2. Bank aktivlari va passivlarini mutanosibligini ta’minlashda bank likvidliligining
ahamiyati va ularni bank daromadiga ta’siri
Aktivlar va passivlarni boshqarishda bank aktivlari likvidliligi masalasini ko'rib
chiqish muhim hisoblanadi. Banklar samarali faoliyat yuritishi va ularning ishonchliligini
198
ta'minlashga erishish uchun banklarning likvidliligini qay darajada ekanligini aniqlash
juda muhimdir. Likvidlilik bank faoliyatini tavsiflaydigan asosiy sifat ko'rsatkichlaridan
biri bo'lib, u bank tomonidan majburiyatlar o'z vaqtida bajarilishi hamda aktivlar o'sishini
ta'minlash bilan birga, depozitlar va qarz mablag’lari darajasining samarali boshqaruvini
bildiradi.
2008 yildan beri davom etayotgan xalqaro iqtisodiy-moliyaviy inqiroz davrida
“leveraj” ta'sirida qimmatbaho qog’ozlar bozoridagi “moliyaviy pufak ” muammosining
“bank krediti inqirozi” shaklida rivojlanishi va iqtisodiy-moliyaviy inqirozning kelib
chiqishi ham banklarning o'z aktiv va passivlarini joylashtirishdagi “likvidlik/daromad”
xatari nisbatining buzilishi deya baholanayotganligi bunga yana bir yorqin misoldir.
Tijorat banklarida “likvidlik/daromad” xatarini boshqarish asosan aktiv va passivlarning
mos va optimal shaklda joylashtirilishiga bog’liq. Hech bo'lmaganda, kerakli vaqtda
,talab qilingan miqdorda hamda foydali foiz darajalarida mablag’ topish yoki aktivlarni
oshirish imkoniyati bo'lishi lozim. Demak, banklarning aktiv va passiv operatsiyalari bir-
biriga o’zaro mutanosib bo’lib, ularni samarali boshqaruv mexanizmini ishlab chiqish
banklar uchun muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
Bank faoliyatining rivojlanishidan ma'lumki, bank aktivlari daromadliligi va
likvidliligi bir-biriga teskari proportsional ko'rsatkichlar hisoblanadi. Tijorat banklaridan
aktiv va passivlarini samarali boshqarish orqali likvidlik va daromadlilik muammosini hal
etishlari talab etiladi.
Tijorat banklarida “likvidlik/daromad” xatarini boshqarish asosan aktiv va
passivlarning mos va optimal shaklda joylashtirilishiga bog’liq. Hech bo'lmaganda,
kerakli vaqtda ,talab qilingan miqdorda hamda foydali foiz darajalarida mablag’ topish
yoki aktivlarni oshirish imkoniyati bo'lishi lozim.
Ko’pgina mamlakatlarda likvidlilik ko’rsatkichlari tijorat banklari balansining aktiv
va passiv qismini tahlil qilish asosida baholanadi.
Fransiya amaliyotida tijorat banklarining likvidliligini baholashda ishlatiladigan
koeffitsentlari umumiy talab qilib olingunga qadar muddatli depozitlarning (3-oygacha
bo’lgani) va boshqa resurslarning aktivlarga nisbati orqali aniqlanadi. U yerda bu
koeffitsentning hisoboti nazorat organlariga har kvartalda taqdim etiladi ,bu koeffitsent
60% dank am bo’lmasligi kerak.
Likvidlilikni ta’minlashda aktiv va passivlarni boshqarish strategiyalari quyidagilar:
1. Aktivlarni boshqarish orqali likvidlikni boshqarish strategiyasi odatda mayda
banklar faoliyatida qo’llaniladi, chunki ushhbu likvidlilikni boshqarish metodi qarz likvid
mablag’lari orqali aktivlarni transformatsiyalash strategiyasi likvidlilikni boshqarshning
arzon yo’li hisoblanmaydi. Aktivlarni sotilishi bankning kelgusi daromadlarini
yo’qolishiga sabab bo’ladi. Shuningdek, ko’p aktivlarning sotilishi qimmatli qog’ozlar
bilan bo’ladigan operatsiyalarda brokerlarga to’lanadigan komission xarajat bilan bog’liq.
Bundan tashqari, naqd pul mablag’lariga ega bo’lish maqsadida aktivlarning sotilishi bank
balansining yomonlashuviga olib keladi, ammo bu aktivlar ( masalan,davlat qisqa
muddatli obligatsiyalari) ni mavjud bo’lishi bankning moliyaviy faoliyati barqaorligidan
dalolar beradi. Aktivlarni sotilishi lozim bo’lgan paytda bozorda qimmatli qog’ozlarning
bahosi tushayotgan davrga to’g’ri kelishi bank kapitalining yo’qolishiga sabab bo’lishi
199
mumkin. Bank boshqaruvchilari bank kelgusi davr daromadlarini muqobil qiymatini
minimallashtirish uchun birinchi navbatda minimal foyda potensialiga ega bo’lgan aktivlar
sotilishini ta’minlab berishi kerak. Likvid aktivlarning salmog’i oshib borgan sari
bankning daromadlarini qisqarishiga olib keladi.
2. Pul mablag’lariga talabni qondirish likvid qarz mablag’laridan foydalanish
strategiyasi(passivlarni boshqarish). Ko’pgina yirik banklar likvid mablag’larning manbasi
sifatida ko’proq pul bozoridagi qarz mablag’lari foydalanishadi. Odatda bu strategiyani
passivlarni boshqarish deyiladi. Bunda tijorat banklari o’zlarining likvid mablag’lariga
bo’lgan talabni yirik miqdordagi deposit sertifikatlari va boshqa banklardan olgan kredit
mablag’lari orqali ta’minlashadi. Passivlarni boshqarish strategiyasi orqali ma’lum bir
muddat uchun qarz mablag’lari hisobiga likvidlik ta’minlanadi. Bu strategiyani yirik
banklar amalga oshirishiga sabab, banklarning o’z mablag’lariga nisbatan qarz
mablag’larining oshishi va bank balansida tez pulga aylana oladigan aktivlarning yetarli
darajada bo’lmasligi, bankning to’lovga layoqatsizlik riski paydo bo’lishi mumkin hamda
bank likvid mablag’larga bo’lgan talabini qondira ololmasligi mumkin.
3. Aktiv va passivlarni boshqarish qarz likvid mablag’larini boshqarish strategiyasi
riskligini va aktivlarda likvid mablag’larning yuqori bahosini hisobga olgan holda, banklar
likvidlilikni boshqarishni aktiv va passivlarini boshqarish strategiyasini tanlaydilar. Bu
strategiyaga muvofiq likvid mablag’larga kutilayotgan talabning bir qismi tez sotiladigan
qimmatli qog’ozlar va boshqa banklardagi depozit ko’rinshlarida saqlanadi, shu paytda
likvid mablag’larga bo’lgan boshqa talablar bank korrespondentlar bilan ochilgan kredit
liniyalari va boshqa mablag’lar orqali qondiriladi. Kutilmaganda yuzaga keladigan likvid
mablag’larga talablar qisqa muddatli kreditlar orqali qoplanadi.
Dastlab bank likvidliligi 2 ta nazariy yondashuvni o’z ichiga olar edi:
Bank aktivlari tarkibi-summasi, muddati, bank passivlari tarkibi-summasi va
muddatlariga mos kelishi shart. Bu esa amaliy jihatdan tijorat banklari o’z
likvidliligini boshqarish bo’yicha faol siyosat yuritishga yo’l qo’ymas edi. Ushbu
berilgan nazariy asoslar natijasida bankning “oltin qoida” si kelib chiqdi, ya’ni bank
moliyaviy talablari hajmi va muddati bank majburiyatlari hajmi va muddatlariga
mos kelishi shart;
Bank balans aktivlar va passivlar tarkibi real mos kelmasligiga asoslangan, xatto
eng qudratli, moliyaviy barqaror tijorat banklari ham bankrotlik, moliyaviy va
iqtisodiy inqirozlardan va boshqa mojorolardan sug’urtalanmagan. Bu rejali
iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o’tgan davlatlarga xos hisoblanadi.
Tajribadan shu narsa ma'lumki, ayrim tijorat banklari yuqori daromadni ko'zlagan
holda talab qilib olgunga qadar va qisqa muddatda qo'yilgan omonatlar hisobidan kredit
berish va boshqa aktiv operatsiyalarga uzoq muddatli tartibda joylashtiradilar. Jalb etilgan
mablag’larning muddati kelgan paytda esa bank omonatchilar oldidagi o'z majburiyatlarini
muddatida bajarish imkoniga ega bo'lmaydi. Buning natijasida bank o'z to'lov qobiliyatini
yo'qotadi. Bunday holat bankning o'z faoliyatiga salbiy ta'sir ko'rsatibgina qolmasdan,
balki omonatchilarning moliyaviy ahvoliga ham salbiy ta'sir ko'rsatadi. Bank
operatsiyalarini bajarish bo'yicha litenziyasi tortib olingan banklar bunga yaqqol misol
bo'la oladi.
200
Mazkur holatlarga yo'l qo'ymaslik maqsadida bank amaliyotida aktiv va passiv
mablag’larning miqdori va muddatlarini balanslash talablari o'rnatildi. Bu to'g’rida jahon
bank tajribasining «bankning oltin qoidasi» deb nomlanuvchi qoidasi amal qiladi. Unga
binoan bankning moliyaviy talablari miqdori va muddati uning majburiyatlari miqdori va
muddatlariga muvofiq kelishi shart.
Tijorat banklari aktivlarining sifatini tavsiflovchi asosiy ko'rsatkichlardan biri -
aktivlarning daromadliligi ko'rsatkichi hisoblanadi. Aktivlar daromadliligiga ta'sir qiluvchi
asosiy omillardan biri aktivlar tarkibida daromad keltirmaydigan aktivlar salmog’ining
o'zgarishi hisoblanadi.
Banklar faoliyatini nazorat qilish jarayonida aktivlar darmadliligining o'zgarishi,
aktivlar tarkibida daromad keltirmaydigan aktivlar salmog’ining o'zgarishi asosiy nazorat
ob'ektlari sifatida e'tiborga olinishi lozim.
Tijorat banklari faoliyatida kreditlar eng ko'p daromad keltiradigan aktivlardan biri
hisoblanadi. Shu tufayli, ushbu aktivlarni ko'zdan kechirish va tahlil qilish jarayoni muhim
ahamiyat kasb etadi. Inspektorning bu yo'nalishdagi dastlabki vazifalaridan biri - kredit
portfelining umumiy holatini tahlil qilish va joriy yoki potensial muammolar manbalarini
aniqlashdan iborat. Aktivlar sifatining tahlilida asosiy e'tibor aktivlarning qaytishiga
qaratiladi.
Shu o'rinda tijorat banklarining reytingiga baho beruvchi kompaniyalar
tomonidan tijorat bankining ma'lum davr ichidagi faoliyati yakuniga baho berish
emas,balki mavjud aktiv va passivlarning joylashtirilishiga va bankning kelajak
faoliyatida kutilayotgan risklar darajasining yuqori yoki pastligiga qarab, bank faoliyatiga
barqaror deb baho berish muhimroqdir.
Tijorat banklarida daromadlilik darajasini oshirish bevosita aktivlarni samarali
joylashtirishga bog’liq bo’lganligi sababli, aktivlar bilan bog’liq risklarni baholash muhim
masalalardan hisoblanadi. Tijorat banklarida aktivlar riskliligini yuzaga kelishining bir
qator sabablari mavjud. Ular qatoriga bank ichki siyosatida aktivlarni samarali
joylashtirish bo’yicha talablarning yetarli emasligi; bank tomonidan marketing
tadqiqotlarini to’g’ri yo’lga qo’yilmaganligi; bankda kredit ajratilayotgan loyihalar,
obyektlar va mijozlar, ularning moliyaviy ahvoli to’g’risidagi ma’lumot va axborotlarning
to’liq emasligi; kreditlanayotgan tarmoqlar faoliyati xususiyatlarini yetarlicha tahlil
qilinmasligini kiritish mumkin.
Xorijiy tadqiqotchilar tomonidan o’tkazilgan tahlillar talab qilib olinguncha
depozitlar ko’proq barqaror emasligini ko’rsatgan. Depozitning mazkur turi foiz
stavkasiga bog’liq emas. Ularning tahliliga ko’ra, jamg’ariluvchi va muddatli depozitlar
yuqori darajadagi barqarorlikka ega. Bu turdagi depozitlarning ma’lum bir bankda mavjud
bo’lishiga foiz stavkasining miqdori katta ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun bu depozitlar
har xil banklar tomonidan o’rnatiladigan foiz stavkalarining ma’lum bir tebranishlari yuz
bergan holda, migratsiya ta’siri ostida bo’ladi. Shu bilan birga bank likvidliligi banklararo
kreditlardan tashkil topgan tashqi manbalardan bog’liq bo’lishi bilan ham asoslaniladi.
Banklararo kreditning belgilangan miqdorda mavjud bo’lishi bank likvidliligiga xavf
solmaydi, balki likvid aktivlarga bo’lgan qisqa muddatli tanqislikni bartaraf etish imkonini
201
beradi. Lekin banklararo kreditlar jalb qilingan resurslar tarkibda asosiy o’rinni egallasa,
banklararo bozordagi salbiy konyuktura bankni inqirozga uchratishi mumkin.
Aktivlarni passivlar bilan miqdori va muddati bo’yicha mos kelishi bank
likvidliligiga jiddiy ta’sir qiladi. Bank o’z mijozi oldidagi majburiyatlarni bajarishda
omonatchilar tomonidan taqdim qilingan mablag’larning muddati, shu mablag’ni
invistitsiya qilish muddatiga mutanosib bo’lishi lozimligi yuzasidan kelishib olganligini
anglashi lozim. Jalb qilingan resurslar hisobiga ishlayotgan banklar tomonidan bu
qoidaning inkor qilinishi kreditorlari oldidagi majburiyatlarini to’liq va o’z vaqtida bajara
olmaslik holatidga olib keladi.
Tijorat banklarida likvidlilk riskini samarali boshqarish turli muddatlarda
qaytadigan aktivlar va to’lanadigan majburiyatlarning mutanosibligini tahlil qilish muhim
ahamiyat kasb etadi. Bunda aktiv va passvlarni turli davr oraliqlariga ajratgan holda
ularning qaytish muddatlari bo’yicha tahlil qilinadi.
Tijorat banklari likvidliligini ta’minlash va uni oqilona boshqarish asosida bank
aktivlari va majburiyatlar oqimini, ya’ni bank mablag’larining manbalari va bu
mablag’lardan foydalanish muddatlarini muvofiqlashtirish yotadi. Tijorat bankining
likvidlilik bo’yicha menejeri ikkala oqimining o’zgarishini oldindan ko’ra bilib
rejalashtirishi va natijada, likvid mablag’larning taklifi va ularga bo’lgan talab o’rtasidagi
farq sifatida aniqlanadigan bankning sof likvid pozitsiyasiga intilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |