Bank hisobi va audit


Muddatli  va  jamg‘arma  depozitlari  bo‘yicha  operatsiyalari  hisobi



Download 1,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/232
Sana29.12.2021
Hajmi1,89 Mb.
#47052
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   232
3.Muddatli  va  jamg‘arma  depozitlari  bo‘yicha  operatsiyalari  hisobi. 
Bank  omonati  shartnomasida  belgilangan  muayyan  maqsadga  yo’naltiriladigan 
yoki  boshqa  shartlar  asosida  jalb  qilingan  omonatlar  jamg’arma  omonatlar 
hisoblanadi. 
Jamg’arma  omonatlar  bo’yicha  bank  bilan  omonatchi  o’rtasida  bank 
omonati  shartnomasi  tuzilishi  va  omonatchi  shartnoma  tuzganidan  so’ng,  bank 
omonati  shartnomasida  ko’rsatilgan  omonat  summasi  qo’yilishi  shart.  Jamg’arma 
omonatlar  bo’yicha  bank  omonati  shartnomasiga  muvofiq  qo’shimcha  mablag’lar 
kiritilishi  mumkin.  Qo’shimcha  mablag’lar  kiritish  tartibi  bank  omonati 
shartnomasida aniq belgilanishi lozim. 
Jamg’arma  omonatlar  maqsadli,  yutuqli  va  boshqa  shartlar  belgilangan 
ko’rinishlarda bo’lishi mumkin. 
Ma’lum  maqsad  uchun  jamg’ariladigan  va  qat’iy  ravishda  shu  maqsadga 
yo’naltiriladigan omonatlar maqsadli jamg’arma omonatlar hisoblanadi.  
Omonatchiga  foizlar  yutuq  ko’rinishida  to’lanadigan  omonatlar  yutuqli 
jamg’arma omonatlar hisoblanadi. Yutuqlar pul mablag’lari, omonatga qo’shimcha 
foizlar hisoblab yozish, buyum va boshqa ko’rinishlarda bo’lishi mumkin.  
 Omonat  qo’yishda  bank  omonati  shartnomasida  ko’rsatilgan  shartlarning 
bajarilishi  bilan  omonatdan  foydalanish  mumkin  bo’lgan  uchinchi  shaxs  nomiga 
qo’yilgan  omonatlar  shartli  jamg’arma  omonatlar  hisoblanadi.  Masalan, 
“Omonatchi  o’quv  yurtini  tugatgandan  so’ng,  omonat  beriladi”  yoki  “Voyaga 
yetgach  beriladi”  kabi  shartlar  belgilangan  bo’lishi  mumkin.  Omonatchining 
xohishiga  ko’ra,  shartning  bajarilish  muddati  masalan,  “20___  yilda  omonatchi 
o’quv  yurtini  tugatgandan  so’ng  omonat  beriladi”  kabi  belgilar  bank  omonati 
shartnomasida ko’rsatilishi mumkin. 
Omonatchi  jismoniy  shaxslar  xohishlariga  qarab,  bank  jamg’arma  omonat 
hisobvaraqlari  bo’yicha  operatsiyalarni  amalga  oshirishi  mumkin.  Masalan, 
omonatchi  topshirig’i  asosida  bank  uning  jamg’arma  omonat  summasini  bankdan 
olingan kredit va unga hisoblangan foizlar to’loviga, kommunal to’lovlarni amalga 
oshirish uchun yo’naltirilishi mumkin.  
Agar  omonatchi  jamg’arma  omonatni  bank  omonati  shartnomasida 
ko’rsatilgan  holatlar  yuz  bergunga  qadar  qaytarib  berishni  talab  qilish  niyatida 
bo’lsa,  u  o’zining  bu  niyatidan  bankni  omonatni  olishni  mo’ljallayotgan  sanadan 
kamida bir oy oldin xabardor qilishi lozim.  
Bank  omonati  shartnomasida  belgilangan  muddat  tugaganidan  keyin 
qaytarish sharti bilan jalb qilingan omonatlar muddatli omonatlar hisoblanadi. 
Muddatli omonatlar bo’yicha bank bilan omonatchi o’rtasida muddatli bank 
omonati  shartnomasi  tuzilishi  va  omonatchi  shartnoma  tuzilganidan  so’ng, 
muddatli  bank  omonati  shartnomasida  ko’rsatilgan  omonat  summasini  qo’yishi 
shart. Qo’shimcha mablag’lar kiritish tartibi muddatli bank omonati shartnomasida 
belgilanishi lozim.  


 
58 
 
 Agar  omonatchi  muddatli  omonatni  muddati  tugagunga  qadar  qaytarib 
berishni  talab  qilish  niyatida  bo’lsa,  u  o’zining  bu  niyatidan  bankni  omonatni 
olishni mo’ljallayotgan sanadan kamida bir oy oldin xabardor qilishi lozim.  
 Muddatli omonatlar quyidagi muddatlar bo’yicha tasniflanadi: 
muddati 30 kungacha bo’lgan omonatlar; 
muddati 90 kungacha bo’lgan omonatlar; 
muddati 180 kungacha bo’lgan omonatlar; 
muddati 365 kungacha bo’lgan omonatlar; 
muddati 365 kundan ortiq bo’lgan omonatlar. 
 Omonatchi  muddatli  omonat  summasini  muddat  tugaganidan  keyin 
muddatli bank omonati shartnomasida nazarda tutilgan holatlar vujudga kelganidan 
keyin  qaytarib  berishni  talab  qilmagan  hollarda,  agar  muddatli  bank  omonati 
shartnomasida  boshqacha  tartib  nazarda  tutilgan  bo’lmasa,  shartnoma  omonatni 
talab  qilib  olinguncha  saqlanadigan  omonatlar  shartlari  asosida  uzaytirilgan  deb 
hisoblanadi.  
Bank  tomonidan  jalb  qilingan  omonatlar  bo’yicha  foizlar  hisoblanadi  va 
omonatchiga  to’lab  beriladi.  Omonatlar  bo’yicha  foizlar  2004  yil  30  yanvardagi 
№-1306-sonli “Tijorat banklarida foizlarni hisoblash to’g’risida”gi Nizom asosida 
amalga oshiriladi. 
Omonatlarga to’lanadigan foiz stavkalari banklar tomonidan qonun hujjatlari 
talablari doirasida belgilanadi. 
Bank  omonati  shartnomasida  to’lanadigan  foizlar  miqdori  haqida  shart 
bo’lmagan  taqdirda,  bank  talab  qilib  olinguncha  saqlanadigan  omonatlarga 
to’lanadigan miqdorda foizlar to’lashi shart. 
 Agar  bank  omonati  shartnomasida  boshqacha  tartib  nazarda  tutilgan 
bo’lmasa,  bank  talab  qilib  olinguncha  saqlanadigan  omonatlarga  to’lanadigan 
foizlar miqdorini o’zgartirish huquqiga ega. 
Bank  foizlar  miqdorini  kamaytirgan  taqdirda,  foizlarning  yangi  miqdori 
foizlar kamaytirilganligi haqida omonatchilarga xabar berilganidan keyin qo’yilgan 
omonatlarga  nisbatan  qo’llanadi.  Agar  bank  omonati  shartnomasida  boshqa 
muddat  nazarda  tutilgan  bo’lmasa,  ushbu  xabarga  qadar  qo’yilgan  omonatlarga 
nisbatan  kamaytirilgan  foizlar  miqdori  tegishli  xabar  berilgan  paytdan  bir  oy 
o’tganidan keyin qo’llanadi.  
Bank,  omonat  foizlari  miqdorini  kamaytirganligi  haqida  shaxsan  har  bir 
omonatchini rasmiy ravishda xabardor qilishi lozim. 
 Jamg’arma  va  muddatli  omonatlar  bo’yicha  bank  omonati  shartnomasida 
belgilangan  foizlar  miqdorini,  agar  shartnomada  boshqacha  tartib  belgilangan 
bo’lmasa,  bank  tomonidan  bir  tomonlama  kamaytirilishi  mumkin  emas.  Ushbu 
omonatlar  bo’yicha  mablag’lar  omonatchining  talabi  bilan  unga  qaytarilgan 
hollarda,  agar  shartnomada  boshqacha  tartib  nazarda  tutilgan  bo’lmasa,  omonat 
bo’yicha foizlar to’lanmaydi. 
Bank omonati summasiga foizlar omonat bankka tushgan kunning ertasidan 
boshlab, to u omonatchiga qaytarilgan yoki boshqa asoslarga ko’ra omonatchining 
hisobvarag’idan  o’chirilgan  kundan  oldingi  kungacha  yoziladi.  Omonatchining 


 
59 
 
hisobvarag’i  xatlanganligi  oqibatida  bank  ushbu  hisobvaraqdagi  mablag’lardan 
foydalana olmagan davr uchun foizlar yozilmaydi.  
Agar  bank  omonati  shartnomasida  boshqacha  tartib  nazarda  tutilgan 
bo’lmasa,  bank  omonati  summasiga  foizlar  har  bir  oy  o’tganidan  keyin 
omonatchining  talabi  bilan  omonat  summasidan  alohida  to’lanadi,  bu  muddatda 
talab qilib olinmagan foizlar esa foizlar yoziladigan omonat summasiga qo’shilib 
boradi.  
Omonatga topshirilgan mablag’ qo’yilgan kunning o’zida to’liq yoki qisman 
qaytadan berilsa, foizlarni hisoblashda omonat berilgan kun hisobga olinmaydi. 
Qo’shimcha mablag’lar qabul qilinganda, foizlar hisoblash uchun operatsiya 
amalga  oshirilgan  kundan  keyingi  kundan  boshlab,  to  u  omonatchiga  qaytarilgan 
yoki  boshqa  asoslarga  ko’ra  omonatchining  hisobvarag’idan  o’chirilgan  kundan 
oldingi kungacha yoziladi.  
 Banklar  omonatchilar  bilan  kelishilgan  holda  omonat  bo’yicha  foizlarni 
oldindan  to’lab  berishi  mumkin.  Agar  omonatchi  omonat  summasini  muddatdan 
oldin  olish  niyati  bo’lsa  va  omonatning  haqiqatda  saqlangan  muddatiga 
hisoblangan foizlar summasi avans tariqasida oldindan berib yuborilgan summadan 
kam bo’lsa, o’rtadagi farq omonat summasidan chegirib qolinadi. 
Talab  qilib  olinguncha  saqlanadigan  omonat  omonatchining  talabi  bilan, 
shuningdek,  muddatli  va  jamg’arma  omonatlar  muddati  tugashi  bilan 
qaytarilganda, shu paytgacha yozilgan hamma foizlar to’lanadi.  
Tijorat banklari resurslarining asosiy qismini jalb qilingan mablag’lar tashkil 
qiladi.  Har  bir  tijorat  banki  o’z  faoliyatida  jalb  qilingan  mablag’lar  muhim 
ahamiyat  kasb  etadi,  chunki  tijorat  banklarining  o’z  mablag’lari  asosan  bankni 
tashkil qilish va shakllantirish bilan bog’liq vazifani amalga oshirsa, jalb kilingan 
mablag’lar  esa  bankning  barqaror  daromad  olish  imkoniyatini  ta’minlab  turadi. 
SHuning  uchun  ham  xar  bir  tijorat  bankining  jalb  kilingan  mablag’larini  doimiy 
taxlil  kilib  borish  bankning  barkarorligini  ta’minlash  imkonini  beradi.  Tijorat 
banklarida  puxta  uylangan  depozit  va  kredit  siyosati  bo’lishini  talab  qiladi, 
banklarda  ushbu  siyosatlarning  to’g’ri  tashkil  etilganligi  ular  orasidagi  bog’liqlik 
va  nisbatning  optimal  tanlanganligini  banklarning  samarali  faoliyat  ko’rsatishi 
uchun asos bo’lishi mumkin.  
Tijorat  banklari  tomonidan  jismoniy  va  yuridik  shaxslarning  pul 
mablag’larini  bankga  jalb  kilish  bilan bog’liq  operatsiyalar  depozit  operatsiyalari 
deyiladi.  Depozit  operatsiyalari  yordamida  tijorat  banklarining  90  foizdan  ortiq 
passivlari  tashkil  qilinishi  mumkin.  Depozit  operatsiyalarini  tijorat  banklari 
o’zlarining  depozit  siyosatlari  asosida  olib  boradilar.  Tijorat  bankining  depozit 
siyosati  uning  kredit  siyosati,  foiz  siyosati  va  boshka  faoliyat  turlari  bilan 
chambarchars bog’lik bo’lib, banklarning resurs bazasini mustaxkamlash va uning 
barqarorligini  ta’minlashga  qaratilgandir.  Depozit  operatsiyalarini  amalga 
oshirishda bu operatsiya turining obyekt va subyektini aniqlash lozim. 

Download 1,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish