Bank hisobi va audit


Hisobvaraqlarni  qayta  rasmiylashtirish,  boshqa  bankka  o’tkazish  va



Download 1,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/232
Sana29.12.2021
Hajmi1,89 Mb.
#47052
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   232
5.Hisobvaraqlarni  qayta  rasmiylashtirish,  boshqa  bankka  o’tkazish  va 
yopish tartibi. 
Turli  mulkchilik  shaklariga  tegishli  bo’lgan  korxonalar  o’z  faoliyatlari 
jarayonida, bankrot deb e’lon qilinishi, qayta tashkil etilishi, ya’ni qo’shib olinishi, 
bo’linishi  yoki  biror  korxonadan  ajralib  chiqishi  mumkin.  Shu  munosabat  bilan 
mijoz  qayta  ro’yxatdan  o’tkazilayotganda  bankka  yangi  tashkil  etilgan  paytdagi 
kabi  xujjatlarni  taqdim  etadi.    Korxonaning  qayta  tashkil  etish  bilan  bog’liq 
bo’lmagan  holda  nomi  o’zgaradigan  bo’lsa  yoki  korxonaning  bo’ysunishi 
o’zgarganda  tegishli  tashkilot  tomonidan  berilgan  nomi  yoki  bo’yinsinishi 
o’zgarganligini tasdiqlovchi xujjat nusxasi  topshiriladi.  
Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  juda  ko’plab  tijorat  banklari  faoliyat  ko’rsatib 
ular  o’rtasida  kuchli  raqobat  boradi.  Korxonalar  bank  muassasalarini  mustaqil 
ravishda tanlaydilar. Korxonalar o’zlariga xizmat ko’rsatayotgan bank muassasasi 
xizmatidan  qoniqmasalar  boshqa  banklarga  o’tib  uning  xizmatlaridan 
foydalanishlari mumkin.  
Mijoz tomonidan bankka ariza  va chek daftarchalari berilgandan so’ng, bank 
mijozning  hisobvarag’idagi  qoldiqni  yozma  ravishda  tasdiqlaydi.  Mijoz  ushbu 
tasdiqnomani  hisobvaraq  ochish  uchun  ariza  bilan  birga  hisobvaraq  ochayotgan 
bankka  taqdim  etadi.  Arizaga  asosan  yangi  bank  mijozga  vaqtinchalik  29801-
(hisobvaraq  nomini  hisobvaraqlar  rejasidan  qo’rib,  esda  saqlab  qoling) 
hisobvarag’ini ochadi va haqda mijozga va uning avvalgi bankiga yozma ravishda 
xabar  beradi.  Yozma  xabarni  olgach,  mijoz  o’zining  avvalgi  bankiga 
hisobvarag’idagi  qoldig’ini  hisobvaraq  ochayotgan  bankdagi  vaqtinchalik 
hisobvarag’iga o’tkazib berish haqida to’lov topshiriqnomasini taqdim etadi. Bank 
mijozning  yuridik  xujjatlar  yig’majildidagi  xujjatlar  va  boshqa  to’lov  xujjatlari 
bo’yicha dalolatnoma tuzib, imzolar va muxr qo’yilgan xolda kurerlar yoki pochta 
orqali  dalolatnomani  va  u  bilan  birga  xujjatlarni  hisobvaraq  ochayotgan  bankka 
jo’natadi.  Bu  xujjatlarni  qabul  qilganligi  haqida  hisobvaraq  ochayotgan  bankda 
dalolatnomaning  bir  nusxasiga  bank  rahbari  va  bosh  buxgalterining  imzosi  va 
muxr  qo’yilgan  xolda  avvalgi  bankka  etkazib  beriladi.  Hisobvaraq  egasi  orqali 
ushbu  xujjatlarni  bir  bankdan  ikkinchi  bankka  etkazib  berish  ta’qiqlanadi. 
Dalolatnoma  olingandan  so’ng  mijoz  hisobvarag’idagi  pul  mablag’lar  qoldig’ini 
hisobvaraq  ochayotgan  bankdagi  vaqtinchalik  ochilgan  hisobvaraqqa  o’tkazib 
beriladi. 
Hisobvaraq  ochayotgan  bank  o’zida  mijozga  hisobvaraq  ochib  vaqtinchalik 
hisobvaraqdan  yangi  ochilgan  hisobvaraqqa    mablag’larni  o’tkazib  qo’yadi. 
Hisobvaraq  yopgan  bankda  barcha  berib  yuborilgan  xujjatlardan  nusxa  olib, 
belgilangan tartibda o’z arxivida saqlaydi. Mijoz to’g’risidagi barcha ma’lumotlar 
ikki  oy  davomida  ma’lumotlar  bazasida  saqlanadi,  ikki  oydan  so’ng  ular 
arxivlashtirilib tegishli tartibda saqlanadi. 
Korxonalarning  hisobvaraqlari  turli  sabablarga  ko’ra  yopilishi  mumkin. 
Hisobvaraqlar  yopilayotganda  bank  va  mijoz  o’rtasida  tuzilgan  bank 
hisobvaraqlarini  yuritishi  bo’yicha  shartnomalar  bekor  qilinadi.  Mijozlarning 
hisobvaraqlari quyidagi xollarda yopiladi: 


 
53 
 

 
hisobvaraq egasining arizasiga ko’ra; 

 
korxonani tashkil etgan yuqori tashkilot qaroriga ko’ra; 

 korxona tugatilganda; 

 bank talabi bilan. 
Asosiy  hisobvaraq  bo’yicha  operatsiyalar  faqat  hisobvaraq  egasining 
farmoyishiga ko’ra, hisobvaraqdagi pul mablag’lari surishtiruvchi, tergovchi qarori 
bo’yicha yoki sud ajrimiga ko’ra xatlanganda to’xtatib qo’yiladi.   
Bank hisobvarag’i shartnomasi hisobvaraq  egasining  arizasiga xamda  bank 
talabiga  ko’ra  bekor  qilinadi.  Bank  talabiga  ko’ra  bank  hisobvarag’i  shartnomasi 
sud orqali quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin: 
-  Agar  korxona  shartnomada  yoki  bank  qoidalarida  ko’rsatilgan  minimal 
miqdorda  hisobvaraqda  pul  mablag’larini  ushlab  turmasa  va  bu  haqda  bank 
tomonidan  ogoxlantirilgandan  so’ng,  bir  oy  ichida  belgilangan  summaga 
etkazilmasa; 
-  Agar  shartnomada  boshqa  muddat  ko’rsatilmagan  bo’lsa,  korxona 
hisobvarag’i bo’yicha 1 yil davomida operatsiyalar o’tkazilmasa.   
Hisobvaraqdagi pul mablag’lari qoldig’i mijozning tegishli yozma arizasiga 
ko’ra kechi  bilan  7  kun  ichida  mijozga beriladi  yoki uning ko’rsatmasiga binoan 
boshqa  hisobvaraqqa  o’tkaziladi  Bank  hisobvarag’i  shartnomasining  bekor 
qilinishi hisobvaraqning yopilishi uchun asos bo’ladi. 

Download 1,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish