20.1-chizma.
Valyuta munosabatlarini tartibga solish darajalari
45
Tarixan oldin halqaro huquq me’yorlarini hisobga olgan, milliy qonunchilik
bilan mustahkamlangan milliy valyuta tizimlari vujudga kelgan. Milliy valyuta
tizimi nisbatan mustaqil bo’lib, milliy chegaradan chiqsa ham, mamlakat pul
tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi.(20.1-chizma).
44
Organization of the currency risk management system in Commercial Banks” by Bodrova N. Ye. , Annaorazova
S. B. “Business Inform” Ukraine 2012
45
Красавина Л.Н. Мeждународныe валютно-крeдитныe и финансовыe отношeния. – М. : 2000.
Valyutani tartibga
solish
Xalqaro
daraja
Davlatlararo
daraja
Umumdavlat
daraja
Tarmoqlar
bo’yicha
Hududlar
bo’yicha
Korporativ daraja
259
Milliy valyuta tizimi valyuta munosabatlarini tashkil etishning halqaro
kelishuvlar bilan mustahkamlangan shakli, ya’ni jahon valyuta tizimi bilan uzviy
bog’liqdir. Halqaro valyuta tizimi XIX asrning o’rtalariga kelib shakllangan. Jahon
valyuta tizimi faoliyatining xususiyati va barqarorligi, uning tamoyillari jahon
xo’jaligining tarkibiga, kuchlar nisbati va ilg’or mamlakatlar manfaatlariga
qanchalik to’g’ri kelishiga bog’liq bo’ladi. Bu shartlar o’zgarishi bilan jahon
valyuta tizimining davriy inqirozi vujudga kelib, uning barbod bo’lishi va yangi
valyuta tizimining hosil bo’lishi bilan yakunlanadi.
Tijorat banklari, milliy, xududiy va jahon valyuta bozorlarida nafaqat o’z
manfaatlari, balki, birinchi navbatda o’z mijozlari manfaatlarining ximoyachisidir.
Jahonning yirik tijorat banklari, o’z mijozlarining topshiriqlarini yaxshi bajarish,
ularning moliyaviy manfaatlarini ximoya qilish va o’z tijorat maqsadlarida jahon
moliya bozorining yirik markazlarida o’z filiallarini ochganlar.
Tijorat banklarining o’zlarida va mijozlarida turli sabablarga ko’ra xamda
turli maqsadlarda xorijiy valyutaga extiyoj paydo bo’ladi.
Konversion operatsiyalar – bu valyuta bozori agentlarining bir mamlakat
valyuta birligining boshqa mamlakat valyutasiga kelishilgan kurs asosida o’zaro
kelishilgan summalarga muayyan muddatlarga hisoblangan holda ayirboshlashdan
iborat bitimlaridir.
Yuridik jihatdan konversion operatsiyalar valyutalar oldi-sotdisi bitimlari
hisoblanadi.
Ingliz tilida konversion operatsiyalarga nisbatan Foreign Exchange
Operations (qisqacha forex yoki FX) atamasi qabul qilingan.
Konversion operatsiyalar muddatlariga qarab 2 guruhga ajratiladi:
Spot turidagi operatsiyalar, yoki joriy konversion operatsiyalar;
Forvard yoki muddatli konversion operatsiyalar.
Ikki guruh konversion operatsiyalar o’rtasidagi farq valyutalash sanasida
mujassamlashgan. Xalqaro amaliyotda qabul qilinishi bo’yicha, joriy konversion
operatsiyalar spot shartlari asosida, ya’ni bitim tuzilgan kundan keyingi 2-ish
kuniga valyutalash sanasi bilan amalga oshiriladi. Joriy konversion operatsiyalar
xalqaro bozori spot-bozor (spot market) deb yuritiladi.
Bitim kontragentlari uchun spot hisob-kitoblari shartlari juda qulaydir: joriy
va keyingi kun davomida zarur hujjatlarni ko’rib chiqish, bitim shartlarini bajarish
uchun kerak bo’lgan to’lov topshiriqnomalarini rasmiylashtirib olish mumkin.
Rossiyada va bir qator rivojlanayotgan mamlakatlarda konversion
operatsiyalar bo’yicha hisob-kitoblarni olib borishning o’ziga xos amaliyoti
qo’llaniladi. Dollar rubl bozorida joriy (yoki kassa atamasi qo’llaniladi) bitimlar
“bugun” (today), “ertaga” (tomorrow) va kam hollarda spot valyutalash sanalari
bilan tuziladi. “Bugun” valyutalash sanasi bilan tuziladigan bitimlar butun ish kuni
davomida tuzilishi mumkin, chunki kech kirgunga qadar dollarda va rublda
naqdsiz pul o’tkazmalarini amalga oshirish mumkin (Nyu-York bilan Moskva
o’rtasida sakkiz soatlik farq mavjudligi sababli tugash vaqti Moskvada
kechqurunga to’g’ri keladi).
260
Shunday qilib, jahon amaliyotidan farqli ravishda Rossiya valyuta bozorida
“bugun” valyutalash sanasi bilan bo’ladigan bitimlarni dollar rubl joriy konversion
operatsiyalari guruhiga kiritiladi.
Dollarning Kanada dollari bilan bo’ladigan joriy konversiyalari (USD/CAD)
uchun valyutalash sanasi ertangi kun hisoblanadi (value tomorrow), chunki AQSh
va Kanada hududiy jihatdan bir-biriga yaqin joylashgan. Bir qator “ekzotik”
valyutalar uchun ham shu xususiyat xosdir.
Forvard (muddatli) operatsiyalari (FX forward operations yoki qisqacha
FWD) – bu valyutalarni avvaldan kelishilgan kurs bo’yicha ayirboshlash
bitimlaridir, bu bitimlar bugun tuziladi, biroq valyutalash sanasi (ya’ni
shartnomaning bajarilishi) kelajakdagi muayyan sanaga qoldirilgan bo’ladi.
Svop (ingl. “swap”, “swop”) – almashuv, almashtirish ma’nosini bildiradi.
Svop operatsiyasi - bu hisob-kitob sanalari turlicha bo’lgan, taxminan teng
hajmdagi xorijiy valyutaning bir vaqtning o’zida sotilishi va sotib olinishidir. Svop
valyuta operatsiyasi bo’lib, valyutaning “spot” shartlari asosida, milliy valyuta
evaziga sotib olinishi va keyinchalik uni qayta sotilishini ko’zda tutadi. Demak,
svop operatsiyasi - bu valyutaning miqdor jihatidan teng summalarga, ular
bo’yicha hisob-kitoblarni turli sanalarda amalga oshirish sharti bilan, bir vaqtning
o’zida sotib olinishi va sotilishidir. Qisqacha aytganda, svop bu, valyutani so’nggi
sotuv kafolati bilan vaqtinchalik sotib olishdir.
Amaliyotda svop, bir vaqtning o’zida valyuta almashuvi bilan bog’liq ikki
alohida kontraktning imzolanishini ko’zda tutadi. Bu shartnomalar qarama-qarshi
yo’nalishlar va turli hisob-kitob sanalariga ega. Mazkur shartnomalarning biri
bo’yicha birinchi valyuta ikkinchi valyuta hisobiga, ma’lum bir sanada yetkazib
berish sharti bilan sotib olinadi. Ikkinchi shartnoma bo’yicha esa birinchi valyuta
ikkinchi valyutaga, boshqa sanada yetkazib berish sharti bilan sotib yuboriladi.
Svop valyuta operatsiyalarini ko’p hollarda banklar amalga oshiradi. Bunda
ikki bank o’rtasida ikki valyuta bilan almashuv ma’lum bir davrda bo’lib,
shartnoma oxirida dastlabki valyutalar banklarga qaytariladi. Valyutalar bilan
almashuv bir vaqtning o’zida tuziladigan, ammo valyutalarni turli sanalarda
yetkazib berilishi ko’zda tutilgan ikki qarama-qarshi shartnoma shaklida amalga
oshiriladi: “spot” bir shartnoma bo’yicha va “forvard” boshqa shartnoma bo’yicha.
Buning natijasida ikkala bank ham “spot” shartlari asosida sotib olingan valyutani,
to u “forvard” shartlari asosida sotilgunga qadar o’z ixtiyoriga oladi.
Valyuta svopi (Foreign exchange swap) – bu bir xil summadagi va turli
valyutalash
sanalaridagi
ikki
qarama-qarshi
konversion
bitimlarning
kombinatsiyasidir. Svopda muddati eng yaqin bo’lgan bitimning bajarilish sanasi
valyutalash sanasi hisoblanadi, chunonchi, uzoq muddatdagi qarama-qarshi
bitimning bajarilish sanasi esa svopning yakunlanish sanasi bo’ladi. Valyuta svopi
bitimlarining katta qismi 1 yilgacha bo’lgan muddatga tuziladi.
Riskli pozitsiyalarni ochishni nazarda tutadigan arbitraj operatsiyalardan
farqli o’laroq, bir qator konversion operatsiyalar bank hisobidan emas, balki mijoz
hisobidan va uning talabi bilan amalga oshiriladi, bular mijoz konversiyalaridir.
Mijoz konversiyalarini amalga oshirish tartibi ikki – ichki va tashqi konversiyani
o’tkazishni nazarda tutadi.
261
Do'stlaringiz bilan baham: |