Bank hisobi va audit


Naqd pulsiz hisob-kitoblar va ularni tashkil etish asoslari



Download 1,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/232
Sana29.12.2021
Hajmi1,89 Mb.
#47052
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   232
 
1.Naqd pulsiz hisob-kitoblar va ularni tashkil etish asoslari.
 
Naqd  pulsiz  hisob-kitoblar  deganda,  korxona  va  tashkilotlarning  tovar 
ayirboshlash,  xizmat  ko‘rsatish  va  tovarsiz  operatsiyalar  bo‘yicha  bir-biriga 
bo‘lgan  talab  va  majburiyatlarni  naqd  pul  ishlatmasdan  pul  mablag‘larini  bir 
hisobvaraqdan  ikkinchi  hisobvaraqqa  o‘tkazish  orqali  amalga  oshirilishi 
tushuniladi.   
Naqd  pulsiz  hisob-kitoblarni  tashkil  etishda  bir  qator  tamoyillarga  amal 
qilinadi. Bu tamoyillar quyidagilardir: 
1.  
Har bir xo‘jalik subyekti o‘z pul mablag‘larini banklarda ochilgan depozit 
hisobvaraqlarda saqlashlari lozim. Korxona va tashkilotlar o‘zaro hisob-kitoblarini 
bevosita  bankdagi  hisobvaraqlar  orqali  amalga  oshirishlari  shart.  Qaysi  bankda 
hisobvaraq ochishni mijozlarning o‘zlari mustaqil tanlaydilar.  
2.  
Hisob-kitoblar to‘lovchining roziligi bilan yoki uning topshirig‘iga asosan 
depozit  hisobvaraqdagi  mablag‘i  hisobidan  amalga  oshiriladi.  Korxona  bank 
kreditidan  foydalanish  huquqiga  ega  bo‘lsa,  to‘lovlar  bank  krediti  hisobidan  ham 
amalga oshirilishi mumkin.  
3.  
Hisob-kitoblar belgilangan to‘lovlar ketma-ketligi asosida bajariladi.  
4.  
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar hisob-kitob shakllarini mustaqil tanlaydilar 
va uni shartnoma orqali mustahkamlab qo‘yishlari lozim.  
5.  
Tovar  yetkazib  beruvchi  korxona  hisobvarag‘iga  pul  mablag‘lari  mazkur 
mablag‘larining  mol  sotib oluvchi korxona    hisobvarag‘idan o‘chirilgandan  so‘ng 
o‘tkazib beriladi.  


 
61 
 
6.  
Avval  pul  to‘lanishi  yoki  tovar  jo‘natilishini  (xizmat  ko‘rsatilishi) 
tomonlar o‘zaro kelishuv asosida amalga oshiradilar, ya’ni avval pul to‘lab  keyin 
tovarni olish mumkin, yoki aksincha, avval tovarni olib, undan so‘ng uning pulini 
to‘lash mumkin. 
7.  
To‘lovni  kafolatlash  maqsadida,  yetkazib  berilishi  lozim  bo‘lgan  tovar 
yoki ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan xizmat qiymatining 15 foizi oldindan to‘langandan 
so‘nggina tovarlar jo‘natiladi yoki xizmatlar ko‘rsatiladi. 
8.  
Mijozlar o‘rtasidagi hisob-kitoblar  bo‘yicha  nizolarga bank  aralashmaydi, 
nizolarni  ularning  o‘zlari  hal  qilishlari  lozim,  aks  holda  nizolar  xo‘jalik  sudlari 
yordamida hal qilinadi. 
“O‘zbekiston  Respublikasida  naqd  pulsiz  hisob-kitoblarni  amalga  oshirish 
to‘g‘risida”gi  Nizom  Fuqarolik  kodeksi,  “Markaziy  bank  to‘g‘risida”gi,  “Banklar 
va  bank  faoliyati  to‘g‘risida”gi,  “O‘zbekiston  Respublikasi  korxonalari 
to‘g‘risida”gi qonunlari va  Markaziy  bankning  O‘zbekiston  hududida naqd pulsiz 
hisob-kitoblarni  tartibga  soluvchi  boshqa  me’yoriy  hujjatlarga  muvofiq  ishlab 
chiqilgan.  Lekin  hozirga  qadar  ushbu  Nizomga  bir  necha  marta  qo‘shimcha  va 
o‘zgarishlar kiritilgan. 
  Naqd  pulsiz  hisob-kitoblar  qonunda  ko‘zda  tutilgan  va  O‘zbekiston 
Respublikasi  Markaziy  banki  tomonidan  qabul  qilingan  quyidagi  shakllar  orqali 
amalga oshiriladi: 
-To‘lov topshiriqnomalari; 
-To‘lov talabnomalari; 
-Inkasso; 
-Akkreditivlar; 
-Tijorat banklarining hisob-kitob cheklari; 
-Plastik kartochkalar; 
-Memorial orderlar; 
  To‘lovchi  va  mablag‘  oluvchi  orasidagi  hisob-kitoblar  shakli  shartnoma 
asosida belgilanadi. Hisob-kitob shakllari deyilganda, huquqiy me’yorlarda ko‘zda 
tutilgan,  hisob-kitob  hujjatining  turi,  hujjatlar  aylanish  tartibi,  mablag‘larni  mol 
sotuvchi  korxona  hisobvarag‘iga  o‘tkazish  va  yozish  usuli  bilan  bir-biridan  farq 
qiluvchi  hisob-kitob  turlari  tushuniladi.  Hisob-kitoblarning  alohida  shakllarining 
mazmuni,  ular  bo‘yicha  hujjatlar  aylanishini  va  operatsiyalar  hisobi  hamda 
rasmiylashtirilishini alohida paragraflarda ko‘rib chiqamiz.  

Download 1,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish