219
O‘z navbatida, barcha valyuta qiymatliklari bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar
o‘z harakteri va namayon bo‘lish usuliga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi:
1.
Spot turidagi valyuta operatsiyalari;
2.
Muddatli valyuta operatsiyalari:
Forvard tipidagi valyuta operatsiyalari;
valyuta opsionlari bilan bog‘liq valyuta operatsiyalari;
valyuta fyucherslari bilan amalga oshiriladigan valyuta operatsiyalari.
3.
Svop turidagi valyuta operatsiyalari.
SPOT operatsiyalari yoki kassa bitimlari (naqd bitimlar).
SPOT operatsiyasi - bu bitim kunini hisobga olmagan holda ikki ish kuni davomida
valyuta ayriboshlash bo‘yicha operatsiyadir.
Spot kurs - bu spot bitim tuzilayotgan vaqtda bir mamlakat
valyutasini boshqa bir
mamlakat valyutasidagi bahosidir. Spot kurs uning suzib yuruvchi yoki qat’iy belgilangan
rejimda ishlashdan qat’iy nazar operatsiya amalga oshirilayotgan vaqtda milliy
valyutaning chet ellardagi qadri qancha ekanligini o‘zida aks ettiradi.
Asosan spot bitimlarining kursi - bu telegraf o‘tkazmasi kursidir. spot- kurs ikki xil
yo‘l bilan aniqlanadi:
valyuta birjasida dillerlarning yuzma-yuz savdo qilishi orqali;
birjadan tashqari savdoda dilerlarning o‘zaro
telefon orqali savdosida
aniqlanadi.
Valyuta kursi sotib olish kursi (xaridor kursi) va sotish kursi (sotuvchi kursi)ga
bo‘linadi. Valyuta kotirovkasini amalga oshiruvchi bank valyuta bitimini har doim o‘zi
uchun foydali kurs bo‘yicha amalga oshiradi. Banklar xorijiy valyutani har doim
qimmatga sotib (sotish bahosi), arzonroqqa sotib olishga (sotib olish bahosi) harakat
qiladilar. Bu valyuta-tijorat operatsiyalarning asosiy tamoyilidir.
Sotish va sotib olish kurslari orasidagi farq marja deb atalib,
bank xarajatlarini
qoplash va qisman valyuta riskini sug‘urtalashga yqnaltiriladi. Agarda bank amalga
oshirilgan bitimni xuddi shu kurslar asosida taklif qilingan kontrbitim hisobiga qoplasa, u
marja hisobiga foyda kqradi. SHuning asosida banklar valyuta operatsiyalari bo‘yicha
mijozlarni ko‘proq jalb qilishdan manfaatdor.
Spot operatsiyalaridan keladigan foyda marjaga (albatta komissiya haqini chegirib
tashlasa) teng bo‘lishi ham mumkin.
Umuman olganda spot operatsiyalari bir tomondan qisqa vaqtda yuqori foyda olishga
imkoniyat bersa, ikkinchi tomondan mavjud valyuta operatsiyalari orasida risk darajasida
eng yuqori bo‘lgan valyuta operatsiyasi hisoblanadi. Sababi shuki,
spot operatsiyalarini
amalga oshirish vaqti qisqa bo‘lganligi tufayli odatda u sug‘urta qilinmaydi. SHuning
uchun banklar payshanba va juma kunlari spot operatsiyalarini katta hajmda amalga
oshirmaydilar, chunki bunda spot operatsiyasi muddati uzayib ketadi. Xuddi shu sababga
asosan, banklar uzun va qisqa valyuta pozitsiyalarini ham maksimal darajada
qasqartirishga harakat qiladilar.
Bu valyutalardan biri bank uchun yaxshi boshqasi yomon deb bo‘lmaydi.
220
CHunki agarda bank misol uchun AQSH dollariga nisbatan «qisqa»
pozitsiga ega
bo‘lsa va USD kursi tqsatdan kqtarilib ketsa, bank zarar kqrishi aniq. Kurs oshishi prognoz
qilinayotgan vaqtda pozitsiyaning «uzun» bo‘lgani ma’qul.
Agarda valyuta kursi tushib ketishi (USD) prognoz qilinganda «uzun» pozitsiya
ijobiy natija bermasligi mumkin. Albatta, o‘z mablag‘larini garovga tikkisi kelmagan
banklar valyuta pozitsiyalarini «yopiq»
ushlashlari mumkin, lekin bunda ular kurs
o‘zgarishdan kelishi mumkin bo‘lgan foydadan ham mahrum bo‘ladilar.
Ikkinchi jahon urushidan keyin valyuta bozorlarida amalga oshiriladigan
valyuta operatsiyalarining turlari rivojlanib ketdi. Amalga oshirilishiga kqra valyuta
operatsiyalari naqd va muddatli bitimlarga bo‘linadi.
Naqd
valyuta
operatsiyalari
asosan
«spot»
shartlarida
amalga
oshiriladi.
Buning
mohiyati
shundaki,
valyuta
sotish-sotib
olish
bitimi tuzilgandan keyin tuzilayotgan vaqtdagi kurs bo‘yicha
ikkinchi ish kunida naqd
valyuta etkazib beriladi. Bu operatsiyalar eng kengtarqalgan bo‘lib, butun valyuta
bitimlarining 90 foiziga yaqinini tashqil etadi.
Spot turidagi valyuta bitimlari o‘zida mablag‘ni etkazib berish vaqti bo‘yicha
farqlanuvchi uch turdagi bitimni mujassamlashtiradi. Bu operatsiyalar quyidagi jadvalda
keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: