Movzu: Iqtisodiyotning glaballashuv sharoitida mazkur raqobatbardoshlikni taminlash jarayoni
Ma'lumki, bugun jahon bozori konyukturasi keskin o‘zgargan, globallashuv sharoitida raqobat kuchaygan davrda yashayapmiz. Bunday murakkab sharoitda respublikamizda ham makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash, rivojlanishning yuqori o‘sish darajasini ushlab turish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, ishlab chiqarilayotgan milliy mahsulotlar haridorgirligiga erishish, milliy valyuta tushumini ko‘paytirish kabi muhim vazifalar amalga oshirib kelinmoqda.
Bugungi Iqtisodiyot vazirligida o‘tkazilgan “Sanoat kooperatsiyasi hamda mahalliylashtirish jarayonlarini rivojlantirish istiqbollari” mavzudagi matbuot anjumani ham aynan shu ustuvor yo‘nalishlarga bag‘ishlandi. Aniqrog‘i bu tadbirda mamlakatimizda 2000 yildan buyon izchil davom ettirilayotgan mahalliylashtirish dasturining bugungi holati, uning har taraflama tahlili hamda istiqboldagi rejalari to‘g‘risida o‘zaro fikr almashildi.
Ushbu tadbirda vazirlikning mas'ul xodimi Fazliddin Ro‘ziyev tomonidan qiziqarli taqdimot havola etildi. Taqdimotda:
mahsulotlar importini qisqartirishning qo‘shimcha rezervlarini o‘rganish jarayoni joriy yilda tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirish hamda import o‘rnini bosadigan yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil qilish hisobiga importni qo‘shimcha 23 foizga qisqartirish imkoniyati mavjudligi;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlarini mazkur jarayonga faol jalb etishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda mamlakatimizning barcha hududlari salohiyatining tahlili;
mahalliy xomashyo va resurslardan oqilona foydalanishni rag‘batlantirish, eksport salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan mahalliylashtirish dasturiga yangi loyihalarni kiritishning yagona mezon va talablari qamrab olindi.
Bundan tashqari, vazirlik rasmiy saytidagi maxsus avtomatlashtirilgan tizim (mineconomy.uz/uz/local) tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan taqdim etiladigan hujjatlarni qabul qilish va ko‘rib chiqishda qulayliklar yaratish, loyihalarni kiritish jarayonining ochiqligini ta'minlashga xizmat qilishi ta'kidlandi.
Shu bilan birga, bu tizimda mahalliylashtirish dasturlari borasidagi me'yoriy-huquqiy hujjatlar, o‘zlashtirishga taklif etilayotgan mahsulotlar va taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxatlari bilan tanishish mumkinligi qayd etildi.
Mazkur anjumanda mahalliylashtirish dasturi bilan bog‘liq tegishli vazirliklar, muassasa, tashkilotlar va qator korxonalar ishtirok etishib, jurnalistlarning savollariga atroflicha javob qaytarishdi.
Tadbir so‘nggida ommaviy axborot vositalari vakillariga mavzu bo‘yicha maxsus intervyular berildi.
Quyida tadbirdan lavhalar havola etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |