"bank ishi" kafedrasi



Download 3,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/141
Sana15.06.2022
Hajmi3,89 Mb.
#675130
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   141
Bog'liq
Bank ishi ma\'ruzalar tòplami

K1 = RK / TAUS.
2016 yil 1 yanvardan boshlab K1 ning eng kichik darajasi 0,115 (11,5 foiz) 
miqdorida belgilanadi.
2019 yil 1 yanvardan boshlab banklar tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi 
aktivlarning 3,0 foizi miqdoridagi kapitalni konservatsiya qilish buferini hisobga olgan 
holda K1 ning eng kichik darajasini 0,145 (14,5 foiz) miqdorida ta’minlashlari shart. 
SHuningdek, 2017 yilning yanvaridan ushbu ko‘rsatkich 0,125 (12,5 foiz); 2018 yilning 1 
yanvaridan ushbu ko‘rsatkich 0,135 (13,5 foiz) tashkil etadi.
Kapitalni konservatsiya buferi tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi aktivlarning 
3,0 foizi miqdoridagi qo‘shimcha zaxiradan iborat. Bunday zaxiradan maqsad banklar 
tomonidan moliyaviy va iqtisodiy qiyinchilik davrlarida zararlarni amortizatsiya qilish 
uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan kapital zaxirasining ta’minlanishini kafolatlash 
hisoblanadi.
I darajali kapitalning etarlilik koeffitsienti K2 = I darajali kapital/TAUS sifatida 
aniqlanadi. K2 ning eng kichik darajasi 0,075 (7.5 foiz)ga teng.


138 
Kapitalni konservatsiya buferi tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi aktivlarning 
3,0 foizi sifatli I darajali kapital bo‘lishini hisobga olgan holda va Bazel 3 me’yorlariga 
ko‘ra K2 koeffitsientini yaxshilash maqsadida K2 2016 yilning
1 yanvaridan 0,085 (8,5 foiz); 2017 yilning 1 yanvaridan 0,095 (9,5 foiz); 2018 
yilning 1 yanvaridan 0,105 (10,5 foiz) va 2019 yilning 1 yanvaridan 0,110 (11 foiz) 
miqdorida bo‘lishi lozim.
Kapitalning etarlilik darajasi talablari bilan bir qatorda banklar I darajali kapitalni 
nomoddiy aktivlarni chegirib tashlangan va mazkur Nizomning
6– va 7– boblardagi aktivlarni qo‘shilgan holdagi umumiy aktivlar summasiga nisbati 
sifatida aniqlanadigan leveraj koeffitsientiga rioya etishlari kerak:
K3 = I darajali kapital / (Umumiy aktivlar+mazkur Nizomning 6– va
7– boblardagi aktivlar– Nomoddiy aktivlar). Leveraj koeffitsientining eng kichik darajasi 
0,06 (6 foiz)ga teng.
Leveraj koeffitsientini hisoblashda balansdagi aktivlarda aks etishi ehtimoli bo‘lgan 
bank balansining “Ko‘zda tutilmagan holatlar” hisobvaraqlaridagi summalar ham hisobga 
olinadi. Bularga kapitalni etarliligini hisoblashda qo‘llaniladigan aktivlar kiradi.
Balansdan tashqari aktivlar leverajning asosiy manbasi hisoblanadi. Banklar leveraj 
koeffitsientini hisoblashda yuqoridagi balansdan tashqari aktivlarni hisobga olishlari 
lozim, bunda quyidagi ikki holatni chegirgan holda, kreditni standart konvertatsiyalash 
omilini (100%) qo‘llash lozim.
Derevativ 
operatsiyalar 
kapitalni 
etarliligini 
hisoblashda 
foydalaniladigan 
“tavakkalchilikka dastlabki moyillik”ka muvofiq o‘tkaziladi.
Bank har doim o‘zi tomonidan so‘zsiz inkor qiladigan barcha majburiyatlar uchun
10 foizlik kredit konvertatsiya omilini qo‘llashi lozim.
Markaziy bank banklardan ularning faoliyatiga xos tavakkalchilik, iqtisodiy shart–
sharoit va moliyaviy ahvolidan kelib chiqib, kapital monandligining yanada yuqori 
koeffitsienti ta’minlanishini talab qilishi mumkin. Bunday tavakkalchiliklar muammoli 
kreditlarning katta hajmi, sof zararlar, aktivlarning yuqori darajada o‘sishi, foiz stavkalari 
bo‘yicha yuqori darajali tavakkalchilikning yuzaga kelishi yoki tavakkalchilikka 
asosalangan faoliyatga jalb qilinish kabilarni o‘z ichiga oladi, biroq ular bilan cheklanib 
qolmaydi.
Banklar 2015 – 2018 yillarda soliqlar to‘langandan so‘ng qoladigan sof foydadan 
ajratmalar ajratish orqali quyida keltirilgan ko‘rsatkichlardan kam bo‘lmagan miqdorda 
kapitalni ko‘paytirish bo‘yicha barcha choralarni ko‘rishlari lozim.
Kapitalga 
bo‘lgan 
minimal 
talablar (%)
Yillar
Regulyativ 
kapital

darajali 
kapital

darajali 
asosiy
kapital
01.01.2015
10
7,5
6
01.01.2016
11,5
8,5
7
01.01.2017
12,5
9,5
7,5


139 
01.01.2018
13,5
10,5
8,5
01.01.2019
14,5
11
9,5
Bank aksiyadorlariga dividendlar hisobot yili yakunlar va oraliq devident 
to‘lanayotgan davr uchun moliyaviy hisobotning ishonchliligi haqida auditorlik xulosasi 
mavjud bo‘lgan taqdirda hamda kapitalni oshirishga ajratmalar amalga oshirilgandan 
so‘ng to‘lanadi.
Dividendlar ehtimoliy zararlarni qoplash zaxirasi shakllantirilgandan hamda 
Markaziy bank talablariga muvofiq tuzatishlar amalga oshirilgandan so‘ng to‘lanishi 
mumkin.
Banklar quyidagi hollarda dividend to‘lash (e’lon qilish) to‘g‘risida qaror qabul qilish 
huquqiga ega emas:
a) butun ustav kapitalini to‘liq shakllantirmagan holda (qo‘shimcha emissiya qilish 
yo‘li bilan uni ko‘paytirish bundan mustasno);
b) dividendlar to‘lash paytida bank iqtisodiy nochorlik (bankrotlik) alomatlariga ega 
bo‘lsa yoki ko‘rsatilgan alomatlar bankda dividendlar to‘lash natijasida paydo bo‘lsa;
v) bank sof aktivlari qiymati uning ustav va zaxira kapitali summasidan kam bo‘lsa;
g) Markaziy bank tomonidan belgilangan iqtisodiy normativlarni buzish, shuningdek 
agar dividendlar to‘lash natijasida iqtisodiy normativlar buzilib, buning oqibatida 
omonatchilar va kreditorlar manfaatlariga jiddiy xavf tug‘ilishi mumkin bo‘lsa;
d) bankka nisbatan Markaziy bankning dividendlar to‘lashni to‘xtatish to‘g‘risida 
talabi mavjud bo‘lsa.
Bank Kengashi har yili bankning kredit va investitsiya siyosatining asosiy 
yo‘nalishlarini ishlab chiqish va tasdiqlash chog‘ida foydadan kapitalni oshirishga 
yo‘naltiriladigan ajratmalar miqdorini e’tiborga oladi.
Mazkur Nizomning 39–bandiga muvofiq kapitalni oshirishga ajratilgan mablag‘lar 
30903–“Umumiy zaxira fondi” balans hisobvarag‘ida hisobga olinadi.
Mazkur Nizomning talablari banklar tomonidan buzilgan taqdirda Markaziy bank 
“O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi 
Qonunining 53–moddasida nazarda tutilgan chora–tadbirlar va jazo choralarini qo‘llashga 
haqli.
Kapitali mazkur Nizom talablariga muvofiq bo‘lmagan banklar quyidagilarni o‘z 
ichiga oluvchi kapitalga qo‘yiladigan talablarning bajarilishini ta’minlash bo‘yicha chora–
tadbirlar rejasini ishlab chiqishlari kerak:
a) bank kapitalini etarlilik darajasigacha ko‘tarish uchun zarur bo‘lgan strategiya va 
hatti–harakatlar;
b) rejaning amal qilish davri mobaynida belgilanadigan kapitalning cheklangan 
miqdorlari;
v) bankning faoliyatiga belgilangan cheklovlar ta’siri ostida reja bilan qamrab 
olinadigan davr uchun tadbirlar rejasi;
g) Markaziy bank talablariga muvofiq boshqa axborot.
Muddatlari ko‘rsatilgan reja kapitalning etarliligiga qo‘yiladigan talablarda 
nomuvofiqlik yuzaga kelgan va uni tijorat bankning moliyaviy hisobotida aks ettirilgan 


140 
paytdan boshlab 30 kun ichida Markaziy bankka ko‘rib chiqish uchun taqdim etilishi 
kerak.
Xalqaro bank amaliyotida tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini belgilovchi 
asosiy ko’rsatkich bank kapitalining yetarliligi va uni barqaror manbalar hisobidan 
shakllantirilganligidir. 
Tijorat banklari kapitalining yetarliligi deganda, odatda, bankning to’lovga qobilligi 
va likvidligini ta’minlash imkonini beradigan kapitalning zaruriy minimal darajasi 
tushuniladi.
Bugungi kunda tijorat banklari bajarayotgan barcha operatsiyalar bevosita yoki 
bilvosita bank kapitalining yetarliligi va uning sifatiga bog’liq bo’lib, har qanday tijorat 
bankining to’lovga qobilligini va risklardan holiligini baholashda bank kapitalining 
yetarliligi asosiy omil hisoblanadi. Tijorat banklarining yetarli miqdorda bank kapitaliga 
ega bo’lishi, ularning to’lovga qobilligi va likvidligini ta’minlash, shuningdek, faoliyati 
davomida duch keladigan risklardan zarar ko’rmay chiqib ketish imkoniyatini beradi. 
Hozirgi davrda dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlarida tijorat banklari kapitalining 
tarkibini shakllantirishda va uning yetarlilik darajasini belgilashda xalqaro Bazel qo’mitasi 
tomonidan ishlab chiqilgan standartlardan asos sifatida foydalanilmoqda. 
Bazel qo’mitasi faoliyatining asosiy yo’nalishi bank tizimi uchun o’z kapitaliga sifat 
va miqdor jihatdan yetarli talablarni o’rnatish yo’li bilan mustahkam faoliyatni 
ta’minlashdan iboratdir. Bu o’rinda asosiy hujjat bo’lib, 1988 yilda Markaziy bank 
vakillari tomonidan ishlab chiqilgan va 1993 yilda amaliyotga joriy qilingan kapital va risk 
bo’yicha Bazel-1 kelishuvi hisoblanib, unda kapital yetarliligi me’yorini hisoblash uslubi 
keltirilgan. 
Kapital yetarliligini aniqlash bo’yicha ishlab chiqilgan mazkur uslub kapital summasi 
bilan bank aktiv operatsiyalarining riskliligi o’rtasida o’rnatilgan bog’liqlikka asoslanadi. 
Ushbu bog’liqlik o’z kapitalini riskka tortilgan aktivlarning jami miqdoriga yoki potentsial 
kreditlar, investitsiyalar hamda boshqa qo’yilmalar bo’yicha yuqotishlarning jami miqdori 
nisbati bilan aniqlanadi. 
Ushbu standartda kapital sifat jihatidan ikkita yirik qismga ajratilgan va ularning har 
biriga nisbatan yetarlilik darajasi aniqlangan. Bazel standarti bo’yicha tijorat banklari 
kapitalining yetarliligi aniqlanayotganda ularning aktivlari risk darajasiga ko’ra o’zaro 
farqlanadi. Shuningdek, ushbu standart tijorat banklarining balansdan tashkari 
aktivlarining risk darajasini xam xisobga olgan xolda kapital yetarliligini ta’minlashni 
nazarda tutadi. 
Tijorat banklari faoliyatini nazorat kilish buyicha Xalkaro Bazel qo’mitasi tomonidan 
ishlab chikilgan standart va uning takomillashtirilgan varianti bo’lgan Bazel-II kelishuvida 
tijorat banklari kapitali tarkibini shakllantirishga bevosita ta’sir qiluvchi talablar mavjud.
Xalkaro Bazel standarti bo’yicha banklarning asosiy kapitali barkaror 
moliyalashtirish manbalaridan tashkil topishi lozim.
Bazel-II talablarini joriy etish bo’yicha Markaziy bank asosiy rol o’ynaydi. Yangi 
talablar Markaziy bank tomonidan belgilangan me’yoriy hujjatlarda, risk - menejment 
usullarida va texnologiyalarda ham aks ettirilishi lozim. 


141 
2010 yilda bank sektori barqarorligini yanada kuchaytirish maqsadida Bazel III 
tavsiyalari ishlab chiqildi. 
Bazel III tizimi, avvalgi tizimlardan farqli o’laroq, kutilayotgan ehtimoliy 
yo’qotishlar uchun rezervlar shakllantirishni, shu asosda, banklarda barqarorlashtirish 
jamg’armasini tashkil etishni, shuningdek, kapitalning yetarlilik va likvidlik darajasi 
mezonlarini kuchaytirishni ko’zda tutadi. 
2010 yil sentyabr oyida Bank nazorati bo’yicha Bazel qo’mitasi bank kapitali va 
likvidliligining yangi standartlari to’liq ishlab chiqilganligini e’lon qildi hamda noyabr 
oyida ushbu yangi standartlar katta yigirmalik davlatlari rahbarlarining Seul sammitida 
tasdiqlandi. Bazel III deya nomlanayotgan ushbu yangi standartlar banklar kapitali 
yetarliliga minimal talablarning tobora va bosqichma-bosqich kuchaytirishni nazarda 
tutadi. Ushbu yangi standartlarga katta yigirmalik davlatlarida 2013 yildan boshlab 
o’tilishi hamda 2019 yilga kelib ushbu davlatlarda banklar o’z kapitallarini Bazel III 
talablariga to’liq moslashtirishlari kutilmoqda. 
Bazel III talablari o’zi nimalardan iborat, degan savol yuzaga kelishi aniq. Ushbu 
savolga batafsilrok to’xtalib o’tsak. 
Birinchidan, yangi talablarga ko’ra, 1-darajali kapitalning yetarlilik darajasi 6 foizni 
(shu va kapitalga oid boshqa ko’rsatkichlar tavakkalchilikka tortilgan aktivlarga nisbatan 
hisoblanadi), shu jumladan, to’langan oddiy aktsiyalar yoki 1- darajali asosiy kapital 
ko’rsatkichi (chegirmalardan keyin) 4,5 foiz miqdorda bo’lishi lozim. Bunda 1- darajali 
asosiy kapital ko’rsatkichi 2013 yilgacha 2 foiz, 2013 yildan 3,5 foiz, 2014 yildan 4 foiz 
va 2015 yildan 4,5 foiz miqdorda bo’lishi lozimligi belgilangan. 
Ikkinchidan, Bazel III da bank kapitaliga oid qator yangi tushunchalar, jumladan 
«Bufer kapitali» deb umumiy nom olgan ikkita: konservatsion hamda kontrtsiklik bufer 
kapitali tushunchalari kiritilmoqda. 
Konservatsion kapital iqtisodiy, moliyaviy inqirozlar davrida banklar zararlarini 
qoplash uchun o’ziga yarasha qalqon sifatida xizmat qilishi kutilmoqda. 
Kontrtsiklik kapital har bir mamlakat shart-sharoitidan kelib chiqqan holda, 0-2,5 foiz 
doirasida belgilanadi. 
Banklar kontrtsiklik kapitalga 2016 yildan boshlab ega bo’lishlari va uning miqdori 
2016 yildan 0,625 foiz, 2017 yildan 1,25 foiz, 2018 yildan 1,875 foiz va 2019 yildan 2,5 
foiz bo’lishi talab qilinmoqda. Ushbu talabni 2,5 foizga etkazmagan banklarga dividendlar 
to’lash, o’z aktsiyalarini qaytarib sotib olish hamda bonuslar to’lashga cheklovlar 
o’rnatiladi. 
Yana bir yangi tushuncha — bu tizim uchun muhim banklar kapitaliga qo’shimcha 
talablardir. Tizim uchun muhim banklar deganda hajmi, murakkabligi hamda tuzilmaviy 
o’zaro bog’langanligi sababli ularning tanazzulga uchrashi butun moliya tizimi inqiroziga 
hamda iqtisodiy faollik falajiga sabab bo’ladigan banklar tushuniladi. Bazel III da bunday 
banklar kapitaliga nisbatan qo’shimcha talablar ishlab chiqilishi lozimligi to’g’risida 
umumiy kelishuvga kelingan. 
Demak, Bazel III ga ko’ra, banklar regulyativ kapitali ko’rsatkichi birinchi darajali 
bank kapitali, konservatsion bufer kapitali, kontrtsiklik bufer kapitali hamda tizim uchun 
muhim banklar kapitaliga qo’shimcha talablar yig’indisidan iborat bo’ladi.


142 

Download 3,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish