211
faoliyatida muhim o‘rin tutadi, chunki bankla daromadlarining asosiy qismini yuridik va
jismoniy shaxslarga kreditlash xizmatlarini ko‘rsatishdan oladi.
Ushbu usul jalb qilingan resurslarni imkon qadar bankning daromadli aktiv
amaliyotlariga yo‘naltirishni nazarda tutadi. Bunda bankdan likvidlik va foydalilik
tamoyillariga alohida e’tibor qaratish talab qilinadi, chunki resurslarni foyda olish uchun
aktiv amaliyotlarga, xususan ko‘p miqdorda yuqori
daromad keltiruvchi sohaga
yo‘naltirish, o‘z navbatida tavakkalchilik darajasini nazoratdan chiqishiga yoki likvidlik
tavakkalchiligini yuzaga kelishiga olib kelishi mumkin. SHu sababli, mazkur usulni asosan
resurslar ortiqchaligida qo‘llash maqsadga muvofiqdir.
Aktivlarni taqsimlash usulini qo‘llash esa, jalb qilinayotgan resurslarning
manbalarini tahliliga asoslanadi. Mazkur usulda resurlarning manbalari bo‘yicha
taqsimlashda resurslarning aylanuvchanligi bilan bog‘liq bo‘lgan muayyan cheklanishlar
yuzaga keladi.
YA’ni, jalb qilingan qisqa muddatli resurslar qisqa
muddatli aktiv amaliyotlarga,
uzoq muddatli resurslar esa uzoq muddatli aktiv amaliyotlarga yo‘naltiriladi. Mazkur
usulning afzalligi shundaki, bu usulni qo‘llash jarayonida resurslarni toifalariga qarab
taqsimlash orqali likvid aktivlar (kassadagi naqd pullar)ning jami aktivlardagi ulushini
qisqartirish imkoniyati yuzaga keladi.
Ushbu ikkala
usulning kamchiligi shundaki, bu holatlarda mijozlarning kreditlarga
bo‘lgan talabi va ehtiyoji etarlicha qondirilmaydi, ya’ni kreditlashda mijozlarning
kreditlarga bo‘lgan mavsumiy talablari to‘liq e’tiborga olinmaydi. Mazkur
muammolarning echimidan kelib chiqqan holda xorij tajribasida
aktivlarni boshqarishda
chiziqli dasturlash usulidan foydalanish ham keng tarqalgan bo‘lib, mazkur usulning
ahamiyati tobora ortib bormoqda.
Bank aktivlarini boshqarishning chiziqli dasturlash usuli murakkab hisob-kitoblar
orqali bir nechta muqobil usullardan maqbulini tanlab olishni nazarda tutadi. Bu usulda
jalb qilinayotgan resurslarni qay tariqa yuqori daromad keltiruvchi va kam sarflarni talab
qiladigan sohalarga joylashtirish vazifasi qo‘yiladi.
Aktivlarni samarali boshkarish kuyidagilardan iborat:
•
bank daromadi va xarajati urtasidagi marja kurinishidagi farkning usishi :
•
daromad va kredit resurslari tavakkalchiligiga etarli darajada rioya kilish:
•
bank aktivlarda % stavkasi uzgarishi bilan % tavakkalchiligini kamaytirish maksadida
e’tiborini karatish.
•
Bank aktivlarini turli aktivlarga joylashtirish yukori likvidlik
darajasini ushlab turish va
malum yukori daromad olish extiyojini belgilab beruvchi mavjud konun va tartibga
soluvchi aktlardan kelib chikadi. «Likvidlilik- daromadlilik» dillemasini echishga
urinishlar aktivlarni boshkarishda 3 usulni keltirib chikaradi.
Tijorat bank aktivlarini boshqarish usullari:
1. Aktivlarni boshqarishning umumiy fond mablag‘lari usuli;
2.Aktivlarnitaqsimlashmetodi;
3.Ilmiy boshqarish metodi;
Bankning kassali aktivlari asosan daromad keltirmaydigan aktivlar hisoblanadi.
SHuning uchun ularning aktivlar umumiy hajmidagi salmog‘ini pasayishi aktivlar
212
daromadliligini oshishiga, ular salmog‘ini oshishi esa aktivlar daromadliligini pasayishiga
sabab bo‘ladi.
Fikrimizcha, banklarda aktivlarni boshqarish bilan bog‘liq tavakkalchiliklarni
imkon
darajada pasaytirish, aktivlar samaradorligini oshirishda mazkur usullarni o‘zaro
uyg‘un holda qo‘llash maqsadga muvofiqdir.
Xulosa qilganimizda, respublikamizda bank menejmentida aktivlarni samarali
boshqarish bu boradagi xalqaro andozalar talablarini banklarning o‘ziga xos
xususiyatlarini hisobga olgan holda joriy etish, rivojlangan mamlakatlar tajribasida
sinovdan o‘tgan usul va vositalarni chuqurroq tadqiq etishni taqozo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: