Bank ishi va investitsiyalar


 Tijorat banklari tomonidan valyuta operatsiyalarini o’tkazish



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/163
Sana25.02.2022
Hajmi2,63 Mb.
#464660
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   163
Bog'liq
. . - ibrohim toymuhamedov

20.4 Tijorat banklari tomonidan valyuta operatsiyalarini o’tkazish 
tartibi. 
Har qanday tashqi iqtisodiy faoliyatda moliya-valyuta operatsiyalarini 
o’tkazishga litsenziyalar asosan Moliya vaziriligi va Markaziy bank tomonidan 
mamlakatimizdagi va xorijiy banklarga, moliya muassasalariga beriladi. Ular 
moliya-kredit muassasalariga mamlakat ichida va uning tashqarsida chet el 
valyutasi 
bilan 
opreatsiyalarni 
amalga 
oshirish, 
xorijiy 
moliya-kredit 
muassasalariga esa ichki bozorda yuridik va jismoniy
shaxslarga xizmat ko’rsatish 
huquqini beradi. 
Har qanday tashqi iqtisodiy bitim valyuta ayirboshlash va valyuta 
operatsiyalari orqali amalga oshiriladi. Olish - sotish bitimi hisoblanar ekan
demak, mamlakatning jahon bozoridagi faoliyati natijalari provardida xorijiy 
valyuta tushumlari va xarajatlarida ifodalanadi. Shuning uchun ham to’lov balansi 
– u bir tomonida chetdan barcha tushumlar, ikkinchi tomonida esa, chetga 
chiqaradigan barcha to’lovlari ko’rsatilgan hujjatdir.
Valyuta operatsiyalarini o’tkazishda banklar turli risklarga duch keladilar. 
Birinchi navbatda ular alohida valyuta bo’yicha qoplanmagan bitimlar, ya’ni uzun 
va qisqa pozitsiyalar bilan bog’liq bo’ladi. Bo’lishi mumkin bo’lgan risklardan 


263 
chetlanish maqsadida davlat valyuta operatsiyalari ustidan nazorat o’rnatadi va 
ularni tartibga soladi. Buning zaruriyati valyuta operatsiyalaridan bo’lgan 
yo’qotishlar tufayli bir necha yirik banklarning bankrotlikka uchrashidan kelib 
chiqdi. 
Valyuta munosabatlarini tartibga solishni har bir mamlakat o’ziga xos 
yondashuvni qo’llab, uni o’z iqtisodiy manfaatlariga moslashtiradi.
 
Valyuta- kredit va moliya siyosatlari shaklidagi davlatlararo miqyosda 
tartibga solish qo’yidagi sabablardan kelib chiqadi: 
1.
Milliy iqtisodiyotlarning (valyuta-kredit va moliya munosabatlarini 
hisobga olgan holda) o’zaro bog’liqligining kuchayishi; 
2.
Xo’jalik munosabatlarining erkinlashuvi sharoitida bozor va davlat 
tomonidan tartibga solish o’rtasidagi nisbatning bozor foydasiga o’zgarishi; Jahon 
maydonida kuchlar nisbatining o’zgarishi, AQShning mutlaq rahbarligi, hamkorlik 
va raqobatchilikning uch markazi (AQSh, g’arbiy Yevropa va Yaponiya)ning 
hukmronligi bilan almashdi. Bundan tashqari, yosh raqobatchilar – yangi sanoat 
(industrial) davlatlar vujudga keldi. 
3.
Jahon valyuta – kredit va moliya bozorlarining yirik masshtablari. Bu 
bozorlar valyuta kurslari va foiz stavkalarining tebranishlari, neftga oid davriy 
shoklar; birja, Tijorat banklarining kredit-depozit valyuta operatsiyalari – bu erkin 
pul mablag’larini joylashtirish, shuningdek, turli muddatlarda muayyan foiz 
asosida xorijiy valyutalarda etishmaydigan mablag’larni jalb qilish bo’yicha qisqa 
muddatli (1 kundan 1 yilgacha) operatsiyalarning yig’indisidir. Mazkur 
operatsiyalar banklar va kompaniyalarning qisqa muddali likvidligini ta’minlaydi 
va daromad olish maqsadiga xizmat qiladi. 
Ingliz tilida bunday operatsiyalar bir atama bilan pul bozori operatsiyalari 
(Money Market Operations, yoki qisqacha MM) deb nomlanadi. 
Pul bozori operatsiyalarida quyidagi bitim turlari farqlanadi: 
-
Mablag’larni joylashtirish bo’yicha – xorijiy valyutada kreditlash. Unga 
kreditlar mos keladi; 
-
Mablag’larni jalb qilish bo’yicha – xorijiy valyutada qarz olish. Unga 
depozitlar to’g’ri keladi. 
-
Real xalqaro va mahalliy amaliyotda pul bozorining banklararo ssuda 
operatsiyalarida «depozitlar» atamasi ishlatiladiki, ular quyidagilarga bo’linadi: 
-
Jalb qilingan depozitlar va 
-
Joylashtirilgan depozitlar. 
-
Rossiyada ko’proq «banklararo kreditlar» atamasi ishlatiladi. qisqacha 
tarzda depozitlar DEPO yoki DP kabi belgilanishi mumkin. 
Har bir kredit vaqt bo’yicha muayyan muddat yoki davomiylikka egadir. 
Kreditni joylashtirish (yoki jalb qilish) sanasi - valyutalash sanasi, qaytarilish 
sanasi esa kreditning tugashi deb nomlanadi. 
Muddatlari bo’yicha depozitlarning 3 ko’rinishi farqlanadi: 
Talab qilib olgunga qadar depozitlar
– mablag’lar bankka noaniq muddatga 
joylashtiriladi. Biroq depozitning qaytarilishi (yoki summasining kamaytirilishi) 
uchun avvaldan (24 soat avval, 2 kun oldin va h.k.) xabar berish lozimligi sharti 
mavjud. Onkol depozitlar uchun pasaytirilgan suzib yuruvchi foiz stavkasi 


264 
xususiyatlidir, u muayyan davr asosida (masalan, har hafta) ikki tomonning roziligi 
bilan o’rnatiladi; 
Qisqa muddatli bir kunlik depozitlar. Ularga «overnayt» (o

n), «tom-nekst» 
(t

n), «spot-nekst» (s

n) tipidagi bir kunlik depozitlar kiradi. Mazkur depozit 
turlaridan banklarning NOSTRO schetlari bo’yicha qisqa muddatli likvidligini 
tartibga solishda foydalaniladi. 
Qat’iy belgilangan muddatlardagi depozitlar. Odatda depozitlar standart 
muddatlarga 7 kun (1 hafta), 1, 2, 3, 6 oy va 1 yilga joylashtiriladi. Bu muddatlar 
«to’g’ri sanalar» (“straight dates”) nomini olgan. Amaliyotda depozit muddatini 
spot sanasidan hisoblash qabul qilingan, biroq ba’zida «ertaga» (from tomorrow), 
yoki hattoki «bugun» (from today) valyutalash sanasi sharti asosida 
joylashtiriladigan depozitlar ham uchraydi, masalan: ertadan bir haftalik depozit 
«tom-uik» (t

w). 
Valyutalash sanasining tanlanishi quyidagilarga bog’liqdir: 
- depozit valyutasi; 
- joylashtirish vaqti; 
- depozit valyutasi davlati va bank o’rtasidagi soatlar farqi. 
Foizlarni hisoblashda yildagi kunlar miqdoriga qarab 2 uslub farqlanadi: 

Xalqaro uslub, unda yildagi kunlar miqdori 360 kunga teng deb olinadi; 

Britaniyalik uslub, unga ko’ra bir yildagi kunlar soni 365 (kabisa yilida 
366) kunga teng. 
Mazkur uslubdan quyidagi valyutalar uchun hisob-kitoblarni bajarishda 
foydalaniladi: funt sterling (GBP), Singapur dollari (SGD), Janubiy Afrika rendi 
(ZAR) va gohida yevro. 
Xalqaro amaliyotda foiz stavkasining 2 xil belgilanishi mavjud: 
O’nlik kasr soni ko’rinishida: masalan, 5.23% 

0.0523. Bu erda o’n 
mingdan bir ulush bir foizlik yoki baza punktini tashkil qiladi. Yuz baza punktlari 
bir foizga teng. 
Oddiy kasr ko’rinishida: masalan, 4-3

4%. Oddiy kasr ko’rinishidagi foiz 1


dan boshlanadi va kasrning kamayib borishiga qarab 1

64 gacha borishi mumkin. 
Biroq xalqaro pul bozorlarida foiz stavkalarining 1

2 dan 1

16 ulushigacha bo’lgan 
kotirovkalari keng tarqalgan. 
Odatda depozitlarning foiz stavkasi ikki tomonlama kotirovka ko’rinishida 
beriladi, masalan: 

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish