"bank ishi" kafedrasi


 Bank aktivlarining sifat darajasi va ularning diversifikatsiyasi



Download 3,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/141
Sana15.06.2022
Hajmi3,89 Mb.
#675130
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   141
Bog'liq
Bank ishi ma\'ruzalar tòplami

3. Bank aktivlarining sifat darajasi va ularning diversifikatsiyasi.
 
O‘zbekistan Respublikasi Markaziy banki tomonidan 1998 yil 9 noyabrda 
tasdiklangan 242-sonli «Aktivlar sifatini tasniflash, mumkin bulgan yukotishlar buyiicha 
tijorat banklari tomonidan rezervlar tashkil kilish va undan foydalanish koidasiga asosan, 
tijorat banklari tomonidan beriladigan kreditlar yukorida keltirilgan mezonlar buyicha 
«yaxshi», «standart», «substandart», «shubxali», «umidsiz» kreditlarga tasniflanadi. 
Aktivlarni boshqarishning asosiy maqsadi tavakkal qilishning eng pats darajasi sharoitida 
daromad foiz tushumlari va xarajatlar orasidagi farqni mumkin kadar oshirish yoki uni 
juda bo‘lmaganda barqaror darajada saqlab turishdan iborat ekanligi malum. Hozirgi 
kunda O‘zbekiston Respublikasining «
O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki 
to‘g‘risida
»gi, «
Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida
»gi, «
Buxgalteriya hisobi 
to‘g‘risida
»gi qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 6 maydagi 
PQ–2344-son «Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning 
resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 
qaroriga 
muvofiq yangi nizom 
ishlab chiqilgan. “Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar bo‘yicha 


189 
ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish 
tartibito‘g‘risidagi” Nizom 2015 yil 14 iyuldan kuchga kirgan.
Ushbu tartibda asosan quyidagilar ko‘rib chiqilgan jumladan: 
1. umumiy qoidalar; 
2. aktivlarni tasniflash tizimi; 
3. ta’minotga qo‘yilgan talablar; 
4. Shartlari qayta ko‘rib chiqilgan aktivlar sifatini tasniflash; 
5. ehtimoliy yo‘qotishlarga doir zaxirani shakllantirish tartibi; 
6. Investitsiya portfelining sifatini tasniflash 
7. Tijorat banki aktivlari bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarga doir zaxirani 
shakllantirish 
8. Majburiy zaxiralar depozitlariga mablag‘ o‘tkazish 
9. Zaxiralardan foydalanish 
YAngi tartibni oldingisidan asosiy farqlari bunda iqtisodiy terminlarga oydinlik 
kiritildi, zaxira yaratish qoidalari mustahkamlandi, kreditlarni tasniflashdan aktivlarni 
tasniflashga o‘tildi, ta’minotga qo‘yilgan talablar kiritildi, restrukturizatsiya qilingan 
kreditlarni tasniflashning o‘ziga xos jihatlari inobatga olinib, ularni tasniflash tizimi 
ko‘rsatildi, mezonlari aniqlashtirildi. 
Ilk marta quyidagi tushunchalardan foydalanildi hamda ta’riflari keltirildi: 
aktivlar — kredit, overdraft, lizing, faktoring, qimmatli qog‘ozlar, investitsiyalar, 
boshqa banklardagi mablag‘lar, bo‘lib-bo‘lib to‘lash shaklida sotilgan mulklar, balansdan 
tashqari moddalar (chaqirib olinmaydigan kredit majburiyatlari, foydalanilmagan kredit 
liniyalari, akkreditivlar, kafolatlar) hamda moliyalash bilan bog‘liq barcha boshqa talablar. 
muammoli aktivlar — sifati «qoniqarsiz», «shubhali» va «umidsiz» deb tasniflangan 
aktivlar; 
maxsus zaxiralar
 — 
sifati «substandart», «qoniqarsiz», «shubhali» va «umidsiz» deb 
tasniflangan aktivlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplashga mo‘ljallangan majburiy 
zaxiralar; 
standart aktivlarga yaratiladigan zaxiralar — tijorat banki faoliyati davomida 
umuman yoki biror-bir faoliyat turi natijasida ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash maqsadida 
tashkil qilinadigan zaxiralar; 
shartlari qayta ko‘rib chiqilgan aktivlar — shartnoma va (yoki) unga qo‘shimcha 
kelishuvga muvofiq asosiy shartlari o‘zgartirilgan aktivlar; 
tijorat banki aktivlari bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash uchun majburiy 
zaxiralar depozitlari (bundan buyon matnda majburiy zaxiralar depozitlari deb yuritiladi) 
— aktivlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash uchun tijorat banklarining 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankidagi (bundan buyon matnda Markaziy bank deb 
yuritiladi) majburiy zaxiralar depozitlari; 
ta’minlanmagan aktivlar — ta’minotsiz berilgan yoki ta’minoti belgilangan tartibda 
rasmiylashtirilmagan aktivlar. Bunday aktivlar mustahkam tushumga ega bo‘lgan 
qarzdorga uning yaxshi kredit tarixi asosida berilishi mumkin. 
Tijorat banklarining hisobotlari ularning aktivlari sifatining haqiqiy holatini aks 
ettirishi lozim. 


190 
Hisobotlarning haqqoniy bo‘lmasligi tijorat banki omonatchilari, kreditorlari va 
aksiyadorlari, shuningdek Markaziy bank va boshqa manfaatdor tomonlarni chalg‘itishga 
va yanglishtirishga urinish deb baholanadi hamda xavfsiz bo‘lmagan, nosog‘lom bank 
amaliyoti deb hisoblanadi. 
Daromad keltirmaydigan aktivlarning ulushi jami aktivlarning etmish foizidan ortiq 
bo‘lishi bank kredit siyosati, kreditlar ajratish va ularni boshqarish jarayonining 
bo‘shligini bildiruvchi ko‘rsatkich hisoblanadi. 
2011-2015 yillarda respublika bank tizimini yanada isloh qilish, uning barqarorligini 
oshirish va yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishish bo‘yicha chora-tadbirlar 
majmuasining tijorat banklari aktivlarini, shu jumladan kredit portfellarini yanada o‘sishini 
va sifatini yaxshilashni ta’minlash, tavakkalchilikni baholash tizimini takomillashtirish 
maqsadida bank tavakkalchiliklarini boshqarishda chuqur omilli tahlilni amalga 
oshirishning aniq mexanizmini joriy qilish, zaxiralarni shakllantirish, kredit portfelini 
diversifikatsiyalashlarni ko‘zda tutgan holda banklar aktivlari sifati monitoringini 
takomillashtirish, shuningdek muammoli qarzdorlik paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik 
yuzasidan ogohlantiruvchi choralar qabul qilish belgilangan edi.
№ 
Aktivlarning sifati 
Zaxiralar 

Standart 
1% 

Substandart 
10% 

Қониқарсиз 
25% 

SHubxali
50% 

Umidsiz 
100% 

Download 3,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish