3.Banklarning qimmatli qog’ozlar bilan bog’liq investitsion operatsiyalari
Bank investitsiyalariga, qoida bo‘yicha, foyda olish maqsadida bir yildan ortiq
vaqtda to‘lash sharti bilan qimmatli qog‘ozlarga mablag‘larni qo‘yilma qilish kiradi.
Agar bank turli emitentlar qimmatli qog‘ozlaridan bir necha turini sotib olsa, ya’ni
uning qo‘yilmalari diversifikatsiyalangan bo‘ladi va bunda mazkur bank investitsiyalar
portfeli haqida gapirish mumkin bo‘ladi, U portfel tarkibini rejalashtirish, tahlil qilish va
tartibga solib turish, portfel oldiga qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun uni
shakllantirish hamda quvvatlab turish, uning likvidligi zarur darajada bo‘lishini saqlab
turish va u bilan bog‘liq xarajatlarni kamaytirishni o‘z ichiga oladi. Investitsiya siyosatini
ishlab chiqish va investitsiya portfeli tuzilmasini aniqlash vaqtida banklar avvalambor
likvidlik, daromadlilik va xatarga e’tibor beradi. Banklarning qimmatli qog‘ozlarga
investitsiyalar qilishdan maqsadi foizlar olish, kapitalni saqlab qolish va qimmatli
qog‘ozlar kursi qiymatining o‘sib borishi asosida sarmoyaning ortib borishini
ta’minlashdan iboratdir.
261
O‘zbekiston banklarining portfelini investitsiyalash ob’ekti bo‘lib korporativ
qimmatli qog‘ozlar, shuningdek, davlat qisqa muddatli qog‘ozlari xizmat qiladi.
Investitsiyalash jarayonida bank strategiyasining ikki turi farqlanadi: passiv va aktiv.
Passiv, kutibturuvchi strategiyaning maqsadi – o‘rtacha bozornikiga yaqin bo‘lgan
darajadagi barqaror va qat’iy daromad olinishini ta’minlashdir. Bu holda, odatda,
"narvon" usuli yoki "shtanga" usuli qo‘llanadi. Birinchi usul turli muddatli qimmatli
qog‘ozlarni bank tomonidan tanlab olingan investitsiyalash muddati doirasida bir tekis
taqsimlagan holda sotib olishga asoslangan. "SHtanga" usuli investitsiyalarning aksariyat
qismi portfelning yuqori likvidliligini ta’minlay-digan juda qisqa muddatli qimmatli
qog‘ozlarga hamda yuqori daromad olish uchun imkon beradigan anchagina uzoq
muddatli qimmatli qog‘ozlarga yo‘naltirilishini anglatadi.
O‘zbekistonda banklar o‘zlarining qimmatli qog‘ozlar portfelini shakllantirishda
ushbu ikkala usulni qo‘llaydilar. Biroq O‘zbekiston uchun umuman investitsiyalashning
nisbatan qisqaroq muddatlari xosdir.
Agressiv (tajovuzkor) siyosat kurslar va foizlarning bozorda o‘zgarib (tebranib)
turishidan daromad olish imkoniyatlaridan eng ko‘p darajada foydalanib qolishga
yo‘naltirilgan. Bunday strategiyani faqat katta investitsiya portfeliga ega bo‘lgan yirik
banklargana qo‘llashi mumkin. Agressiv strategiyani muvaffaqiyatli olib borish uchun
bank kundalik bozorni xolisona baholay oladigan va unda vaziyatning o‘zgarishiga oid
taxminlar tuzishni ta’minlaydigan tegishli tahliliy imkoniyatlarga ega bo‘lishi lozim.
O‘zbekiston banklarini investitsiyalashning bosh ob’ekti davlat qisqa muddatli
obligatsiyalari (DqMO) bo‘lib, ular bankka kafolatli qat’iy va barqaror daromad olish
uchun imkon beradi. Ko‘pgina banklar o‘zlarining vaqtincha bo‘sh turgan pul resurslarini
ayni mana shu DQMOga qo‘yilma qiladilar. SHuni qayd etish lozimki, ko‘pgina banklar
DQMOga qo‘yilma qilayotganlarida bir qancha hollarda ikkilamchi bozorda narx
ko‘tarilishi narx pasayishi vaqtidagi fursat (o‘yin)dan foydalanib, katta daromad olib,
tajovuzkor siyosat yuritadilar.
Ahamiyatiga ko‘ra ikkinchi o‘rinda turgan, ammo eng katta istiqbolga ega bo‘lgan
investitsiyalash ob’ekti xususiylashtirilgan korxonalarning aksiyalari bo‘lib, ular
dividendlar shaklida daro, madlar olish va kurs qiymatini oshirish uchun, shuningdek,
keyinchalik ancha yuqori narxda qayta sotish uchun sotib olinadi.
Sanoat korporatsiyalari aksiyalariga banklar investitsiyalari amalga oshirilgan vaqtda
bank kapitali bilan sanoat kapitali qo‘shilib-birlashib, moliya kapitali hosil bo‘ladi.
Bunday birlashuv, yuqorida qayd etilganidek, hamma mamlakatlarda ham
bo‘lavermaydi, lekin O‘zbekistonda u etarlicha keng rivojlandi. Agar biror aksiyadorlik
jamiyatining aksiyalar paketiga ega bo‘lgan bank uni boshqarishda, shuningdek,
kreditlar, jumladan, imtiyozli kreditlar yordamida emitentning moliyaviy ahvolini
sog‘lomlashtirishda faol ishtirok etsa, shunday birlashib ketishning afzalliklari namoyon
bo‘ladi.
Har bir bank investitsiya portfelining muayyan qismini bank tomonidan qo‘shma va
shu’ba korxonalarga kiritilgan paylar va ulushlar tashkil etadi. Ushbu qo‘yilmalardan
keladigan daromad ba’zan katta miqdorlarga etishi, ammo ayrim hollarda umuman
bo‘lmasligi ham mumkin. Turlicha bozor tuzilmalarining ta’sischilari bo‘lmish banklar
262
ularga katta mablaglarni qo‘yilma qiladi, Masalan, banklar investitsiya muassasalari va
birjalarning ta’sischilari bo‘lishi mumkin. Amalda O‘zbekistondagi har bir bank turli
yo‘nalishdagi bir yoki hatto bir necha investitsiya muassasalar – investitsiya vositachilari,
investitsiya kompaniyalari va x.k.larning ta’sischisi bo‘ladi. O‘zbekistonda banklarga
institutsional sarmoyadorlarning, ya’ni o‘z ish faoliyatining xususiyatiga ko‘ra doimiy va
katta miqdordagi pul mablag‘lariga ega bo‘lgan hamda ularni qimmatli qog‘ozlar
portfeliga qo‘yilma qilishga qurbi etadigan tashkilotlarning ta’sischilari bo‘lish uchun
ruxsat berilgan. Banklar institutsional sarmoyadorlarning aksiyalarini sotib olib, pul
mablag‘larini jamg‘arish (akkumulyasiyalash) uchun qo‘shimcha imkoniyatga ega bo‘ladi,
shuningdek, mijozlarning qimmatli qog‘ozlar portfelini boshqarish bo‘yicha o‘z
operatsiyalarini kengaytiradi.
Banklar anderrayting bo‘yicha operatsiyalarni bajarayotgan vaqtda mablag‘larni
qimmatli qog‘ozlarga investitsiyalashga doir operatsiyalarni amalga oshiradi, ya’ni bank
emitent-mijozning qimmatli qog‘ozlarini joylashtira olmagan vaqtda, o‘z majburiyatlarini
bajarish va mijozning ustav sarmoyasini o‘z vaqtida shakllantirish uchun bankning o‘zi
mijozning qimmatli qog‘ozlarini sotib olishiga to‘rri keladi. Ammo ushbu operatsiyalar
ko‘proq nochorlik xususiyatiga ega. Keyinchalik bank bunday qimmatli qog‘ozlarni sotib
olib, ularni sotishga harakat qiladi yoki u foyda, shu bilan birga, dividendlar keltira
boshlashi uchui emitentni boshqarishda ishtirok etadi.
Banklar korxona aksiyalariga ega bo‘lib va unga kreditlar berib, o‘z investitsiyalarini
himoya qilish maqsadida kreditlashni davom etgirishga jalb etilishi mumkin. Ular o‘z
obro‘sini saqlab qolish uchun korxonaning moliyaviy barqarorligini quvvatlab turishga
majburdir. qimmatli qog‘ozlarga investiyalashni amalga oshirishda bankning yo‘qotishlari
bo‘yicha mavjud xatar asosan qisqa muddatlidir lekin u bankning asosiy kapitaliga
nisbatan juda yuqori bo‘lib qolishi ham mumkin. Bank-emitent korxonaning bankrot
bo‘lishi bilan bog‘liq holda uning aksiyalariga ega bo‘lgani uchun zarar ko‘rishi ham
mumkin, ammo bunday yo‘qotishlarning eng ko‘p tarqalgan sababi, bozor qiymatini
noto‘g‘ri baxrlash va qimmatli qog‘ozlarni uzoq vaqt davomida saqlab turishdan iboratdir.
Mana shuning uchun ham banklar uchun qimmatli qog‘ozlarga qo‘yilmalar qilishni
amalga oshirish bo‘yicha cheklanishlar mavjud bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:
1)
bankning bir korxona ustav kapitaliga, shuningdek, shu korxonaning boshqa
qimmatli qog‘ozlariga qo‘yilmalari miqdori birinchi darajadagi bank regulyativ
kapitalining 15 foizidan oshmasligi shart;
2)
bankning barcha emitentlar ustav kapitali va boshqa qimmatli qog‘ozlariga
investitsiyalari miqdori birinchi darajadagi bank regulyativ kapitalining 50 foizidan
oshmasligi kerak;
3)
bankning oldi-sotdi uchun nodavlat qimmatli qog‘ozlarga qo‘yilmalari birinchi
darajadagi bank regulyativ kapitalining 25 foizidan oshmasligi lozim.
Bank to‘g‘ridan-to‘g‘ri bevosita va bilvosita (masalan, shu’ba korxonalar orqali) har
qanday korxona (moliyaviy muassasalardan tashqari) ustav kapitalining 20 foizdan ortiq
qismiga ega bo‘lishi mumkin emas.
Ammo bank qo‘yilmalariga belgilangan ushbu cheklashlar kredit ta’minoti uchun
taqdim etilgan qimmatli qog‘ozlarga berilgan garov huquqini amalga oshirish katijasida
263
bank tomonidan olingan qimmatli qog‘ozlarga nisbatan qo‘llanmaydi. Ayni vaqtda, agar
bank qimmatli qog‘ozlarni garov huquqlari amalga oshirilgan holda olgan bo‘lsa, ularni
bir oy mobaynida sotishi kerak.
Avval qayd etilganidek, banklar investitsiya muassasalari vazifalarini bajarishi
mumkin. Turli mamlakatlarda tijorat banklari buni qimmatli qog‘ozlar bozorini umumiy
nazorat etadigan organning ruxsati bilan yoki davlat bosh bankidan bank faoliyatini
amalga oshirish uchun olinadigan umumiy litsenziya (ruxsatnoma) doirasida amalga
oshiradi. O‘zbekistonda banklar qonuniy jihatdan qayd etilgan tijorat banklari va
investitsiya banklariga ajratilmagan, shu sababli tijorat banklari investitsiya
muassasalariga xos bo‘lgan vazifalarni erkin bajarayapti.
Banklar qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni Markaziy bank tomonidan
beriladigan umumiy litsenziya asosida amalga oshirishlari mumkin. Litsenziyada
ko‘rsatilgan, banklar tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalar ro‘yxatida qimmatli
qog‘ozlar bilan olib boriladigan faoliyat maxsus qayd etilgan bo‘lishi kerak. Banklar
qimmatli qog‘ozlar bilan faoliyatini amalga oshirish uchun quyidagi ma’lumotlarni
ko‘rsatishi lozim:
a) qimmatli qog‘ozlar bilan rejalashtirilayottan faoliyatning batafsil tavsifi, ushbu
faoliyatni amalga oshirishda bank qanday siyosat olib borishi va qanday tadbirlardan
foydalanmoqchi ekanligi;
b) bankning ushbu faoliyatni amalga oshirishi natijasida olinishi ko‘zda
tutilayotgan foydaning taxminiy miqdori (foizlar hisobida);
v) bunday faoliyat ustidan o‘rnatiladigan ichki nazorat turlari va unga qo‘yiladigan
talablar;
g) qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshiradigan shaxslar uchun
bitimlar tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilish va cheklashlar bo‘yicha vakolatlar;
d) qimmatli qog‘ozlar bilan bitimlarni amalga oshiradigan shaxslarga qo‘yiladigan
malakaviy talablar;
e) bankning ichki hisob yuritish va hisobot tuzish ishlariga rahbarlik qilish;
j)
qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar monitoringi
bo‘yicha axborotlashtirish tizimiga qo‘yiladigan talablar.
Respublika tijorat banklari bir holda o‘z tarkibiy tuzilmalarida qimmatli qog‘ozlar
bo‘yicha fond bo‘limlari yoki boshqarmalariga egadirlar, ular fond qimmatliklari bilan
amalga oshirish mumkin bo‘lgan turlicha operatsiyalarni – bankning o‘z qimmatli
qog‘ozlari emissiyasini tashkil etishdan tortib investitsiya muassasalariga xos bo‘lgan
barcha operatsiyalar majmuini bajaradi. Bunda fond bo‘limlari bevosita bank
operatsiyalarini qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarni
uygunlashtirishi (masalan, veksellar hisobini yuri-tish), shuningdek, investitsiya
muassasalari uchun xos bo‘lgan operatsiyalar bilan birga amalga oshirishi mumkin.
O’zbekiston Respublikasida mavjud tijorat banklari qimmatli qog’ozlar bilan
operatsiyalarning asosiy ishtirokchisi bo’lib kelmoqda. Buni quydagi ma’lu-motlarda ham
ko’rishimiz mumkin:
264
2016 yilning 2 – 6 may kunlari «Tashkent» Respublika fond birjasi sav-dolarida 9 ta
aksiyadorlik jamiyatining qimmatli qog‘ozlari bilan 96 ta bitim qayd qilinib, 2,8 mln. dona
aksiya 4,3 mlrd. so‘mga sotildi.
Shu o’rinda ayta olamizki O’zbekiston Respublikasidagi mavjud tijorat banklar
rivojlangan universal banklar sirasiga kiradi. Bu banklar shu sabab moliya bozorining
asosiy ishtirokchilari bo’lib kelmoqda.
Ma’lumki, bank resurslarini joylashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalar aktiv
operatsiyalar deyiladi, boshqacha qilib aytganda bankning aktiv operatsiyalari bu bank
tomonidan foyda olish maqsadida o‘z mablag‘lari va jalb qilingan mablag‘larni samarali
yo‘naltirishdir. Ko‘pchilik iqtisodiy adabiyotlarda bankning aktiv operatsiyalari, deganda,
eng avvalo, resurlarni daromad olish maqsadida yo‘naltirilgan aktivlar, ya’ni qimmatli
qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar, kreditlar, lizing va faktoring operatsiyalari nazarda
tutiladi.
Biz quyidagi ma’lumot asosida esa banklarning qimmatli qog’ozlarga kiritayotgan
sarmoyasi haqida tanishib o’tsak bo’ladi.Bugungi kunda moliya-bank sektorida inqirozga
qarshi davlat belgilab bergan
Do'stlaringiz bilan baham: |