4. Bank aktiv va passivlarini boshqarishning xorij tajribasi
Jahon moliya bozoridagi mutassil o’zgarishlar, shuningdek, banklarning xalqaro
tarmoqda o’zaro jips munosabatga kirishib ketganligi barcha mamlakatlarda banklarni
ishlash tajribasini doimiy ravishda tahlil qilib borishni taqazo etadi. Shu sababli, ayni
paytda xorij banklari amaliyotida boshqaruv vositalari va uslublarini tadqiq etish, shu
asosda respublikamiz tijorat banklari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv usullarini joriy
etish muhim masalalardan hisoblanadi. Xususan, xalqaro amaliyotda bank aktivlarini
samarali boshqarishga nisbatan bir qancha yondashuv va talablar belgilangan bo’lib, ular
bugungi kunda jahonning yetakchi banklari faoliyatida keng qo’llanilmoqda. Shu o’rinda,
bank nazorati bo’yicha Bazel qo’mitasi faoliyatini alohida ta’kidlash zarur. Bazel
qo’mitasining asosiy vazifasi-banklar faoliyatini muvofiqlashtirish imkonini beruvchi
yagona standartlarni ishlab chiqish hisoblanadi. Qo’mitaning asosiy me’yoriy hujjatlari
quyidagilar:
1.
Samarali nazoratning asosiy qoidalari(1997-yilda ishlab chiqilgan, 2006-yilda
takomillashtirilgan)
2.
Bazel I - “Kapitalni baholashning xalqaro konvergensiyasi ”(1988-yilda ishlab
chiqilgan)
3.
Bazel II - “Kapitalni o’lchash va kapital standartlarining xalqaro konvergensiyasi
”(2004-yilda ishlab chiqilgan)
4.
Bazel III – kapital yetarligiga qo’yilgan yangi talablar(2010 yilda ishlab chiqilgan)
Bazel qo’mitasining bank aktivlarini boshqarishdagi muhim tavsiyalari (Bazel II
bo’yicha)- banklarda aktivlar bilan bog’liq risklrni pasaytirish bo’yicha yondashuvlarda
ifodalangan. Unda aktivlar bilan bog’liq risklar, xususan, kredit risklarini boshqarish,
bozor riskliligini boshqarish, operatsion risklarni boshqarish borasidagi talablar
umumlashtirilgan. Bundan tashqari, Bazel II da bank kapitalining ta’minlanganligi ham
me’yorlar bilan belgilangan, jumladan, bank kapitalining riskka tortilgan aktivlarining
umumiy summasiga nisbatan 8% dan kam bo’lmasligi zarur.
O’zbekiston Respublkasi Prezidenti tomonidan 2010-yil 26-noyabrda qabul qilingan
“2011-2015-yillarda Respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini
oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko’rsatkichlarga erishishning ustuvor yo’nalishlari
to’g’risida”gi 1438-sonli Qaroriga muvofiq, respublikamiz bank tizimiga Bazel
qo’mitasining yangi tavsiyalarini joriy etish, tijorat banklarining moliyaviy holatini
baholsh tizimini yanada takomillashtirish, shuningdek, banklarda samarali korporativ
boshqaruv mexanizmini shakllantirish, ular amaliyotiga risklarni baholashning zamonaviy
usullarini tadbiq etish vazifasi qo’yildi.
Ayni paytda bank aktivlarini boshqarish mexanizmini takomillashtirish Bazel III
tavsiyalari muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, unga muvofiq, banklar likvidligiga
ikkita yangi talab kiritilmoqda:
Do'stlaringiz bilan baham: |