo’llaniladi. Foiz 
arbitraji ikki shaklda ishlatiladi: a)forvardli qoplanish bilan va b)forvardli 
qoplanishsiz. 
Forvardli qoplanish bilan foiz arbitraji – valyutaning spot kursi asosida sotib 
olinishi, muddatli depozitga joylashtirilishi va shu vaqtning o’zida forvard kursi 
bo’yicha sotib yuborilishi. Foiz arbitrajining bu shakli valyuta xavf-xatarlaridan 
xoli. Bu operatsiya bo’yicha foyda manbai, forvard marjasi hajmi bilan 
belgilanadigan, valyutalar bo’yicha foizlar farqi sifatida va valyuta risklarini 
sug’urta qilish qiymati xisobiga olinayotgan daromadlar darajalarining farqi 
xisoblanadi.


268 
Erkin suzuvchi valyuta kurslari sharoitida valyuta kurslarining tebranishi, 
odatda turli valyutalar foiz stavkalari orasidagi farqlardan oshib ketadi. Bu esa, 
forvardli qoplanishsiz foiz arbitrajini o’tkazayotgan arbitrajyorlarga nafaqat foiz 
stavkalarining miqdoriga qarashga, balki valyuta kurslarining kutilayotgan 
o’zgarishiga qarashga majbur etadi. Bunda, valyuta kurslarining keskin ko’tarilishi, 
shartnomani forvardli qoplanishsiz foiz arbitrajiga aylantiradi. 
Valyuta chayqovi, lotincha “speculatio” – sinchiklab qidirish, kuzatish 
ma’nosini beradi. Valyuta chayqovi - bu, vaqt davomida valyuta kurslarining 
o’zgarishi natijasida yoki valyuta risklarini bilib, o’ziga qabul qilgan xolda turli 
bozorlarda foyda olish maqsadida o’tkaziladigan operatsiyadir. 
Valyuta chayqoviga, birinchi navbatda, naqdli va naqdsiz valyutalar 
kurslarining farqiga qilinayotgan o’yin kiradi. Bunda, so’mlarga naqdsiz erkin 
muomalada yuradigan valyuta sotib olinadi va u naqdli shaklga o’tkazilib, so’ng 
so’mlarga sotiladi. 

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish