"bank ishi" kafedrasi


Valyuta poziyasisi va nazorati



Download 3,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/141
Sana15.06.2022
Hajmi3,89 Mb.
#675130
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   141
Bog'liq
Bank ishi ma\'ruzalar tòplami

Valyuta poziyasisi va nazorati
 
Valyutali banklar chet el valyutasini sotish va sotib olish huquqiga egalar: 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining «Ochiq valyuta pozitsiyasini yuritish» 
qoidasida ochiq valyuta pozitsiyasi uchun quyidagi limitlar o‘rnatilgan: 
-
Ixtiyoriy valyutada ochiq valyuta pozitsiyasi limiti har bir operatsion kun oxirida 
valyutali banklarda regulyativ kapitalning 5%idan oshmasligi va bankning umumiy ochiq 
valyuta pozitsiyasining limiti har operatsion kunning oxirida uning bank regulyativ 
kapitalining 20%idan oshmasligi lozim; 
-
Summali ochiq valyuta pozitsiyasida uzun valyuta pozitsiyasi ko‘rinishi o‘rnatiladi. 
Valyutani sotish va sotib olishda bank faqat ochiq valyuta pozitsiyasidan foydalanmaydi. 
Kun ora banklarda umumiy valyuta pozitsiyasi «Nostro» schyoti bo‘yicha olib boriladi. 
Quyidagiga ko‘ra ular to‘lovi foydalanadigan kungacha o‘rnatiladi. Agar to‘lovlar kirim 
bilan qo‘shilib ketsa, bir schyotdan boshqa schyotga mablag‘larni o‘tkazishda xatolikka 
yo‘l qo‘yilsa, bunda bank kun ora ochiq maxsus schyot bo‘yicha tekshirish o‘tkazadi. 


226 
CHet el valyutasini sotish va sotib olishda bank valyuta pozitsiyasi limitiga rioya 
qilishi kerak. Bank valyuta operatsiyalarini bajarganda valyuta operatsiyalarining bir 
qismini sarflaydi. Bunda bankning xorijiy valyutalar bo‘yicha majburiyati va talablari 
orasidagi nisbat o‘zgaradi. Bankning xorijiy valyutalarni sotish va sotib olish jarayonidagi 
valyutalar bo‘yicha talab va majburiyatlari nisbati holati banklarning valyutaviy holati 
deyiladi. Valyutaviy holat ochiq va yopiq bo‘lishi mumkin. 
Hohlagan bir valyuta bo‘yicha ochiq valyuta pozitsiyasi deganda bankning shu 
xorijiy valyuta bo‘yicha aktivlarining majburiyatlaridan oshgan summasi tushuniladi va u 
uzun valyuta pozitsiyasi deb yuritiladi. Bank valyutani sotib olganda u uzun valyuta 
pozitsiyasiga ega bo‘ladi va uni shu valyuta bo‘yicha boshqalar oldida talabi oshadi, 
sababi sotgan tomon valyutani etkazib berish majburiyatini olgan. 
Aksincha, shu valyuta bo‘yicha majburiyatlarning aktivlardan oshsa, ya’ni xorijiy 
valyutani sotish uni sotib olishdan yuqori bo‘lsa valyuta pozitsiyasi qisqa bo‘ladi. Xorijiy 
valyuta sotganda qisqa valyuta pozitsiyasi yuzaga keladi, sababi valyutani sotib olgan 
tomongan etkazib berish majburiyati shakllanadi. 
Agar valyuta bo‘yicha talablar va majburiyatlar teng bo‘lsa valyuta pozitsiyasi yopiq 
bo‘ladi. 
Valyuta pozitsiyasining umumiy holati(summasi) deganda barcha valyutalar bo‘yicha 
uchun(qisqa) pozitsiyalar umumiy summasi tushuniladi. 
Agar bank operatsion kun davomida valyuta operatsiyalarini olib borishda ochiq 
valyuta pozitsiyasi bo‘yicha qo‘yilgan limitdan ortiq operatsiya amalga oshirgan, ya’ni 
valyutani ko‘p sotib olgan bo‘lsa bo‘lsa, u holda valyuta pozitsiyasi ortiq sotib olingan 
valyutani sotib yuborish yo‘li bilan balanslashtirib yopiladi. 
Vakolatli banklar ochiq valyuta pozitsiyasi limitiga hisoblangan foizlar, ko‘chmas 
mulk, qimmatli qog‘ozlar va boshqa moddiy qiymatliklarni sotish yoki sotib olish bilan 
bog‘liq valyuta operatsiyalarini ham amalga oshiradi. Vakolatli banklar o‘zlarining 
joylaridagi filiallari uchun ochiq valyuta pozitsiyasining chegarasini mustaqil belgilashlari 
mumkin. Lekin filiallar bo‘yicha belgilangan ochiq valyuta pozitsiyasining yig‘indisi bank 
bo‘yicha uning o‘z mablag‘larining 20%idan oshmasligi lozim. 
Vakolatli banklar har oyda oyning 3chi kunigacha Markaziy Bankka o‘zlarining 
ochiq operatsiyalari va unga rioya qilinganligi to‘g‘risida hisobot berishlari lozim. Hisobot 
quyidagi shaklda tuziladi: 
Ochiq valyuta pozitsiyasi limitini hisoblash. 
Aytaylik tijorat bankining regulyativ kapitala miqdori 50.000 so‘m. Bankning xorijiy 
valyutalar bo‘yicha quyidagicha pozitsiyaga ega: 

Download 3,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish