5. Tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarini amalga
oshirishdagi xorij tajribasi.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida keng islohotlarni amalga oshirish, jamiyatni
barcha jabhalarini tubdan o‘zgartirish yo‘liga kirib borishi mamlakat bank tizimini
qimmatli qog‘ozlar bozoridagi investitsiya faoliyatini amalgan oshirishga kerak bo‘lgan
yangi vazifalarni belgilab berdi. Prezidentimiz «...qimmatli qog‘ozlar bozorini, ayniqsa,
ikkilamchi bozorni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish, raqobatga bardoshli fond
bozorini rivojlantirish bo‘yicha yaqin istiqbolga mo‘ljallangan samarali strategiyani ishlab
chiqish, aksiyalar va ob’ektlarning birja savdolarida sotilishida oshkoralik tamoyillarini
keskin kuchaytirish kerakligini...» ta’kidlab o‘tganligi bejiz emas
65
.
Jahonning birinchi banki paydo bo‘lganidan hozirgacha faqatgina investitsiya
banklari o‘z faoliyatini bankrotlikka uchrab tugatmaganlar. Respublikamizda tashkil
64
“Toshkent” RFB Tahliliy xizmati boshlig'i O'ktam Ochilov ma’ruzasi asosida tayyorlandi (26 yanvar, 2016 - 10:00
www.cbu.uz)
65
KarimovI.A. “Erishilganyutuqlarnimustahkamlab, yangimarralarsariizchilharakatqilishimizlozim” - T.:
“O‘zbekiston” NMIU, 2006. 18-b.
267
qilingan bank tizimi asosan ixtisoslashgan banklardan iborat. Lekin ularning faoliyatining
chuqurroq o‘rganilsa, shunisi ma’lum bo‘ladiki, hech qaysi bank o‘z ixtisoslashuvi bilan
cheklanib qolmaydi hamda iqtisodiyotni kam o‘rganilgan sohalariga kirib boradi. Xuddi
shuningdek, qimmatli qog‘ozlar bozorida tijorat banklarining investitsiya faoliyati banklar
uchun yangi imkoniyatlarni va o‘z hokimiyati doirasini kengaytirish hamda barqaror
daromadni olib, bankni likvidligini ta’minlash istiqbolini ochib berdi.
Bizga ma’lumki bu qimmatli qog’ozlar bilan operatsiyalarni asosiy rivojlanishi
Yevropa va Amerika mamlakatlariga to’g’ri keladi. Ammo MDH mamlakatlarida bu
ko’rsatkich nisbatan sust. Ammo shunday bo’lsa ham bu MDH mamlakatlari ichida
yetakchi o’rinlarda bo’lib kelayotgan Rossiyada qimmatli qog’ozlar bilan operatsiyalar
sezilarli darajada yaxshi holatga ko’tarilgan. Quyidagi jadvalda Rossiya tijorat
banklarining qimmatli qo’g’ozlar bilan operatsiyalari bo’yicha qisqacha ma’lumotga ega
bo’lamiz. Bunda quyidagicha ma’lumotlar keltirilgan:
Rossiya tijorat banklari boshqa muassasalar ustavida qatnashish bilan birgalikda qarz
majburiyatli qimmatli qog’ozlarga ham sarmoya kiritib kelmoqda. Qarz majburiyatli
qimmatli qog’ozlar bilan operatsiyalar Rossiya tijorat banklari tomonidan keng yo’lga
qo’yilgan.
Jahonda qimmatli qog‘ozlar bozorining ikki modeli ajratilib, ularni o‘rtasidagi
chegara sifatida tijorat banklariga aksiyalar bilan operatsiyalarni o‘z hisobidan amalga
oshirishni taqiqlanishi yoki, aksincha, ruxsat berilishi qo‘llaniladi. Bunda gap
«anglosakson» modeli to‘g‘risida ketmoqda (asosiy namoyandalari: AQSH hamda Buyuk
Britaniyaning iqtisodchi olimlari), unga ko‘ra aksiyalarga investitsiyalar quyish banklar
uchun taqiqlangan, hamda «nemis» modeli haqida (asosiy namoyandalari Germaniya,
Shveysariya), unga ko‘ra banklar aksiyalar bilan deyarli cheklovlarsiz muomala qiladilar
va quyidagi savollarga javoblar mazkur ikkita modelni samaradorlik mezonlari bo‘lib
hisoblanadi:
Bu mamlakatda investitsiya va bank faoliyatini bir-biridan ajratish g‘oyasi izchil olib
borilgan hamda ko‘pchilik boshqa mamlakatlar uchun o‘rnak bo‘lgan. AQShda tijorat
banklariga qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar amalga oshirish hamda fond birjalariga
a’zo bo‘lish taqiqlangan edi.
1933 yilda qabul qilingan qonunga ko‘ra, (Glass-Stigal qonuni), tijorat banklari
sanoat kompaniyalari aksiya va obligatsiyalari chiqarishni tashkil qilishda qatnashishlari
mumkin emas. Mazkur qonun tijorat banklariga bevosita ham, shuba kompaniyalar orqali
ham aksiyalarga investitsiyalar quyishni taqiqlagan edi. Bu qonun «Buyuk depressiya»
vaqtida qabul qilinib, bank sektori va umuman iqtisodiyot achinarli holatda bo‘lgan.
Qonunning bosh maqsadi bank tizimiga ishonchni qayta tiklash va mustahkamlashdan
iborat edi. Qonunga ko‘ra, buning uchun «bank aktivlaridan bundan ko‘ra xavfsizroq va
samaraliroq foydalanishni ta’minlash, bank ichidagi boshqaruv usullarini tartibga solish,
fondlarni spekulyativ operatsiyalarga, noqonuniy jalb qilinishining oldini olish» zarurdir.
Ya’ni, qonun mualliflari banklarning aksiyalar bilan operatsiyalarini banklar xavfsizligiga
tahdid soluvchi spekulyatsiyalar deb qaragan.
268
1987 yilda I.Spreg mega banklarni tashkil qilishga qarshi chiqdi. Uning fikriga ko‘ra,
amerika banklari jahon bozorlarida raqobatlashish uchun yetarli darajada yirikdirlar.
Banklarning riskli keng miqyosdagi investitsiya faoliyatida qatnashishi borasida fikrlar
turlicha ekanligi haqida mintaqalar bank birlashmasining raisi Robert Striklendning
qarashlari e’tiborga loyiq. Uning fikricha, bank va tijorat faoliyati o‘rtasidagi farq vaqt
o‘tishi bilan butunlay yo‘qoladi.
Aksiyalar bilan operatsiyalarni taqiqlashda banklarning moliyaviy qudrati xaddan
tashqari jamlanishidan xavfsirash katta rol o‘ynadi.
Mazkur ta’qiqlash AQShda hozirgacha ham bekor qilinmaganligining sababi aynan
ana shu xavfsirashdadir, chunki, katta qudratga ega bo‘lgan barcha narsalarni rad etish
amerikaliklar uchun xosdir.
Endi qimmatli qog‘ozlar bozorining «nemis» modeliga to‘xtalib o‘tamiz. Yuqorida
qayd etilganidek, unga ko‘ra korxonalar aksiyalari bilan operatsiyalar bo‘yicha tijorat
banklari uchun cheklovlar mavjud emas. Buning natijasida Germaniyaning moliya tizimi
quyidagi xususiyatlarga ega bo‘ldi:
1.
Banklar nemis korxonalari jamg‘armasining katta qismiga egadirlar;
2.
Korxonalar tashqi moliyalashtirishning asosiy manbasi sifatida bank kreditlaridan,
jumladan uzoq muddatlilaridan foydalanadilar;
3.
Germaniyaning qimmatli qog‘ozlar bozori «ingliz-sakson» modeliga yo‘naltirilgan
mamlakatlarnikiga nisbatan takomillashgan bo‘lib chiqdi;
4.
Qimmatli qog‘ozlar bozorida banklar hukmronlik qilmoqda ularga bog‘liq bo‘lgan
investitsiya biznesi rivojlangan.
Boshqa tomondan, aksiyalarga egalik qilgan banklar o‘z kreditlari qo’llanilishi
samaradorligini nazorat qilish imkoniyatiga ega bo‘lganligi sababli, nemis sanoati
qimmatli bo‘lmagan va muhimi, uzoq muddatli qarz mablag‘laridagi ehtiyojlarni doimo
qondirgan. Bu bilan u jahon bozorlarida jiddiy raqobat ustunligiga ega bo‘lgan. Bir
vaqtning o‘zida, J.Matukning fikriga ko‘ra, «fransuz sanoatiga doimo shaxsiy jamg‘arma
yetishmaydi, va uning zimmasida qisqa muddatli qarzlar yotadi, natijada u ishlab
chiqarishni moliyalashtirishning yuqori qiymatiga ega». Qimmatli qog‘ozlar bozorining
«nemis» modelini moliya bozorida banklarning hukmdorligi korxonalarni nazorat ostiga
quyib, moliyaviy masalalarni hal qilishda korporativ sektorini to‘liq erkinlikdan maxrum
etadi.
«Ingliz-sakson» modeli qabul qilingan mamlakatlarda fond bozorlari evolyutsiyasini
kuzatamiz. Hozirgi vaqtga kelib o‘sha mamlakatlarning deyarli barchasi tijorat banklariga
korxonalar aksiyalari bilan operatsiyalar o’tkazishni taqiqlashdan voz kechdilar. Bu
mamlakatlarda 70-80 yillar davomida banklarga bevosita (Buyuk Britaniya), yoki sho‘’ba
korxonalar orqali (Kanada) u yoki bu cheklovlar bilan aksiyalarga egalik qilish, ularni
kafolatli joylashtirish, dilerlik funksiyalarini bajarishiga ruxsat etilgan edi.
Aksiyalar bilan operatsiyalar banklar uchun uzoq vaqt mobaynida taqiqlangan yagona
mamlakat – bu AQSH. Lekin bu yerda ham mavjud bo‘lgan taqiqlashni bekor qilishga
urinmoqdalar. Shunday qilib, hozirgi vaqtda jahon amaliyotida qimmatli qog‘ozlar
bozorida banklar investitsiya faoliyatining ikkita asosiy modeli mavjud.
269
Ulardan biri, bu bozorda tijorat banklarining hukmronligini ko‘zda tutadi
(Germaniya). Ikkinchisi aralash hisoblanib, ham bank, ham nobank moliya – kredit
institutlarining faol rolini ko‘zda tutadi (AQSH, Yaponiya).
AQShda banklarga qimmatli qog‘ozlar bozoridagi faoliyatning ba’zi bir turlari bilan
shug‘ullanish man qilingan (brokerlik, dilerlik, banklar o‘z zimmasiga qo‘shimcha
risklarni olishi bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat). Shuningdek, noprofessional faoliyatning
alohida turlari sezilarli darajada cheklangan (nodavlat qimmatli qog‘ozlariga quyilmalar,
sho‘’ba bank va moliya kompaniyalardan tashqari).
Qimmatli qog‘ozlar bozorida banklar investitsiya institutlari sifatida quyidagi faoliyat
turlarini amalga oshirishlari mumkin:
1.
qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi vaqtida vositachi – agentlik vazifalarini mijoz hisobi
va topshirig‘iga ko‘ra, komissiya yoki topshiriq shartnomasi asosida bajarish, ya’ni moliya
brokeri funksiyasini bajarish;
2.
investitsiya bo‘yicha maslahat berish, ya’ni qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va
aylanishi yuzasidan maslahat xizmatlarini ko‘rsatish;
3.
investitsiya kompaniyasi funksiyalarini bajarish;
4.
qimmatli qog‘ozlar chiqarishni tashkil qilish;
5.
qimmatli qog‘ozlarni uchinchi shaxslar foydasiga joylashtirish bo‘yicha kafolatni
ta’minlash;
6.
qimmatli qog‘ozlarga mablag‘lar quyish;
7.
qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisini o‘z nomidan va o‘z hisobiga amalga oshirish,
jumladan qimmatli qog‘ozlar kotirovkasi yo‘li bilan (investitsiya kompaniyasi qimmatli
qog‘ozlarni sotish va sotib olish majburiyatini oladigan ma’lum qimmatli qog‘ozlarga
«haridor narxi» hamda «sotuvchi narxi»ni e’lon qilish).
Xulosa qiladigan bo‘lsak, rivojlangan mamlakatlar tijorat banklarining qimmatli
qog‘ozlar bozoridagi investitsiya faoliyati ikki modelga ajratilib, ularni o‘rtasidagi chegara
sifatida tijorat banklariga aksiyalar bilan operatsiyalarni o‘z hisobidan amalga oshirishni
taqiqlanishi yoki, aksincha, ruxsat berilishi qo‘llaniladi. Bunda gap «anglosakson» modeli
to‘g‘risida ketmoqda (asosiy namoyandalari: AQSH hamda Buyuk Britaniyaning
iqtisodchi olimlari), unga ko‘ra aksiyalarga investitsiyalar quyish banklar uchun
taqiqlangan, hamda «nemis» modeli haqida (asosiy namoyandalari Germaniya,
Shveysariya), unga ko‘ra banklar aksiyalar bilan deyarli cheklovlarsiz muomala qiladilar.
Yuqorida qayd etilganidek, unga ko‘ra korxonalar aksiyalari bilan operatsiyalar
bo‘yicha tijorat banklari uchun cheklovlar mavjud emas. Buning natijasida Germaniyaning
moliya tizimi quyidagi xususiyatlarga ega bo‘ldi:
1. Banklar nemis korxonalari jamg‘armasining katta qismiga egadirlar;
2.Korxonalar tashqi moliyalashtirishning asosiy manbasi sifatida bank kreditlaridan,
jumladan uzoq muddatlilaridan foydalanadilar;
3. Qimmatli qog‘ozlar bozorida banklar hukmronlik qilmoqda ularga bog’liq bo‘lgan
investitsiya biznesi rivojlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |