"bank ishi" kafedrasi


Muddatli valyuta operatsiyalari va ularni amalga oshirish



Download 3,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/141
Sana15.06.2022
Hajmi3,89 Mb.
#675130
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   141
Bog'liq
Bank ishi ma\'ruzalar tòplami

Muddatli valyuta operatsiyalari va ularni amalga oshirish 
Muddatli valyuta operatsiyalari - bu bitim tuzilgandan keyin bitimdagi kurs 
bo‘yicha kelishilgan xorijiy valyutani ma’lum muddat qtgach etkazib berish kelishib 
olinadigan valyuta bitimlaridir. Bundan muddatli valyuta operatsiyalarining ikki 
xususiyati kelib chiqadi: 
1.
Bitim tuzilishi bilan bajarilish o‘rtasida ma’lum davr vaqt bor. 
2. Muddatli valyuta operatsiyalar bo‘yicha valyuta kursi, ma’lum muddat 
o‘tganidan keyin foydalanilsa ham, bitim tuzilayotgan paytda belgilanadi. 
Muddatli bitimlar deb, belgilangan muddatda, ammo ikki ish kunidan oshik bulgan 
muddatda amalga oshiriladigan operatsiyalarga aytiladi. Amaliyotda muddatli 
bitimlarning kuyidagi keng tarkagan turlari mavjuddir.
 
Ularga: 
1.
forvard valyuta bitimlari; 
2.
fyuchers bitimlari; 
3.
valyuta opsioni; 
4.
svop operatsiyalarini kursatish mumkin.
Valyuta operatsiyalari tasnifi 
 
Nakd valyuta operatsiyalari
Muddatli 
valyuta 
operatsiyalari
SPOT
Forvard
Fyuchers
Opsion
Svop
Arbitraj
Emitent davlat tashqarisida bir yoki bir nechta funksiyalarni bajaruvchi valyuta 
xalqaro valyuta hisoblanadi. Valyutaning xalqaro rolni bajarishi quyidagi omillarga 
bog‘liq: milliy iqtisodiyot hajmiga, xorijiy investorlar ishonchiga, xalqaro savdoda 
mamlakatning tutgan o‘rniga, moliyaviy bozorning erkinlik darajasiga. Asosiy valyuta 
(key currency) – xorijda pulning bir nechta vazifasini bajaruvchi valyutadir. Hozirgi 
vaqtda valyutaning ushbu turiga evro, yapon ienasi, shveysariya franki, funt sterling kabi 
valyutalar kiradi. Xalqaro aylanmada sezilarli darajada yirik masshtablarda boshqa asosiy 


222 
valyutalarga nisbatan pulning ko‘pgina vazifalarini bajaruvchi valyuta dominantlik 
qiluvchi valyuta hisoblanadi. II jaxon urushidan so‘ng, qariyib yarim asrdan buyon AQSH 
dollari dominant valyuta hisoblanadi. Etakchi valyuta (vehicle currency)- ikki davlatning 
o‘zaro operatsiyalarida ishlatiluvchi va ushbu davlatlarning milliy valyutasi 
hisoblanmagan valyutadir. Amaliyotda agar valyuta, asosiy valyuta hisoblansagina etakchi 
valyuta bo‘la oladi. Masalan, Rossiyadan Belorusiyaga etkazilgan neft to‘lovi AQSH 
dollarida amalga oshiriladi.
Agar yuqorida keltirilgan mezonlarni umumlashtirsak, xulosa qilish mumkinki, milliy 
valyuta milliy iqtisodiyot doirasidan chiqib xalqaro hisob-kitoblarda ishlatilishni 
boshlaydi, agar mamlakat iqtisodiyoti etarlicha ulkan bo‘lsa, bozor munosabatlari ochiq va 
yuqori darajada rivojlangan bo‘lsa. Ochiq, lekin kichik iqtisodiyotga ega mamlakat o‘z 
valyutasini etakchi valyutaga aylantira olmaydi. SHu bilan birga samarali valyuta 
siyosatini olib borish, o‘z navbatida, ushbu davlat va boshqa davlatlar bilan tashqi savdo 
munosabatlarini rivojlantirishni rag‘batlantiradi, ichki cheklangan konvertatsiyaga ega 
bo‘lgan valyuta erkin konvertatsiyalanuvchi va hattoki xalqaro valyuta maqomiga ham ega 
bo‘lishi mumkin. Har qanday davlat milliy valyuta maqomining o‘zgarishi valyuta bozori 
hamda tashqi savdo aloqalari erkinlashayotganligiga yorqin dalil bo‘la oladi. 
Valyuta fyuchers operatsiyalari ham boshqa muddatli valyuta bitimlari kabi ma’lum 
bir valyutani boshqa bir valyutaga belgilangan muddatda sotish yoki sotib olish bitimidir. 
Bu jihatdan bu turdagi bitim autrayt-forvard bitimi bilan o‘xshash bo‘lib, lekin ular bir-
biridan tuzilmaviy va institutsional tarzda farq qiladi: 
-
Fyuchers bitimlari savdosi ochiq ommaviy tarzdagi taklif asosida 
tashqillashtirilgan birjalarda amalga oshiriladi. Va ularning faoliyati milliy qonunchilik 
va maxsus muvofiqlashtiruvchi organlar tomonidan tartibga solinadi.forvard bitimlari esa 
birjadan tashqari bozorda amalga oshiriladi, ularning ustidan nazorat tijorat va soliq 
qonunchiligiga asosan amalga oshirladi; 
-
Fyuchers bitimlari standartlashgan bo‘ladi, ya’ni ularning summasi va sanasi 
standart shaklda bo‘ladi. Forvard bitimlari odatda mijoz ehtiyojiga qarab tuziladi; 
-
Fyuchers bitimlari har kuni qayta baholanadi va bozordagi joriy baholarga qarab 
kotirovkalanadi hamda korrektirovka qilinadi. Forvard bitimlari bitim muddatigacha hech 
qanday to‘lovni talab qilmaydi, lekin bank forvard bitimini imzolayotganda ta’minot 
talab etishi mumkin; 
-
Fyucherslar bilan hisob-kitoblar valyuta kliring palatasi orqali amalga oshiriladi. 
Kliring palatasi marjasini o‘tkazib beradi va har bir bitimni sotib oluvchi va sotuvchi 
tomonidan bajarilishini kafolatlaydi. Forvard bitimlari esa ikki tomonlama bitim bo‘lib, 
unda hech qanday vositachilar bo‘lmaydi.

Download 3,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish