Bank hisobi va audit


To‘lov  topshiriqnomalari  bo‘yicha  hisob-kitoblar,  ularning  hisobi  va



Download 1,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/232
Sana29.12.2021
Hajmi1,89 Mb.
#47052
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   232
   
2.To‘lov  topshiriqnomalari  bo‘yicha  hisob-kitoblar,  ularning  hisobi  va 
rasmiylashtirilishi. 
To‘lov  topshiriqnomasi  bu  –  to‘lovchi  korxonaning  uning  bankdagi 
depozit  hisobvarag‘idan  pul  mablag‘larining  ma’lum  bir  summasini  boshqa 
mijozning  hisobvarag‘iga  o‘tkazish  haqida  o‘ziga  xizmat  ko‘rsatuvchi  bankka 
bergan topshirig‘idir.  
 
To‘lov  topshiriqnomasi  0505411002  shakldagi  standart  blankada  to‘lovchi 
tomonidan rasmiylashtirilib, bankka topshiriladi.  
To‘lov topshiriqnomalari orqali quyidagi to‘lovlar amalga oshiriladi: 


 
62 
 
-tovarlar va xizmatlar uchun hisob-kitoblar; 
-notovar operatsiyalar bo‘yicha hisob-kitoblar; 
-Markaziy  bankning  me’yoriy  hujjatlarida  ko‘zda  tutilgan  bo‘lsa,  bank 
ssudalari va unga qo‘shilgan foizlarni qoplash uchun mablag‘ o‘tkazish;  
-Hukumat  qarorlari  va  bank  qoidalarida  belgilangan  hollardagi  bank 
to‘lovlari. 
  Ilgari  to‘lov  topshiriqnomalari  rasmiylashtirilgan  kundan  boshlab  10  kun 
ichida  bankka  topshirilishi  mumkin  bo‘lib,  shu  davr  ichida  u  haqiqiy  bo‘lib 
hisoblanar edi. “Naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish to‘g‘risida”gi yangi 
Nizomga  asosan  to‘lov  topshiriqnomasi  rasmiylashtirilgan  kun  bankka  taqdim 
etilishi lozim, ya’ni topshiriqnomaning sanasi uni bankka taqdim etilgan  kun bilan 
bir xil bo‘lishi kerak, ular mos kelmagan holda to‘lov topshiriqnomasi ijro uchun 
qabul qilinmaydi. Lekin budjetga va budjetdan  tashqari fondlar bo‘yicha to‘lovlar 
bundan mustasno. 
To‘lov 
topshirig‘ining 
barcha 
rekvizitlari 
to‘ldirilgandan 
so‘ng, 
topshiriqnomaning  alohida  ajratilgan pastki  qismiga  to‘lovchi korxona  rahbari  va 
bosh  buxgalterining  imzosi  hamda  muhr  izi  qo‘yiladi.  Ushbu  muhr  va  imzolar 
to‘lov topshirig‘ining faqat birinchi asl nusxasiga qo‘yiladi. 
Korxonalardan  hujjatlar  qabul  qilish,  shartnomada  boshqa  narsa  ko‘zda 
tutilmagan  bo‘lsa,  butun  kun  davomida  bankning  mijoz  bilan  ishlash  vaqtidan 
kelib  chiqqan  holda  amalga  oshiriladi.  Agar  to‘lov  topshirig‘i  to‘g‘ri  va  to‘liq 
rasmiylashtirilib,  uni  to‘lashga  yetarli  pul  mablag‘lari  bo‘lsa,  mas’ul  ijrochi 
topshiriqnomadagi  barcha  ma’lumotlarni  dasturiy  yo‘l  bilan  komputer  orqali 
bankning  elektron  to‘lovlarini  amalga  oshiruvchi  hisoblash  markaziga  o‘tkazadi. 
Ertasi  kun  ertalabdan  kechikmagan  muddatda  bank  balansi  chiqarilgandan  keyin 
hujjatning birinchi nusxasi bankning kundalik yig‘majildiga tikiladi va belgilangan 
tartibda  avval  joriy  arxivda  saqlanadi,  bir  yil  o‘tgandan  so‘ng  umumiy  bank 
arxiviga  topshiriladi.  To‘lov  topshiriqnomasining  ikkinchi  nusxasi  esa  mijozning 
hisobvarag‘idan  ko‘chirma  bilan  birgalikda  operatsiyalar  o‘tkazilganligini 
tasdiqlovchi hujjat sifatida mijozga qaytarib beriladi.  
Davlat  korxonasi  xususiy  korxonadan  mahsulot  sotib  oldi.  Davlat  korxonasi 
sotib olingan  mahsulotning  pulini to‘lash  uchun  to‘lov  topshirig‘i  rasmiylashtirib 
o‘ziga  xizmat  ko‘rsatuvchi  bankka  taqdim  etdi.  To‘lov  topshirig‘i  tegishli 
nazoratdan  o‘tkazilgandan  so‘ng,  pul  o‘tkazish  bo‘yicha  quyidagi  buxgalteriya 
yozuvi bajarildi: 
Debet  20210  “Davlat  korxona,  tashkilot  va  muassasalarining  talab  qilib 
olinguncha saqlanadigan depoziti”. 
Kredit 20208 “Xususiy korxonaning talab qilinguncha saqlanadigan depoziti”.  
Yuqorida ko‘rsatilgan buxgalteriya yozuvlari har ikkala korxonaga bitta bank 
xizmat  ko‘rsatgan  holda  bajariladi.  Agar  mablag‘larni  oluvchi  korxona  boshqa 
bank  xizmatidan  foydalanadigan  bo‘lsa,  u  holda  to‘lovchi    bankidan  vakillik 
hisobvarag‘i orqali o‘tkaziladi. Bunday holni quyidagi buxgalteriya yozuvi orqali 
ko‘rish mumkin: 
Debet 20210 “Davlat  korxona, tashkilot va muassasalarining talab qilib 
olinguncha saqlanadigan depoziti” 


 
63 
 
Kredit 10301, 16103  “Tijorat bankining vakillik hisobvarag‘i” 
Elektron  to‘lovlar  tizimi  orqali  olingan  elektron  to‘lov  topshiriqnomalari 
mablag‘larni  oluvchi  bankda  qog‘ozga  chiqariladi.  Topshiriqnomaning  elektron 
ko‘rinishi  bankning  axborot  bazasida  saqlanadi.  Elektron  topshiriqnomaning  
qog‘ozga chiqarilgan nusxasi esa bank mas’ul ijrochisining imzosi va bank muhri 
izi qo‘yilgan holda mijoz hisobvarag‘iga ilova sifatida mijozga beriladi.  
Bu bankda quyidagi buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi: 
Debet 10301, 16103  “Tijorat bankining vakillik hisobvarag‘i” 
Kredit  20208  “Xususiy  korxonaning  talab  qilinguncha  saqlanadigan 
depoziti”.   
   
Ushbu buxgalteriya yozuvi yordamida to‘lovchi korxona bankidan Markaziy 
bank  orqali  kelib  tushgan  pul  mablag‘lari  mablag‘  oluvchi  korxona  bankida 
mablag‘ oluvchining hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.  
  

Download 1,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish