Mavzu: Javobgarlikni sug‘urta qilish. TASHQI IQTISODIY FAOLIYATDA sug‘URTA VA INVESTITSIYALARNI SIYOSIY RISKLARDAN sug‘urta qilish



Download 20,3 Kb.
bet1/2
Sana22.10.2022
Hajmi20,3 Kb.
#855342
  1   2
Bog'liq
agrosug\'urta




mavzu: Javobgarlikni SUG‘URTA QILISH. TASHQI IQTISODIY FAOLIYATDA SUG‘URTA VA INVESTITSIYALARNI SIYOSIY RISKLARDAN SUG‘URTA QILISH

REJA:

1.Javobgarlik sug‘urtasida sug‘urta ob’ekti va sub’ekti. Avtotransport vositalari egalarining uchinchi shaxslar oldidagi fuqarolik javobgarligini sug‘urtalashning zarurligi va asosiy shartlari va sug‘urta tarifi.

2.Хorijiy avtotransport vositalari egalarining uchinchi shaxslar oldidagi fuqarolik javobgarligini sug‘urtasi.

3.Kasbiy javobgarlikni sug‘urtasi haqida tushuncha. Kasbiy javobgarligini sug‘urtalash bo‘yicha shartnoma tuzish.


















1. Bozor munosabatlari sharoitida yuridik va jismoniy shaxslarning uchinchi shaxslar manfaatiga zarar yetkazish xavfi kuchayadi. Bu xavfning ro‘y berishi natijasida yetkazilgan zararni qoplash yuzasidan zarar yetkazgan shaxslarning javobgarligini sug‘urta qilish mamlakatimizda o‘z rivojini topmoqda. Ana shunday javobgarlikni sug‘urta qilishning keng tarqalgan turlaridan biri – transport vositalari egalarining uchinchi shaxslarga zarar yetkazish fuqarolik javobgarligini sug‘urtalashdir.
Ma’lumki transport yuqori xavfni keltirib chiqaruvchi manbalardan biri hisoblanadi.
Trasport haydovchisi transport vositasini boshqarish jarayonida uchinchi shaxslarning muayyan manfaatlariga, sog‘lig‘iga zarar yetkazishi mumkin.
Yo‘l transport hodisasi natijasida zarar ko‘rgan shaxslar, ko‘p holatlarda aybdorlardan zararni undirib ololmaydilar. G‘ayri qonuniy harakat tufayli yuridik yoki jismoniy shaxslarning sog‘lig‘i, hayoti yoki mol-mulkiga yetkazilgan aybdor shaxs tomonidan to‘liq hajmda qoplanishi lozim. Qonun hujjatlarida zararni to‘lash majburiyati zarar yetkazuvchi bo‘lmagan shaxsga yuklatilishi mumkin. Zarar yetkazgan shaxs agar zarar o‘z aybi bilan yetkazilmaganligini isbotlasa zararni to‘lashdan ozod etilishi mumkin.
2008 yil 21 aprelda “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining O’RQ-155-sonli qonuni qabul qilindi. Mazkur qonunning maqsadi transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish to’g’risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
“Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish to’g’risida”gi qonunga ko’ra:
jabrlanuvchi — transport vositasi boshqa shaxs tomonidan foydalanilayotganda hayoti, sog’lig’i va (yoki) mol-mulkiga zarar yetkazilgan shaxs;
kompensatsiya to’lovlari — majburiy sug’urta bo’yicha sug’urta to’lovini amalga oshirish mumkin bo’lmagan hollarda, jabrlanuvchilarning hayoti, sog’lig’i va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zararning o’rnini qoplash hisobiga amalga oshiriladigan to’lovlar.
sug’urta hodisasi — transport vositasidan foydalanishda jabrlanuvchilarning hayoti, sog’lig’i va (yoki) mol-mulkiga zarar yetkazilganligi uchun sug’urta qildiruvchining yoki transport vositasi egasining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish shartnomasi bo’yicha javobgarligi sug’urtalangan boshqa shaxsning fuqarolik javobgarligi yuzaga kelishi bo’lib, bu sug’urtalovchining sug’urta tovonini to’lash majburiyatini keltirib chiqaradi;
sug’urtalovchi — majburiy sug’urta qilishga haqli tijorat tashkiloti bo’lgan yuridik shaxs;
sug’urta qildiruvchi — sug’urtalovchi bilan transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish shartnomasini tuzgan transport vositasi egasi;
sug’urta puli — bu shunday summaki, sug’urtalovchi sug’urta hodisasi sodir bo’lganda yetkazilgan zararning o’rnini uning doirasida jabrlanuvchiga (uning merosxo’riga yoki huquqiy vorisiga) qoplash majburiyatini oladi;
transport vositasi — yo’llarda odamlarni, bagajni, yuklarni yoki o’ziga o’rnatilgan uskunalarni tashish uchun mo’ljallangan qurilma;
transport vositasining egasi — transport vositasining mulkdori, shuningdek transport vositasiga xo’jalik yuritish huquqi yoki operativ boshqarish huquqida yoxud boshqa qonuniy asosda (mulk ijarasi shartnomasi, transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi ishonchnoma, tegishli organning mazkur shaxsga transport vositasini topshirish to’g’risidagi farmoyishi va shu kabilar) egalik qiluvchi shaxs. O’z xizmat yoki mehnat majburiyatlarini bajarishi tufayli, shu jumladan transport vositasining mulkdori yoxud o’zga egasi bilan mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy shartnomasi asosida transport vositasini boshqaruvchi shaxs transport vositasining egasi bo’lmaydi;
transport vositasi egasining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish shartnomasi (bundan buyon matnda majburiy sug’urta shartnomasi deb yuritiladi) — sug’urta shartnomasi bo’lib, unga ko’ra sug’urtalovchi sug’urta hodisasi sodir bo’lganda jabrlanuvchilarga ularning hayoti, sog’lig’i va (yoki) mol-mulkiga ushbu sug’urta hodisasi oqibatida yetkazilgan zararning o’rnini shartnomada shartlashilgan haq (sug’urta mukofoti) evaziga sug’urta puli doirasida qoplash majburiyatini oladi;
transport vositasidan foydalanish — transport vositasidan uning yo’llarda (yo’l harakatida), shuningdek ularga tutash, transport vositalari harakati uchun mo’ljallangan hududlarda harakatlanishidan iborat bo’lgan foydalanish. Transport vositasiga o’rnatilgan va transport vositasining harakatlanishda ishtirok etishi bilan uzviy bog’liq bo’lmagan uskunalardan foydalanish transport vositasidan foydalanish hisoblanmaydi;
haydovchi — transport vositasini boshqaruvchi shaxs. Transport vositasini boshqarish o’rgatilayotganda o’rgatuvchi shaxs haydovchi hisoblanadi.
Majburiy sug’urta ob’ekti
Transport vositasidan foydalanishda transport vositalari egalarining jabrlanuvchilar hayoti, sog’lig’i va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zararning o’rnini qoplash bo’yicha fuqarolik javobgarligi qonun hujjatlariga muvofiq yuzaga kelishi bilan bog’liq bo’lgan mulkiy manfaatlari majburiy sug’urta ob’ektidir.
Majburiy sug’urta shartnomasi bo’yicha sug’urta qildiruvchining va (yoki) majburiy sug’urta shartnomasida ko’rsatilgan transport vositasi boshqa egasining fuqarolik javobgarligi sug’urtalanishi mumkin.
6-modda. Transport vositalari egalarining o’z fuqarolik javobgarligini sug’urta qilish majburiyati
Transport vositalari egalari transport vositalaridan foydalanishda boshqa shaxslarning hayoti, sog’lig’i va (yoki) mol-mulkiga zarar yetkazganlik uchun o’z fuqarolik javobgarligini ushbu Qonunda belgilangan tartibda va shartlarda sug’urtalashlari shart.
Fuqarolik javobgarligini sug’urta qilish majburiyati quyidagi transport vositalarining egalariga nisbatan tatbiq etilmaydi:
eng katta konstruktiv tezligi soatiga yigirma kilometrdan oshmaydigan transport vositalari;
tirkamalar va ikki, uch g’ildirakli yoki ish hajmi ellik kub santimetrgacha bo’lgan dvigatel yoki inson yoxud hayvon kuchi bilan harakatga keltiriladigan boshqa transport vositalari;
O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining transport vositalari, bundan O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining xo’jalik faoliyatini ta’minlash uchun foydalaniladigan avtobuslar, yengil avtomobillar, boshqa transport vositalari mustasno;
chet davlatlarda ro’yxatdan o’tkazilgan transport vositalari, agar ular egalarining fuqarolik javobgarligi O’zbekiston Respublikasi hududida amal qiladigan xalqaro majburiy sug’urta tizimlari doirasida sug’urtalangan bo’lsa.
Transport vositasiga egalik qilish huquqi vujudga kelganda (u mulk qilib, xo’jalik yurituviga, operativ boshqarishga yoki boshqa qonuniy asosda olinganda) transport vositasi egasi unga egalik qilish huquqi vujudga kelgan kundan e’tiboran o’n kundan kechiktirmay o’z fuqarolik javobgarligini sug’urtalashi shart.
Qonunga muvofiq fuqarolik javobgarligi boshqa shaxs tomonidan sug’urtalangan transport vositalari egalariga nisbatan fuqarolik javobgarligini sug’urta qilish majburiyati tatbiq etilmaydi.
Egalarining fuqarolik javobgarligi ushbu Qonunga muvofiq sug’urtalanmagan transport vositalaridan O’zbekiston Respublikasi hududida foydalanishga yo’l qo’yilmaydi.
O’zbekiston Respublikasi hududiga kirib kelganda va O’zbekiston Respublikasi hududida amal qiladigan xalqaro majburiy sug’urta tizimlarining sug’urta polislari mavjud bo’lmagan taqdirda, chet davlatlarda ro’yxatdan o’tkazilgan va O’zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha foydalanilayotgan transport vositalari egalari o’z fuqarolik javobgarligini sug’urtalashi shart.
2.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Хorijiy avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududida bo‘lishining qo‘shimcha shartlari to‘g‘risida” 2000 yil 12 yanvar 11-sonli qaroriga binoan, Qozog‘iston Respublikasi va Turkmanistonning transport vositalari, boshqa o‘ziyurar mashina va mexanizmlarining O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga kirib kelishiga tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan sug‘urta tashkilotlarining haydovchilarning uchinchi shaxslar oldidagi fuqarolik majburiyati sug‘urtalanganligi to‘g‘risidagi polisi mavjud bo‘lgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Davlat bojxona qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasining sug‘urta tashkilotlari bilan birgalikda bojxona postlarida transport vositalari, boshqa o‘ziyurar mashina va mexanizmlar egalarining uchinchi shaxslar oldidagi fuqarolik javobgarligi sug‘urtasini amalga oshiradi.
Sug‘urta mukofotlari bojxona organlari tomonidan bevosita bojxona postlarida erkin almashtiriladigan valyutada undiriladi, mablag‘lar keyinchalik shartnoma asosida sug‘urta tashkilotlarining hisob raqamlariga o‘tkaziladi. Sug‘urta mukofoti to‘langandan so‘ng horijiy transport vositasi haydovchilariga sug‘urta polisi beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga kirib kelayotgan horijiy transport vositalari haydovchilarining uchinchi shaxslar (jismoniy va yuridik shaxslar)ning sog‘ligiga va mol-mulkiga yetkazilgan zarar uchun fuqarolik javobgarligi sug‘urta qilish ob’ekti hisoblanadi.
Transport vositalari egalarining uchinchi shaxslar oldidagi fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish shartnomalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi hududiga 1 oygacha muddatga kirib kelayotgan bir avtotransport vositasidan undiriladigan sug‘urta tarif stavkalari qonunimizda o‘z aksini topgan. Horijiy transport vositasi haydovchisi tomonidan uchinchi shaxsga yetkazilgan zararning sug‘urtalovchi tomonidan to‘lanishini nazarda tutuvchi voqea yoki tasodif sug‘urta hodisasi hisoblanadi.
Ularga quyidagilar kiradi.
- Fuqarolarning sog‘ligiga, hayotiga zarar yetkazilishi;
- transport vositasining, shuningdek mol-mulkning shikastlanishi, nobud bo‘lishi.
Zarar miqdoriga shikastlangan transport vositasini eng yaqin joydagi texnik xizmat ko‘rsatish stansiyasigacha yetkazish va uni tuzatish xarajatlari ham kiritiladi.
Sug‘urta qoplamasi, agar yo‘l-transport hodisasi yoki baxtsiz voqea oqibatida:
- jabrlanuvchi mayib bo‘lsa yoki uning sog‘ligiga boshqa shikast yetkazilsa;
- jabrlanuvchi vafot etsa;- uchinchi shaxslarning mol-mulki nobud bo‘lsa, yo‘q qilinsa yoki shikastlansa sug‘urtalovchi tomonidan to‘lanadi.[4]
Transport vositasining harakatlanishi natijasida yetkazilgan zararlarga, shuningdek:
- transport vositasiga yo‘lovchilar chiqarish yoki tushirish paytida;
- transport vositasi yo‘lda to‘xtab turgan yoki tuzatilayotgan vaqtda kelib chiqqan zararlar ham kiritiladi.

Download 20,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish