Bank ishi va investitsiyalar


 Xalqaro valyuta qonunchiligi. O’zbekiston Respublikasi valyuta



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/163
Sana25.02.2022
Hajmi2,63 Mb.
#464660
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   163
Bog'liq
. . - ibrohim toymuhamedov

20.3 Xalqaro valyuta qonunchiligi. O’zbekiston Respublikasi valyuta 
qonunchiligi 
Xar qanday davlatda valyuta munosabatlari davlat tomonidan tartibga 
solinadi. Bunday tartibga solish albatta turli qonunlar yordamida amalga oshadi. 
Masalan, O’zbekiston Respublikasi xududida valyuta munosabatlarini tartibga 
solish maqsadida 2019 yilda «Valyutani tartibga solish to‘g‘risida»gi qonuni va 
«Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar 
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 sentyabrdagi PF-
5177-sonli Farmoni» qabul qilingan. Bundan tashqari, mazkur qonunlar 
harakatidan kelib chiqqan holda, tijorat banklari, jismoniy shaxslar va xo’jalik 
yurituvchi sub’ektlarni tashki iqtisodiy faoliyatini tartibga soluvchi O’zbeksiton 
Respublikasi Markaziy bankining bir qator me’yoriy xujjatlari va yo’riqnomalari 
mavjud. 
Respublika hukumati tomonidan ko’rilgan choralar natijasida pul muomalasi 
va iste’mol bozoridagi salbiy jara¸nlar to’xtatildi, to’liq qiymatli milliy valyutani 
joriy etish uchun sharoitlar yaratildi. 
Valyuta jarayonlarini tartibga solish, valyuta chegaralanishlarini va 
soliqlarni hisobga olmagan holda, zamonaviy sharoitda valyuta kurslarini tartibga 
solish bilan bog’liq bo’lib qolgan.
Xar qanday davlatda pul tizimi bo’lganligi sababli, valyuta tizimi ham 
mavjud. Valyuta tizimi - bu, davlatlar aro kelishuvlar va shartnomalar bilan 
belgilanadigan halqaro valyuta munosabatlarni tashkil etishni davlat-xuuqiy 
shaklidir. Yoki, valyuta tizimi – bu, xo’jalik aloqalari baynalminallashuvi asosida 
tarixan shakllangan valyuta muomalasi bilan bog’liq iqtisodiy munosabatlar 
yig’indisidir. Valyuta tizimini moxiyati, tashkiliy shakllari va roli jamiyatning 
iqtisodiy tizimi bilan belgilanadi. 
Maxsus adabiyotlarda valyuta tizimlarini 3 hil ko’rinishi farqlanadi, ya’ni 
milliy, jahon va xududiy. 
Milliy valyuta tizimi va uni elementlari. 
Milliy 
valyuta 
tizimini 
qonuniy 
asosda 
belgilangan 
elementlari 
quyidagilardan iborat: 
1.milliy valyuta va uni nomi; 
2.milliy valyuta paritetini aniqlash; 
3.milliy valyuta konvertatsiya shart-sharoitlari; 
4.milliy valyuta kursi rejimi; 
5.halqaro muomala kredit qurollari turlari va ulardan foydalanish tartibi; 
6.halqaro zaxira aktivlari komponentlari orasidagi nisbatni aniqlash; 
7.mamlakat halqaro hisob-kitoblarini chegaralash (reglamentatsiya); 
8.milliy valyuta va oltin bozori faoliyatini rejimi; 
9.valyuta chegaralanishlarni o’rnatilish tartibi; 
10.valyuta munosabatlariga xizmat ko’rsatuvchi va ularni tartibga soluvchi 
milliy organlar maqomi. 
Jahon valyuta tizimi - bu, davlatlararo kelishuvlar bilan mutsaxkamlangan 
jahon bozori rivojlanishi asosida, halqaro valyuta munosabatlarini tashkil etish 
shaklidir. Uning asosi bo’lib, shu tizimga kirayotgan xar qanday davlatni milliy 


262 
valyuta tizimini tashkil etilishini davlat-huquqiy shakli va valyuta mexanizmi 
hisoblanadi. 
Jahon valyuta tizimi, milliy valyuta tizimi singari, o’z ichiga bir nechta 
elementlarni olgan. Ular milliy valyuta tizimi elementlari bilan yaqindan o’zaro 
bog’liq bo’lib, quyidagilardan iborat: 
1.halqaro hisob-kitob birligining nomi (SDR, EVRO); 
2.valyuta paritetlarini soddalashtirilgan (unifikatsiya qilingan) rejimi; 
3.valyutalar konvertabelligining shartlari; 
4.valyuta kurslari rejimining chegaralanishi (reglamentatsiyasi); 
5.halqaro muomala kredit qurollaridan foydalanishni soddalashtirilgan 
tartibi; 
6.halqaro valyuta likvidligi tarkibiy tuzilishini aniqlash; 
7.halqaro muomala kanalini ishonch qozongan vositalar bilan etarli 
miqdorda to’ldirish mexanizmini cheklanishi (reglamentatsiyasi); 
8.halqaro hisob-kitoblar asosiy shakllarini soddalashtirish (unifikatsiyasi); 
9.valyuta chegaralanishlarni davlatlar aro tartibga solinishi; 
10.jahon valyuta va oltin bozorlari faoliyat rejimlarini belgilash; 
11.davlatlar aro valyuta munosabatlarini tartibga solib turuvchi organlar 
maqomi. 
Xududiy valyuta tizimi - bu, xududiy birlashma a’zosi bo’lmish 
davlatlarning 
dalatlar 
aro 
kelishuvlar 
bilan 
mutsaxkamlangan 
valyuta 
munosabatlarini tashkil etish shaklidir. 
Zaxira (rezerv) valyuta - bu, jahon savdosida o’rin egallagan mamlakatlar 
milliy valyutasi bo’lib, u halqaro to’lov muomalasiga xizmat ko’rsatish uchun va 
baholar belgilashda, hamda boshqa davlatlar markaziy banklarida valyuta 
zaxiralari sifatida saqlash maqsadida ishlatiladigan valyutadir. 

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish