65
Talabnomaning ikkinchi nusxasi tovar-transport hujjatlari bilan birga keyingi ish
kunidan kechiktirilmasdan hujjatni akseptlash uchun qabul qilingan sana
ko‘rsatilgan holda va to‘lov to‘g‘risida ma’lumot sifatida to‘lovchiga beriladi.
Agar banklarda 1-kartotekaning hisobini yuritish dasturiy yo‘l bilan olib
borilmasa, bunday talabnomalar qabul qilingan kuni “To‘lov uchun akseptlanishi
kutayotgan hisob-kitob hujjatlari”ni hisobga olib borish daftarida ikki nusxada
quyidagi rekvizitlarni ko‘rsatgan holda bank tomonidan qayd etiladi:
– to‘lov talabnomasining bankka kelib tushish sanasi va to‘lov muddati;
– to‘lovchining hisobvaraq nomeri;
– to‘lovchining nomi;
– bank kodi;
– talabnomaning nomeri;
– to‘lov maqsadi va summasi.
To‘lov talabnomasini 1-kartotekaga joylashtirishda quyidagi balansdan
tashqari provodka bajariladi:
Debet 90962 “To‘lov muddatini kutayotgan hisob-kitob hujjatlari”
Kredit 96319 “To‘lov muddatini kutayotgan hisob-kitob hujjatlari bo‘yicha
kontrhisobvaraq”
Daftarda har bir to‘lov muddati bo‘yicha talabnoma summalari va bu
summalarning yig‘indilari ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. 1-kartotekaning hisobi
dasturiy yo‘l bilan amalga oshirilsa, talabnoma bo‘yicha ko‘rsatilgan rekvizitlar
komputerga kiritiladi.
To‘lov talabnomasini to‘lashdan bosh tortib yozilgan raddiya arizasi to‘lovchi
tomonidan bankka topshirilganda talabnomalar shu kunning o‘zidayoq 1-
kartotekadan olinadi hamda tovar-transport hujjatlari va boshqa ilovalar bilan birga
mahsulot yetkazib beruvchi korxona bankiga ijrosiz qaytarib yuboriladi. To‘lovchi
talabnomani akseptlashdan qisman bosh tortganda, to‘lovchi tomonidan
akseptlangan summa bo‘yicha to‘lovlar o‘tkaziladi. To‘lovchi hisobvarag‘ida
talabnomaning akseptlangan qismini to‘lashga yetarli pul mablag‘lari bo‘lmaganda
talabnoma “Muddatda to‘lanmagan hisob-kitob hujjatlari” kartotekasiga
joylashtiriladi. Bu kartoteka 2-kartoteka deb yuritiladi. Bunda talabnomaning
dastlabki summasi o‘chiriladi va yonida to‘lovchi akseptlagan summa yozib
qo‘yiladi. Kartotekaga kirim qilingan summa to‘lovchi korxona hisobvarag‘iga pul
mablag‘lari kelib tushgandan so‘ng to‘lanadi.
Agar 1-kartotekaga joylashtirilgan to‘lov talabnomasi bo‘yicha to‘lovchi
tomonidan raddiya arizasi kelib tushmasa, to‘lov talabnomasi akseptlash uchun
berilagn 3 kun muhlat o‘tgandan so‘ng to‘lanadi. To‘lov talabnomasini to‘lashdan
avval to‘lovchi korxonaning depozit hisobvarag‘ini yurituvchi mas’ul ijrochi
talabnomani to‘lash uchun yetarli pul mablag‘larining to‘lovchi hisobvarag‘ida
mavjudligini tekshiradi. Agar depozit hisobvarag‘ida yetarli pul mablag‘lari bo‘lsa,
talabanoma to‘lanadi. To‘lov talabnomasini to‘lash quyidagi buxgalteriya yozuvi
orqali amalga oshiriladi:
Do'stlaringiz bilan baham: